17
usulning rivojlanish jarayonidir. Akmeologik usulga ilmiy yondashuvning barcha
asoslari umumnazariy, umumakmeologik usul, umumtexnologik, umumtizimlilik
yondashuvlar bo’yicha olib borilgan izlanishlarning natijalariga asoslanadi.
“Tizimli akmeologik usulning rivojlanishi – bu birinchi o’rinda tizimli
tafakkurning rivojlanishidir” (18, 11-b.). Shundan kelib chiqib, tadqiqotchi, olim
yoki rahbar har bir hodisa va voqeani, har bir akmeologik usul ob’ektini tizim
sifatida ko’rib chiqadi va o’z faoliyatida tizimli yondashuv tamoyillarini qo’llaydi.
Tizimli yondashuv rivojlanishning turli bosqichlarida asosiy dialektik
tamoyillarni aniqlashtiruvchi bo’lib, tadqiqotni yaxlit ob’ektning xususiyatlarini
ochib berishga yo’naltiradi, unda turli xil aloqalarni vujudga kelishi va ularning
alohida ko’rinishga ega ekanligi to’g’risida ma’lumot beradi. A.G.Sokolov tizimga
quyidagicha ta’rif beradi: “Tizim – bu turli xil munosabatlarda birlik va yaxlitlikni
vujudga keltiruvchi, o’zaro bog’liq bo’lgan tashkil etuvchi qismlarning majmui”
(22, 19-b.). Muallif tizimning muhim ko’rinishi sifatida ijtimoiy tizimni o’rganadi,
mavjud va abstrakt tizimlarni ajratib ko’rsatadi.
Ta’lim muassasasi pedagogi akmeologik usul faoliyatining asosiy vazifasi
ta’lim jarayonini tashkil etishda ijobiy natijalarga erishish uchun jamoada zaruriy
sharoitlarni yaratish, raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlash va yaxlit ta’lim
tizimini rivojlantirish hisoblanadi.
Ta’lim muassasasini isloh qilish jarayonlari odatda lokal, alohida qismlar
bo’yicha, ayrim o’qituvchilarning ijodiy-pedagogik faoliyati doirasida o’zaro
bog’liq bo’lmagan yangiliklardan boshlanadi. Keyin islohotlar sohalar, tarmoqlar,
bo’g’in va qismlarni qamrab oladi. Islohotlar jarayoni to’la ob’ektni, ta’lim
muassasani qamrab olgan davrda barcha o’quvchilar, o’qituvchilar, rahbarlar
ishtirok etadilar hamda rivojlanishga, ijobiy natijalarga erishishga yo’naltirilgan
yangi maqsadlarni va tarkibiy tuzilishga ega bo’lgan yangi turdagi ta’lim
muassasasini yaratish zaruriyati va imkoniyati vujudga keladi. Bunday hollarda
ta’lim muassasasi alohida bir ijtimoiy organizm, ijtimoiy tizim sifatida rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: