Hozirgi o‘zbek adabiy tili



Yüklə 246,65 Kb.
səhifə5/16
tarix03.12.2023
ölçüsü246,65 Kb.
#172164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-ma\'ruza. HO\'AT.2-oliy ta\'lim

TIL

LISON

ME’YOR

NUTQ

Umumiylik

Alohidalik

Mohiyat

Hodisa

Imkoniyat

Voqelik

Sabab

Oqibat

Lisoniy va nutqiy sath o‘z birliklariga ega. Bu birliklar ham ham lison va nutq kabi o‘zaro UMIS va AHVO munosabatida bo‘ladi (4-jadval):


4-jadval

LISONIY BIRLIК

NUTQIY BIRLIК

Fonema

Tovush

Morfema

Qo‘shimcha

Leksema

So‘z

Qolip

Yasama so‘z, so‘z birikmasi, gap



Lisoniy paradigma haqida. Paradigma haqidagi ilk tasavvurimizni shakllantirish uchun borliqdagi bir dalilga murojaat qilamiz.
Qo‘limizda bir shoda har xil kalit bor. Qulfni ochish uchun ularni birma-bir qulfga tiqib ko‘ramiz. Natijada bittasi tushadi va qulf ochiladi. Ana shu kalitlar shodasini paradigmaga qiyoslash mumkin. Kitob... berdi gapi bamisoli qulf. Uning teshiklariga kelishiklardan biri tushadi. –ning, -ni, -da qo‘shimchalarini birma-bir qo‘yib ko‘ramiz. Qurilmaga tushum kelishigi shakli –ni tushadi.
Umumiy belgisi asosida birlashgan va bir-birini taqozo etadigan, ammo har biri o‘ziga xos belgisi bilan boshqasiga qarama-qarshi turuvchi lisoniy birliklar sistemasi paradigma deyiladi (paradigma grekcha paradeigma – “misol”, “namuna” degan ma’nolarni bildiradi)1. Har qanday lisoniy sistema, bir vaqtning o‘zida, lisoniy paradigma sanaladi. Grammatik kategoriyalar ham lisoniy paradigma ko‘rinishlaridan biri.
Paradigmani tashkil etuvchi lisoniy birlik paradigma a’zosi deb yuritiladi. Paradigma kamida ikkita a’zodan iborat, ular, asosan, bir lisoniy sathga mansub bo‘ladi.
Ferdinandde Sossyur lisoniy paradigma tarkibidagi, boshqacha aytganda, lisoniy birliklar orasidagi paradigmatik (assotsiativ, bir-birini eslatib turish, o‘xshashlik) munosabatini lisoniy birlik uchun eng asosiy munosabat sifatida baholagan.
Bir paradigma tarkibiga kiradigan birliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
1) paradigmadagi bitta birlik tilga olinganda, shu paradigmaga kiruvchi boshqa a’zo ham eslаnishi (masalan, bir kelishik shaklining boshqa kelishik shakllarini, bir ma’nodosh birlikning ma’nodoshlik qatoridagi boshqa birlikni eslatishi kabi);
2) muayyan nutq sharoiti uchun o‘zaro paradigmatik munosabatda turgan birlikdan, ya’ni paradigma a’zolaridan bittasi tanlanishi (masalan, Salim... kitobi birikmasi uchun kelishiklar paradigmasidan qaratqich kelishigining olinishi);
3) bir paradigmaning a’zolari o‘zaro o‘xshashlik bilan birga, har biri ikkinchisidan qaysidir bir xususiy belgisi bilan farqlanib turishi (masalan, tushum va jo‘nalish kelishiklari “oldingi so‘zni keyingi fe’lga tobelash” vazifasini bajarishda o‘xshash, lekin biri “vositasiz to‘ldiruvchi sifatida tobelash”, ikkinchisi “vositali to‘ldiruvchi yoki hol sifatida tobelash” belgisi bilan farqlanadi);
4) paradigma a’zolari nutqda bir o‘rin va (mavqeda) kelib, bir-birini ma’lum holatda almashtira olishi, o‘rnini egallashi (masalan, kitob... o‘qish birikmasini hosil qilishda tobe so‘zni bosh, tushum, chiqish kelishiklari shakllantira oladi).
Lisoniy paradigma va uning a’zolariga nisbatan de Sossyur tomonidan qo‘yilgan bu talab qariyb yuz yildan beri deyarli o‘zgarishsiz saqlanib kelmoqda.
Paradigma lingvistik tushuncha sifatida barcha fanlarda qo‘llanadigan sistema tushunchasi bilan bog‘lanadi.
Avvalgi mavzularda sistemaning turlari haqida gapirilgan va unda mavhum (ongda mavjud) va aniq (borliqda mavjud) sistemalar farqlangan edi.

Yüklə 246,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin