Vakuol. Yosh meristema hujayrasi protoplast orasida mazkur hujayradagi moddalar almashinuvida hosil bo‘ladigan mahsulotlar silliq endoplazmatik to‘r kanallarida to‘planib, kanalning bu yeri shishib zo‘raya boradi. Shu pufakchasimon zo‘rayagan, submikroskopik kattalikdagi sisternalarga provakuollar deb atalgan. Provakuollar asta sekin endoplazmatik to‘rdan ajralib chiqib, mayda vakuollarni hosil qiladi. Hujayra o‘sgan sari o‘zaro qo‘shilib, uning markazida yirik va yagona vakuolga aylanadi. Uni o‘ragan membrana endoplazmatik to‘r membranasiga gomolog bo‘lib, tonoplast deb ataladi. Vakuol ichini to‘latib turgan suyuqlikka hujayra shirasi hujayradagi moddalar almashinish jarayonida hosil bo‘lgan turli maxsulotlarining suvdagi eritmasidan iborat. Uning tarkibiga tuzlar, organik kislotalar, aminokislotalar, alkalloidlar, uglevodlar, glikozidalar, oshlovchi moddalar, organik kislotalarning tuzlari, terpensimon moddalar, efir moylari, pigmentlar va boshqalar kiradi.
Ilmiy tekshirish metodlarining rivojlanishi vakuol membranasi-tonoplast tarkibida fermentlar sintezida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan zarrachalarning ochilishiga olib keldi.
Vakuolalarning biologik ahamiyati shundan iboratki, ular o‘zlarida to‘plangan nisbatan yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lgan hujayra shirasi tufayli, eng muhim osmotik aktiv fazo sifatida o‘simlikdagi suv rejimini ta’minlashda, turgor bosimini boshqarishda katta rol o‘ynaydi. Vakuollar tirik protoplastdan tonoplast orqali ajralgan bo‘lib, hujayradagi moddalar almashinuvidan hosil bo‘lgan chiqindi mahsulotlarshu vakuollarga to‘planadi.
Vakuolalarning ahmiyatidan yana biri, fotosintezda hosil bo‘lgan uglevod va oqsillar hujayra shirasi ham zapas holda to‘planadi. Urug‘lardagi oqsillar esa aleyron vakuollarda to‘planadi. Aleyron vakuollarga albumin, globulin oqsillari va fitinlar to‘plangandan keyin, suvsizlanadi va qurib qolib, qattiq aleyron donachalariga aylanadi. Aleyron donachalari, ayniqsa, moyli va Qallasimon o‘simliklar urug‘larida ko‘p bo‘ladi.
Hujayrada bitta yirik vakuola shakllangandan so‘ng, hujayra protoplasti hujayraning devor jismiga joylashadi. Ba’zi yadro hujayraning markazida sitoplazmaga o‘ralgan holda qolib, bu yerda hujayraning devor jismidagi sitoplazmadan sitoplazmatik iplar borib tutashib turadi.