76
Ikkinchi yondashuvda o’lchash tushunchasi orqali belgilangan tartib
tushuniladi, bular yordamida o’lchash ob’ekti belgilangan munosabatlarni
tashuvchisi bo’lib, “belgilangan sonli tizimda sonlar o’rtasidagi mos keluvchi
munosabatlar orqali ifodalanadi”. O’lchash sotsiologik tadqiqotlarda “ijtimoiy
axborotlarni tartiblash uslubi, bunda sonli tizim va ular o’rtasidagi munosabatlar
o’lchanadigan ijtimoiy omillar qatoriga mos ravishda joylashtiriladi” deb
tushuniladi (197, 142-b.).
Bizning fikrimizcha, o’lchashga nisbatan faqat ikkinchi yondashuv to’g’ri
kelishi mumkin, chunki o’qituvchi akmeologik usul faoliyatining turli tizimlarini
solishtirish uchun o’zgarmaydigan o’lchov birligidan, ya’ni namuna (etalon)
vazifasini bajaruvchi kattaliklardan foydalanib bo’lmaydi.
O’lchashlar uchun ma’lum bir shkala (tadrijiy ravishda o’sib yoki kamayib
boradigan raqamlar sirasi) bo’lishi nazarda tutiladi. Shkala tushunchasi nazorat
qilinayotgan ob’ekt holatini aniqlash uchun mos keladigan sonlar bilan belgilashni,
algoritmni ifodalaydi. Bu sonlar shkalani ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi,
chunki akmeologik usul faoliyatini sifat bo’yicha farqlashga imkoniyat yaratadi va
mazkur faoliyatning natijalari bilan bog’liq bo’lishi zarur hisoblanadi. O’z
navbatida natijalar nafaqat faoliyatga va harakatlarga, balki ular amalga
oshiriladigan shart-sharoitlarga ham bog’liq bo’ladi.
O’qituvchi faoliyatining barcha turlarini farqlash uchun xizmat qiladigan
ko’rsatkichlar maktabda amalga oshirilayotgan o’zgartirishlarning pedagogik
tizimda qanday ahamiyatga ega ekanligi va amalga oshirilishi zarur bo’lgan hamda
imkoniyat darajasidagi o’zgartirishlarga qay darajada mos kelishini aniqlashga va
baholashga imkoniyat yaratishi zarur.
O’lchashning eng asosiy muammolaridan biri ishonchlilik hisoblanadi.
Ixtiyoriy o’lchashlarda u yoki bu xatoliklarga yo’l qo’yiladi, bu xatoni chekli
chetga chiqishlar yoki o’lchash aniqligi deb ataymiz. O’lchash jarayonida yo’l
qo’yiladigan xatolar natijasida akmeologik usul faoliyati samaradorligi darajasi
o’zining haqiqiy holatidan yuqori yoki pastroq darajada aniqlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: