Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kompleks baholash


 Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash va kelgusi



Yüklə 427,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix07.01.2024
ölçüsü427,65 Kb.
#204836
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
xududni izhtimoij iqtisodij baxolanishini kompleks baxolash

2.3 Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash va kelgusi 
dasturlarda foydalanish yo'llari. 
Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholovchi ko'rasatkichlarga 
asosan quyidagi ko'rsatkichlar keltiriladi: 
- viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish;
- xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish; 
kapital mablag’larni o'zlashtirish; 
- pudratchilar tomonidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari; 
- viloyatning infratuzilma holati; 
- yalpi qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish; 
- chorva mollari va parrandalar bosh soni; 
- chakana savdo aylanmasi; 
- bozor xizmatlari; 
- pullik xizmatlar; 
- yangi ish o'rinlarining yaratilishi; 
- mahalliy byudje’tning ijrosi; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi; 


30 
- viloyatning tashqi savdo aylanmasi; 
- viloyatdagi qo'shma korxonalar faoliyati. 
Biz tadqiqot ishining oldingi savollarida ushbu baholovchi ko'rsatkichlaming 
har biri bilan bog'liq ma’umo’llar bilan yaqindan tanishib, ulami bugungacha bo'lgan 
tahlillarini ко'rib chiqdik. Endi shu tahlillarga asosan viloyatning keyingi ijtimoiy- 
iqtisodiy rivojlanish dasturlarida ushbu baholovchi ko'rsatkichlardan foydalanish 
yo'llarini tadqiq etishga harakat qilamiz. Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini 
baholovchi asosiy ko'rsatkich bo'lib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hisoblanadi. 
Sanoatni rivojlantirish o'z navbatida viloyatda iqtisodiyotning yuksalishi, yangi ish 
o'rinlarining yaratilishi, eksport salohiyatining yuksalishi kabilar bilan bevosita 
bog'liq. Oldingi tahlillarimizda viloyatning sanoat salohiyati bilan yaqindan tanishdik. 
Albatta, viloyatning bugungi kundagi sanoat salohiyatini ijobiy deb baholash mumkin. 
Lekin, viloyatda sanoatni bundanda rivojlantirish uchun, avvalambor, ishlab 
chiqarilayo’lgan mahsulotlar turlarini ko'paytirish, korxonalaming rentabellilik 
darajasini 
oshirish, 
mahsulot 
tannarxini 
pasaytirib iloji boricha 
foydani 
maksimallashtirish yo'llarini izlash, mehnat unumdorligini yaxshilash uchun 
zamonaviy 
texnika-texnologiyalardan 
foydalanish, 
ishlab 
chiqarishni 
avtomatlashtirish, mahalliy xom-ashyo asosida ishlovchi yangi sanoat korxonalarini 
tashkil etish o'ylaymizki muhim ahamiyat kasb etadi.
Viloyatda keyingi asosiy va muhim tarmoq bu qishloq xo'jaligidir.Viloyat 
iqtisodiyotining asosan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashganini hisobga oladigan bo’lsak, 
ushbu tarmoqning keying dasturlarda rivojlantirish viloyat uchun muhim ahamiyat 
kasb etadi. Yuqoridagi tahlillar davomida shunga guvoh bo'ldikki, viloyatda qishloq 
xo'jaligida ba'zi bir muammolar ham mavjud. Qishloq xo'jaligining asosiy ekini paxta 
yetishtirishda viloyatda ba'zi bir muammolar ko'zga tashlanmoqda.
G’alla va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishda ob- havoning 
injqligi fermerlarimiz va dehqonlarimizga juda ko’p muommolarni keltirib 
chiqarmoqda, ammo fermerlar va dehqonlarimiz imkon qadar belgilangan rejalarni 
topshirmoqdalar.
Вилоятда чорвачиликни ривожлантириш учун қулай шарт- шароитларга эга.
Мавжуд қорамолар сонида насилли молар сонини кўпайтириш ҳисобига
маҳсулдорлик ошиб бормоқда бу йўналишда 18 та наслчилик хўжаликлари мавжуд, уларда 
3241 бош наслли қорамол парвариш қилинмоқда.
Наслли қорамолларни кўпайтириш учун жорий йилда четдан 500 бош наслли 
қорамол олиб келиш режалаштирилган бўлиб, ҳисобот даврида жами 190 бош наслли 
қорамол олиб келинган.
Шундан Боёвут туманидаги наслчилик хўжаликларига Украина давлатидан 100 бош, 
Мирзаобод тумани хўжаликларига 26 бош, Сайхунобод тумани хўжалигига Германия 
давлатидан 64 бош наслли қорамол келтирилган. 


31 
-Қорамочилик, паррандачилик, балиқчилик, асаларичилик, исихоналар ташкил этиш
ва бошқа йўналишларда янги ишлаб чиқариш қувватларинги ишга туширилиши, 
мавжукдларининг қувватларини оширилиши натижасида чорва бош сонининг ўсишига ва 
махсулот ҳажмининг ортишига эриишилмоқда. 
Жумладан ҳисобот даврида 257 та қорамолчилик йўналишидаги, 63 та паррандачилик 
йўналишидаги, 51 та балиқчилик йўналишидаги, 22 та асаларичилик йўналишидаги 
лойиҳаларда қувватлар кенгайтирилган. Уларга 9893 млн. сўм банк кредитлари ажратилган. 
Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kompleks baholovchi keyingi 
asosiy ko'rsatkich bo'lib, bu viloyatda xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanishidir. 
Yuqoridagi tahlillardan bizga yaxshi ma'lumki, viloyatda xizmat ko'rsatish sohasi 
yillar davomida mutassil o'sish ko'rsatkichlariga ega bo'lgan. Viloyatning kelgusi 
dasturlarida xizmat ko'rsatishni yanada rivojlantirish uchun, ushbu sohada kichik 
biznesning ulushini ko'paytirish, aholiga madaniy-maishiy xizmatlar ko'rsatilishini 
yaxshilash, pullik xizmatlar hajmini ko'paytirish maqsadida mahallalarda pullik 
xizmat ko'rsatish shaxobchalarini tashkil etish, sug'urta xizmatlarini takomillashtirish, 
kasanachilik va boshqalar ijobiy samara berishi mumkin. 
Viloyatda kelgusi dasturlarda rivojlantirilishi kerak bo’lgan muhim sohalardan 
biri bu ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdir. Negaki, bugungi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida infratuzilmani rivojlantirmasdan turib, hech qanday yuksak marralarga 
erishib bo’lmasligi bugun hech kimga sir emas. Bu borada davlatimiz rahbari 
LA.Karimovning bildirgan ushbu so'zlari, "Bizning 2011 yilgi va istiqbolga 
mo’ljallangan iqtisodiy dasturimizni amalga oshirishda infratuzilmani, transport va 
kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal ravishda rivojlantirish ustuvor 
yo'nalishga aylanishi darkor."10 yuqoridagi fikrlarimizning tasdig’ldir. Viloyatda 
kelgusida ushbu soha rivoji uchun birinchi navbatda, aholini tabiiy gaz va ichimlik 
suvi bilan ta'minlanishini yaxshilash, yo’l qurilishiga va uni rekonstruksiya qilishga 
e'tibor qaratish, aloqa xizmatlari sifatini oshirish, elektr energiyasidagi mavjud 
muammolami barataraf qilish, interne’t xizmatlaridan kengroq foydalanishni yo’lga 
qo'yish o'ylaymizki maqsadga muvofiq bo'ladi.
Viloyatning keyingi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida eng muhim va 
viloyat iqtisodiyotining keyingi istiqbolini belgilab beradigan soha bu - kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikdir. Президентимизнинг 2014-йил якунларида- 
“Ялпи ички маҳсулотни шакллантиришда кичик бизнес ва хусусий 
тадбиркорлик соҳасининг улуши 2000 йилдан буён 31 фоиздан 56 фоизга, 
саноат маҳсулотлари ишлаб чиқаришда 12,9 фоиздан 31,1 фоизга ўсди. 
2014 йилда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик соҳасида 480 мингдан 
ортиқ янги иш ўрни ташкил этилди. Бу яратилган жами иш ўринларининг ярми 
демакдир.” каби фикрлари кичик бизнеснинг йилдан йилга мамлакатимизда 


32 
ривожланиб бораётганини кўрсатади. Yuqorida viloyatning ushbu soha bo'yicha 
salohiyatini tahlil qildik. Viloyatda bu sohada erishilayo’lgan yutuqlar bilan tanishdik.
Қурилиш сохаси вилоятимизда анча ривожланмоқда. Аммо камчиликлар 
хам етарлича. Масалан биргина намунавий лойихалар асосида қурилаётган уй-
жойларни олайлик. Тўғри бу борада хам жуда кўплаб ишлар қилинмоқда. Аммо 
кўпчилик уйларнинг сифати талаб даражасида эмас. Бунга қурилиш 
фирмаларининг масулиятсизлиги сабаб.
Yuqoridagi bildirilgan tavsiya va takliflardan viloyatning keyingi dasturlarida 
foydalanish viloyat iqtisodiyotining istiqboldagi rivoji uchun munosib hissa qo'shadi 
deb o'ylaymiz. 
RIVOJLANISHINI KOMPLEKS BAHOLASHNING ISTIQBOLLARI. 
3.1 Siddaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi asosiy muammolar. 
Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yuqorida keltirib o'tilgan yutuqlar 
bilan bir qatorda ba'zi bir muammolar ham mavjud. Jumladan, viloyatda elektr 
energiyasi ta'mino’lidagi uzilishlar xususida to'xtaladigan bo’lsak, viloyatda bu 
boradagi vaziyatni qoniqarli deb baholab bo’lmaydi. Chunki elektr energiyasini 
ye’tkazib berishdagi muammolar oqibatida infratuzilmaning yomonlashuvi (ayniqsa 
qishloq joylarda), sanoat korxonalari ish faoliyatidagi uzilib qolish holatlari ro'y 
bermoqda. Bundan ham eng yomoni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmoqchi 
bo'lgan shaxslar uchun eng jiddiy muammolardan biri bu elektr energiyasi 
muammosidir. Ushbu muammoning kelib chiqish sabablari quyidagilar: 
birinchidan, aholi va korxonalaming viloyat elektr tarmoqlari korxonasi oldidagi 
kreditorlik qarzlarining ko'payib ketganligi; 
ikkinchidan, elektr energiyasini ye’tkazib beruvchi transformatorlarning texnik holati 
talab darajasida emasligi. 
Ushbu muammoni bartaraf qilishda quyidagi ishlar amalga oshirilsa maqsadga 
muvofiq bo’lur edi: 
- Viloyat elektr tarmoqlari korxonasi viloyatda mavjud elektr energiyasi 
ye’tkazib beruvchi transformatorlarning texnik holatini tekshirib, zarur bo’lsa ulami 
ta'mirlash choralarini ko'rish; 


33 
- Viloyatda elektr energiyasidan tejab-tergab foydalanishni doimiy nazoratga 
olish; 
- Viloyatda innovatsiya yutuqlaridan foydalangan holda, quyosh energiyasidan 
foydalanishni yo'lga qo'yish va boshqalar. 
Avvalgi boblarda ta'kidlaganimizdek viloyat iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi muhim 
o'rin tutadi. Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, bandligini 
oshirish va qishloq xo'jaligi infratuzilmasini yaxshilash dolzarb masalalardan biridir. 
Viloyatda ushbu masalalar yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 
Lekin, shunday bo'lsada bu sohada ham ba'zi bir muammolar vujudga kelmoqda. 
Xususan, ayrim hollarda fermer xo'jaliklari tomonidan yer maydonlarining samarasiz 
foydalanilayo’lganligi, moliyaviy-iqtisodiy ahvolning surunkali og'irligi, moddiy-
texnika resurslari bilan ta'minlanmaganligi, yer ajratishda tuproq-iqlim sharoitiga va 
aholi zichligi va bandligi masalalari shular jumlasidandir. Mana shu omillar tufayli 
viloyat qishloq xo'jaligida jiddiy kamchiliklar kelib chiqmoqda.
- Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlarning meliorativ holatining vomonlashuvi; 
- Fermer xo'jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy ahvoli og'irligi, ya'ni ularing davlat 
oldidagi kreditorlik qarzdorligining ko'payib ketganligi va natijada fermer xo'jaliklari 
o'zlariga biriktirilgan yer maydonlari uchun zarur bo Tgan o'g'itlar va texnikalarni o'z 
vaqtida ololmayo’lganliklari; 
- Sug'orish tizimidagi muammolar 
Yuqoridagi muammolami bartaraf etish uchun quyidagi tadbirlami amalga oshirish 
maqsadga muvofiq: 
birinchidan, viloyatda yerlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ulaming 
meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha kompleks chora-tadbirlami ishlab chiqib 
amaliyotga joriy etish; 
ikkinchidan, qishloq xo'jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalami 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, fermer xo'jaliklariga 
minitexnologiyalami olib kelish va ishlatishda ko'maklashish; 
uchinchidan, qishloq xo'jaligiga investitsiyalami keng jalb etish, bu borada tijorat 
banklari faolligini oshirish; 
to’rtinchidan, viloyat Qishloq va suv xo'jaligi bo’limi viloyat mashina-traktor parklari, 
viloyat "Qishloqxo'jalikkimyo" MChJ, viloyat fermerlariga xizmat ko'rsatuvchi 
markaz hamda boshqa korxona va tashkilo’llar faoliyatini chuqur o'rganib chiqib, 
mavjud muammolar yuzasidan tegishli chora-tadbirlami ishlab chiqish va amalga 
oshirish; 


34 
Viloyat qishloq xo'jaligini yuksaltirishda yuqorida bildirilgan takliflar va 
tavsiyalar o'z o'rnida amalga oshirilsa, o'ylaymizki,. viloyat iqtisodiyotining keyingi 
yillardagi rivojlanishiga ко'так bo'ladi. 
Hammamizga yaxshi ma'lumki, bugungi kun taraqqiyot yo’lida kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirmasdan turib hech qanday ijobiy yutuqlarga erishib 
bo’lmaydi. Viloyatlarimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning ahamiyati haqida oldingi boblarda batafsil to'xtalib o'tdik. Shunday 
ekan, biz o'rganib tahlil qilayo’lgan Siddaryo viloyatida ham bu sohaning rivojlanishi 
bilan bir qatorda, jiddiy muammolarga ham duch kelinmoqda. 2012 yil 20 aprelda 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qoraqalpog'iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish indikatorlarini har chorakda baholash tizimini tasdiqlash to'g'risida"gi 
117-sonli Qarori e’ton qilindi. Ushbu qaror mazmuniga ko'ra viloyatlar ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasini bir nechta indikatorlar yordamida baholash keltirib 
o'tilgan. Quyida ulami keltirib o'tamiz: 
1. Makroiqtisodiy ko'rsatkichlaming muvozanatlilik indikatorlari. 
2. Iqtisodiyotni modemizatsiyalash va diversifikatsiyalash darajasi indikatorlari. 
3. Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasi indekslari, bu indikator o'z navbatida 
ikkiga bo’linadi: 
3.1. Raqobat muhitini rivojlantirish indeksi. 
3.2. Ishbilarmonlik muhiti holatining indeksi. 
4. Iqtisodiyotning xususiy sektorini rivojlantirish indikatorlari. 
5. Moliya-bank sektorini rivojlantirish indikatorlari. 
6. Mintaqani ijtimoiy rivojlantirish indikatorlari. 
Kichik biznes iqtisodiyotni rivojlantirishda asosiy o’rinni egallaydi. Buni rivojlangan 
davlatlar tajribasi misolida ko’rishimiz mumkin.
Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishda quyidagilarni takliflarni keltiramiz: 
birinchidan, 
tadbirkorlik 
subyektlariga 
xizmat 
ko'rsatadigan 
infratuzilmalar 
mutaxassislari uchun doimiy malaka oshirish tizimini va ushbu markazlarga malakali 
kadrlarni jalb qilish mexanizmini yaratish; 
ikkinchidan, tadbirkorlarga xizmat ko'rsatadigan infratuzilma tashkilo’llarini tashkil 
etish va moddiy-texnik bazasini yangilash maqsadlariga imtiyozli kreditlar berishni 
yanada rivojlantirish; 


35 
uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalami har 
tomonlama qo’llab-quwatlash hamda ushbu masalalar yuzasidan javobgar tashkilotlar 
va shaxslaming ma'suliyatini oshirish; 
to’rtinchidan, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanayo’lgan 
tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozli kredit mablag'lari ajratilishini va ushbu 
sohadagi loyihalarni ko'paytirish; 
beshinchidan, kichik biznes subyektlarining huquqiy muhofazasini kuchaytirish va
ular faoliyatiga boshqaruv organlarining asossiz tarzda aralashuvini cheklash; 
oltinchidan, qishloq xo'jalik mahsulotlari va mahalliy xom-ashyo asosida ishlovchi 
kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etilishini yanada takomillashtirish; 
yettinchidan, kichik biznes subyektlari faoliyatining meyorda bo'lishini ta'minlash, 
reklama xizmatlarini jonlantirish; 
sakkizinchi marketing xizmatini yaratish 
Yuqorida keltirib o'tilgan taklif va tavsiyalar amaliyo’lga joriy e’tilsa o'ylaymizki 
viloyat 
iqtisodiyotidagi 
muammolarning 
bartaraf 
etilishiga 
biroz 
bo'lsada 
ko'maklashgan bo'lur edi. 
3.2 Siddaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlash. 
Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kelgusi istiqbollari va prognozlari 
to'g'risida to'xtaladigan bo’lsak, viloyatning kelgusi istiqbollari va prognoz rejalarini 
belgilab beruvchi 2013-2015 yillarga mo’ljallangan ijtimoy-iqtisodiy dastur ishlab 
chiqilgan. Ushbu dastur O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Vazirlar 
Mahkamasining 2013 yil 18 yanvardagi majlisida belgilab berilgan eng muhim 
ustuvor vazifalami so'zsiz bajarilishi, ular yuzasidan amalga oshirilishi kerak bo'lgan 
chora-tadbirlarning ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan bo Tib, Sirdaryo 
viloyatini 
2013-2015 
yillarda 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishda 
uslubiy 
yondashuvlarni, prinsiplami, maqsad va vazifalarini hamda asosiy ustuvor maqsadli 
yo'nalishlarini belgilab beradi. Shuningdek, dastur viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishni ta'minlash asosida aholi turmush darajasini ko'tarish, ijtimoiy-iqtisodiy 
mutanosiblikni, muntazam iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun zaruriy shart-
sharoitlami yaratish, kengaytirish va mustahkamlash maqsadlariga yo'naltirilgan. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida 
viloyat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta'minlashda huduiy omillar va shart-
sharoitlarga 
alohida 
e'tibor 
qaratiladi. 
Viloyat 
iqtisodiyoti 
sohalaridagi 
nomutanosibliklarni bartaraf etish, viloyatda investitsion faollikni jonlantirish, 
samarali bandlikni ta'minlash, aholi turmush darajasini yaxshilash, viloyatiy iqtisodiy 
imkoniyatlardan oqilona foydalanish orqali viloyatning viloyat iqtisodiyotida tutgan 


36 
o'mini mustahkamlash, viloyatni 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqaradi. 
Sirdaryo viloyatining 2013-2015 yillarga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish dasturining asosiy maqsadi yaqin kelajakda viloyatning bararor ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash, viloyat aholisini turmush farovonligini oshirish, 
jamiyat 
hayo’lida 
yangi 
demokratik 
tamoyillar, 
qadriyatlar 
tizimining 
mustahkamlanishi hamda umumdavlat va mintaqaviy manfaatlaming mushtarakligini 
ta'minlashdan iboratdir. 
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining kompleks Dasturi quyidagi asosiy 
vazifalami amalga oshirishni nazarda tutadi: 
- viloyat taraqqiyotining asosiy istiqbolli parame’trlarini aniqlash va asoslab berish; 
- iqtisodiy va ijtimoiy sohalaming o'zaro mushtarak holdagi rivoj lanishining ustuvor 
yo'nalishlarini belgilash; 
- har bir soha va tarmoq miqyosida yetakchi yo'nalishlarni aniqlash; 
- dasturi amalga oshirishda umumdavlat va viloyatiy rivojlanish dasturining o'zaro 
uyg'unligiga erishish; 
- dasturi amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish. 
Ushbu dasturing maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, viloyatda 2013-
2015 yillar davomida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi. 
Jumladan, viloyatda asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning barqaror o'sish 
suratlari ta'minlanadi. 2013-2015 yillarda viloyat sanoatining o'sish suratlariga 
erishishda yangi sanoat korxonalarining qurilishi hamda ishga tushirilishi natijasida 
istiqbol ko'rsatkichlarga erishiladi. Sanoatni rivojlantirishga katta e'tibor qaratiladi, 
kichik sanoat korxonalarini tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, viloyatda 
yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish, meva sabzavo’l mahsulotlarini qayta ishlash, 
qurilish materiallari va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish 
yo’lga qo'yiladi.
Viloyat iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining alohida o'rin tutishini hisobga olib, 
qishloq xo'jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar sifat jihatdan yangi bosqichga 
ko'tariladi. Qishloq xo'jaligida irrigatsiya-melioratsiya tizimlarini rekonstruksiya va 
modernizatsiya qilish hisobiga yer unumdorligi va suv bilan ta'minlanish darajasi
oshiriladi. Natijada, 2013-2015 yillarda iqtisodiy rivojlanishning maqsadli 
yo'nalishlari bo'yicha yalpi qishloq xo'jaligi mahsuloti 2012 yildagi 929.4 
mlrd.so'mdan, 2015yilga borib 1330 mlrd.so'mga yoki 143.10 foizga o'sishi 
rejalashtirilgan. 2017-yilga borib esa 1487.5 mlrd.so'mga rejalashtirilgan. Meva va 
sabzavo’lchilikda hosildorlikni, chorvachilikda esa mahsuldorlikni oshirish hamda 


37 
chorva naslchiligi va seleksiya ishlari tubdan yaxshilanib, qorako’lchilik 
rivojlantiriladi. Qishloq xo'jaligi ekinlari ekiladigan yer maydoniarining meliorativ 
holati yaxshilanadi. Qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil olish maqsadida tuproq 
unumdorligini tiklash va yaxshilash, sug'oriladigan yerlarda qishloq xo'jalik ekinlarini 
ilg'or ilmiy texnologiyalarga asoslangan almashlab ekish sistemasini joriy qilish, 
urug'chilik va seleksiya ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. 
Viloyatdagi mavjud biolaboratoriyalar qayta inventarizatsiyadan o'tkazilib, ular 
zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlanadi hamda malakali mutaxassislar ishga 
jalb e’tiladi. 
Сирдарё вилоятида 2014 йил қишлоқ хўжалиги соҳасини ривожлантириш 
орқали қўшимча янги иш ўринларини яратиш мақсадида умумий қиймати 33,8 млрд сўм 
шундан ўз маблағи 16,9 млрд сўм ва тижорат банк хисобидан 16,8 млрд сўмлик 406 та 
лойиҳаларни амалга оширилиши натижаси 8536 та янги иш ўринлари яратилиш 
режалаштирилган. 
Жумладан:
- чорвачилик йўналишида умумий қиймати 18,2 млрд сўм маблағ ўзлаштирилиши 
натижасида 257 та лойиҳа амалга оширилиб 1373 та янги иш ўринлари, 
- паррандачилик йўналишида умумий қиймати 7,9 млрд сўм маблағ ўзлаштирилиши 
натижасида 63 та лойиҳа амалга оширилиб 6620 та янги иш ўринлари, 
- иссиқхона ташкил этиш йўналишида умумий қиймати 3,9 млрд сўм маблағ 
ўзлаштирилиши натижасида 12 та лойиҳа амалга оширилиб 147 та янги иш ўринлари, 
- балиқчиликни ташкил этиш йўналишида умумий қиймати 3,2 млрд сўм маблағ 
ўзлаштирилиши натижасида 51 та лойиҳа амалга оширилиб 291 та янги иш ўринлари, 
- асаларичиликни ташкил этиш йўналишида умумий қиймати 465 млн сўм маблағ 
ўзлаштирилиши натижасида 22 та лойиҳа амалга оширилиб 102 та янги иш ўринлари, 
- музлаткич ташкил этиш йўналишида умумий қиймати 60 млн сўм маблағ 
ўзлаштирилиши натижасида 1 та лойиҳа амалга оширилиб 3 та янги иш ўринлари яратилиши 
режалаштирилган. 
Соҳалар кесмида қўрадиган бўлсак: 
- чорвачилик соҳасида умумий қиймати 14,8 млрд сўм миқдорида маблағлар 
ўзлаштирилиши натижасида 257 та лойиҳалар амалга оширилиб 1373 та иш ўринлари, 
- паррандачилик соҳасида умумий қиймати 6,8 млрд сўм миқдорида маблағлар 
ўзлаштирилиши натижасида 63 та лойиҳалар амалга оширилиб 6620 та иш ўринлари, 
- иссиқхоналар ташкил этиш бўйича умумий қиймати 2,4 млрд сўм миқдорида 
маблағлар ўзлаштирилиши натижасида 12 та лойиҳалар амалга оширилиб 147 та иш 
ўринлари, 


38 
- балиқчиликни ривожлантириш соҳасида умумий қиймати 2,4 млрд сўм миқдорида 
маблағлар ўзлаштирилиши натижасида 51 та лойиҳалар амалга оширилиб 291 та иш 
ўринлари, 
- асаларичилик соҳасида умумий қиймати 473 млн сўм миқдорида маблағлар 
ўзлаштирилиши натижасида 22 та лойиҳалар амалга оширилиб 102 та иш ўринлари, 
- музлаткичлар ташкил этиш бўйича умумий қиймати 60,0 млн сўм миқдорида 
маблағлар ўзлаштирилиши натижасида 1 та лойиҳа амалга оширилиб 3 та иш ўринлари 
яратилган. 
Viloyatda savdo va xizmat ko'rsatish sohasiga alohida e'tibor beriladi. Viloyatda 
ushbu sohani rivojlantirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 
10 maydagi "2012-2016 yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish 
sohasini rivojlantirish Dasturi to'g'risida"gi PQ-1754-sonli qarori ijrosini ta'minlash 
maqsadida keng ko’lamdagi ishlar amalga oshiriladi. Ushbu qaror yuzasidan viloyatda 
2012-2016 yillarga mo’ljallangan viloyatda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish 
dasturi ishlab chiqilgan.

Yüklə 427,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin