81
kommunikativlikning tashqi shaklini namoyish etadi, xodimlarga bo’lgan
munosabatlari rasmiy xususiyatlarga ega bo’ladi.
Tadqiqotlarimiz natijalarining ko’rsatishicha, pedagogik jamoa a’zolari
o’qituvchi akmeologik usul faoliyatining asosiy maqsadi ta’lim muassasasining
samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishdan iborat deb
hisoblaydilar. Ularning fikriga ko’ra, mazkur maqsadga erishish uchun ta’lim
muassasasi rahbari: pedagogik jamoaning barcha a’zolariga nisbatan hurmatda
bo’lishi; jamoa a’zolarining faoliyatini adolatli baholashi; shaxsning individual
psixologik xususiyatlarini hisobga olishi; pedagogik xodimlar bilan hamkorlikda
harakat qilishi zarur.
Bularning etishmasligi sababli pedagogik jamoa a’zolari o’z vazifalariga
nisbatan mas’uliyatni his qilmaydi, ijodiy munosabatda bo’lmaydi, maktab
faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda hamkorlikda faoliyat ko’rsatishni
istamaydi, jamoa a’zolari o’rtasidagi ijobiy munosabatlar me’yori buziladi, turli xil
guruhlarni vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Maktabni boshqarishda pedagoglarning ishtiroki – pedagogik jamoada
faollik va ijodkorlikni rivojlanishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shunga
asosan ta’lim muassasalari pedagogik xodimlarining maktabni boshqarish,
akmeologik usul yo’nalishidagi qarorlarni qabul qilish, ta’lim muassasasida qulay
psixologik muhitni va innovatsion ta’limiy muhitni vujudga keltirish, jamoa
a’zolari o’rtasida ijobiy munosabatlarni shakllantirish, hamkorlikdagi faoliyatni
tashkil etish yo’nalishidagi fikrlarini o’rganish, ularda ta’lim muassasasining
rahbari bo’lish istaklarini mavjudligi yoki istamasliklarini sabablarini aniqlash,
shuningdek, tadqiqotlarimiz jarayonida ularning takliflari hamda fikr va
mulohazalaridan foydalanish maqsadida turli darajada pedagogik tajribalarga ega
bo’lgan o’qituvchilar bilan davra suhbatlari, trening mashg’ulotlari va anketa
so’rovlari tashkil etildi.
Pedagogik
xodimlarning
maktabni
boshqarishda
ishtirok
etish
imkoniyatlarini aniqlash maqsadida Surxondaryo viloyat pedagoglarni QTMO
Dostları ilə paylaş: