Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Shamsiddin Hamzayev Mustafo 'g'li (ID: 17777) Tashkilot: Lavozimi



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/79
tarix26.08.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#140674
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79
Diss antiplag sadbarg

1
1
2
1
3


71

akmeologik usulning funktsional jihatlarini o’zlashtirish va motivlar
bilan bog’liq omillarni boshqarish (moddiy va ijtimoiy-psixologik rag’batlantirish
tizimini yaratish);

samarali mehnat, ishga bo’lgan tashabbuskorlik-ijodiy munosabatni
shakllantirish, maqsadga erishishda jamoa va shaxs ehtiyojlarini hisobga olish,
dam olish vaqtidan unumli foydalanish imkoniyatlarini yaratish;

muassasada sog’lom ijtimoiy-psixologik vaziyat, shaxslararo va
guruhlararo eng maqbul aloqalarni vujudga keltirish va qo’llab-quvvatlash,
xodimlarning tartibli va do’stona ishlashiga, har bir shaxsning aqliy va axloqiy
salohiyatini namoyon etishiga sharoitlar yaratish;

pedagoglar va boshqa xodimlarning birgalikda amalga oshiradigan
mehnat natijalaridan ularning teng darajada qoniqish hosil qilishlariga erishish;

rahbarlik uslublarini vaziyatga bog’lay bilish va ulardan oqilona
foydalanish, maktab akmeologik usulini ichki va tashqi o’zgarishlarga
moslashtirish;

akmeologik usulning innovatsion texnologiyalarini loyihalashtirish va
amaliyotga tatbiq etish.
Shuningdek, akmeologik usul faoliyati samaradorligini ta’minlashda
pedagogik xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni murakkab
pedagogik tizim sifatida hisoblash va unga tizimli yondashuvni joriy etish muhim
ahamiyat kasb etadi. Murakkab pedagogik tizim hisoblangan malaka oshirish
tizimining asosiy komponentlariga: ta’lim muassasasida tashkil etiladigan o’quv
seminarlari, seminar-treninglar, ochiq darslar, o’zaro dars kuzatishlar, fan
kechalari, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, ilg’or pedagogik texnologiyalarni
ommalashtirish, o’qituvchilar tomonidan tayyorlanadigan metodik mahsulotlar,
jumladan, malaka oshirish institutidagi nazariy va amaliy mashg’ulotlar hamda
masofadan o’qitishni kiritish mumkin.
3


72
Ixtiyoriy tizimning tashkil etuvchi komponentlaridan biri mazkur tizimning
o’zgarishiga va rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shundan kelib chiqib,
pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga tizimli yondashuvni
joriy etish zarur bo’lib, bunda o’qituvchining bilimi, ko’nikma va malakasi hamda
kasbiy mahorati darajasini aniqlash mezonlarining elementi sifatida tizimning har
bir komponentini olish mumkin.
Pedagogik xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash jarayonida
demokratik tamoyillarga asoslangan holda baholash mezonlarini o’qituvchilarning
o’ziga tarqatish va belgilangan mezonlar asosida o’zini-o’zi baholashni tashkil
etish ularning ijodiy faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishda, shuningdek,
akmeologik usul faoliyati samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
E.V.Litvinenko o’qituvchi akmeologik usul faoliyati samaradorligi va
sifatini tadqiq qilishda quyidagi yondashuv tamoyillarini taklif etadi:
- tizimlilik: akmeologik usul sifatini tizimli yondashuv asosida ko’rib
chiqish;
- integrativlilik: sifat tushunchasini ifodalashda turli xil fanlar bo’yicha
bilimlarni qo’llash va fanlararo o’zaro bog’liqlikni hisobga olish;
- dekompozitsiya: akmeologik usul samaradorligi va sifatini faqat uning
tashkil etuvchi qismlarga ajratgan holda ko’rib chiqish mumkin, bu turli xil
asoslarga ko’ra akmeologik usul sifatining ierarxik strukturasini shakllantirishni
nazarda tutadi;
- interfaollik: sifatni baholash va tahlil qilishda baholashning evristik
metodlaridan foydalanish, tahliliy baholash metodlarini qo’llashni nazarda tutadi;
- ko’po’lchamlilik: sifat va samaradorlikni tashkil etuvchilarning turli xil
xususiyatlari va murakkab strukturasi baholashning har xil ko’rsatkichlari va
mezonlaridan foydalanishni nazarda tutadi.
Bizning fikrimizcha, natijaviylikni sarf-xarajatlarga nisbatan baholash
samaradorlik kontseptsiyasi bizning tadqiqotlarimizga ko’proq mos keladi. Bunda


73
natijaviylikni faoliyat davomida amalga oshirilgan sarf-xarajatlarga hamda
belgilangan maqsadlarga mos kelishi inobatga olinadi.
O’qituvchi akmeologik usul faoliyati samaradorligini baholashga bo’lgan
mazkur yondashuv quyidagilarni nazarda tutadi:
- samaradorlik ko’rsatkichlari va mezonlarini aniqlash;
- baholash vositalari va metodlarini belgilash;
- baholash jarayoni;
- natijalarni umumlashtirish va izohlash;
- qaror qabul qilish.
Ixtiyoriy baholash solishtirish metodlarini nazarda tutadi. Unga mutloq va
solishtirish asosida baholash xos bo’lib, hatto mutloq baholashda ham
baholanayotgan ob’ekt qaysidir mezonga yoki ob’ektga nisbatan taqqoslash,
solishtirish asosida baholanadi.
Akmeologik usul faoliyati samaradorligi muammolari yo’nalishidagi
tadqiqot ishlarining (118; 120; 298) tahlili samaradorlikning o’zaro bog’liq bo’lgan
to’rt ko’rsatkichlari mavjudligini ko’rsatadi:
- maqsadiy samaradorlik – bu maktabning salohiyati, imkoniyatlari va
mavjud imkoniyatlarni belgilangan maqsadlarga mos kelishini ifodalovchi
xususiyatlar. Akmeologik usul faoliyatining maqsadiy samaradorligini baholashda
o’qituvchi belgilangan maqsadlarga muvaffaqiyatli erishish natijalariga mos
keluvchi omillar va vositalarni baholaydi;
- ijtimoiy-psixologik samaradorlik – bu maktab jamoasidagi ma’naviy-
psixologik iqlim darajasi tavsifi bo’lib, pedagoglar va o’quvchilarning ehtiyojlarini
rivojlanishi, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining mazkur jarayondan qoniqish
hosil qilish darajasi;
- ta’minot samaradorligi – maktab ta’minoti bilan erishilayotgan
natijalarning solishtirma bahosining tavsifi. Ta’minot tushunchasi orqali moddiy va
nomoddiy (maktab pedagoglari va o’quvchilarining sifatiy va miqdoriy tarkibi)
ta’minotlar nazarda tutilgan;

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin