69
masalalari bilan bog’laydi (71). Muallif baholashning integrativ mezonlari sifatida
quyidagilardan foydalanishni taklif etadi:
- shaxsning yoki ijtimoiy guruhning ijtimoiy mavqei;
- sub’ektlarning o’zini-o’zi rivojlantirishga amaliy tayyorgarligi;
- intensifikatsiyalar;
- rivojlanish.
Ta’lim muassasasi pedagogining akmeologik usul faoliyati samaradorligi
to’g’risida fikr yuritilganda N.A.Sharay tomonidan taklif etilgan akmeologik usul
samaradorligining quyidagi jihatlarini e’tiborga olish zarur:
- qo’yilgan maqsadlarga erishish, ta’lim muassasasini rivojlantirish;
- ta’lim-tarbiya jarayonining sifatiy ko’rsatkichlari;
- o’quvchini motivlashtirish xususiyatlari va o’qituvchining ijodiy
faoliyati;
- akmeologik usul tizimiga “uchinchi shaxsning” munosabatlari (301).
Ta’lim muassasalarini boshqarishni ilmiy asosda tashkil etishda amalga
oshirilishi zarur bo’lgan vazifalar hamda ijobiy echimini topish zarur bo’lgan
ayrim muammolarni inobatga olgan holda aytish mumkinki, ta’lim muassasalarini
akmeologik usul faoliyatining samaradorligi – bu akmeologik usul qonuniyatlari,
usul va metodlari hamda innovatsion texnologiyalarga asoslangan akmeologik usul
faoliyati
asosida tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonining natijaviyligi
hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarida akmeologik usul samaradorligi o’quvchilarning fanlar
bo’yicha olgan bilimlari, zamonaviy texnika va axborot texnologiyalarini
o’rganishi, intellektual qobiliyatlarining shakllanish darajasini hamda o’qituvchi va
pedagogik xodimlarning bilimi, ko’nikma va malakalari, shuningdek, pedagogik
mahorati va kasbiy qobiliyatlarining rivojlanish darajalarining o’sishini belgilaydi.
Maktab rahbarlarining akmeologik usul faoliyati samaradorligiga ta’sir
etuvchi omillar maktab akmeologik usulini ichki va tashqi o’zgarishlarga
moslashtirish, rahbarlik uslublaridan oqilona foydalanish, ta’lim menejmenti
Dostları ilə paylaş: