Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Shamsiddin Hamzayev Mustafo 'g'li (ID: 17777) Tashkilot: Lavozimi



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/79
tarix26.08.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#140674
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79
Diss antiplag sadbarg

8
13


84
- o’qituvchilarda pedagogik muloqot qobiliyatlari rivojlangan;
- o’quv jarayonini zamonaviy talablarga mos ravishda tashkil etish
yo’nalishida pedagogik kompetentliligi etarli darajada rivojlanmagan;
- o’quv jarayoni tashkil etishda o’qituvchilar tomonidan darsning tarbiyaviy
maqsadlariga e’tibor sustlashgan, tarbiyaviy masalalar bilan asosan sinf rahbarlari
shug’ullanmoqda.
Bularning barchasi o’qituvchilarning ilmiy-metodik ishlarini rejalashtirish
va amalga oshirish, pedagoglarni QTMOni muvofiqlashtirishni talab etadi.
Shunday qilib, zamonaviy maktablar faoliyatini tahlili maktab faoliyati
rahbarlarining kreativ fikrlashini rivojlantirish va shaxsning kasbiy sifatlari
hisoblanadigan refleksiv qobiliyatlarini shakllantirishga yo’naltirilmaganligini
tasdiqlaydi.
Rahbarlarning ta’limiy ehtiyojlarini tahlil qilish jarayonida aniqlanishicha,
mazkur ehtiyojlarni vujudga kelishi nafaqat ta’lim tizimini isloh qilishda yangi
an’analarni joriy etish, davlat talablari, ijtimoiy ehtiyojlar bilan, balki rahbar o’zini
madaniy va ma’naviy boyliklarni egallashga yo’naltirishi bilan ham belgilanadi.
O’tkazilgan tahlillar natijalarining ko’rsatishicha:
- tajriba-sinov jarayonida ishtirok etgan o’qituvchilarining 63 % dan
ko’prog’i maktabni boshqarish yo’nalishida maxsus professional tayyorgarlik zarur
deb hisoblaydilar;
- ishtirokchilardan 24 % rahbarlar akmeologik usul yo’nalishidagi ilg’or
tajribalar bilan tanishish zaruriyatini belgilaydilar;
- 13 % rahbarlar esa, kasbiy ahamiyatga ega bo’lgan shaxsiy sifatlarni
rivojlantirish zarur deb biladilar.
Rahbarlar tomonidan bildirilgan fikrlar ichida qayta tayyorlash va malaka
oshirishning maqsadiga va shakliga ko’proq mos keladigani ilg’or tajribaga ega
bo’lgan UO’TM rahbarlarini tajribasini o’rganish, tajriba almashinish jarayonini
tashkil etish taklifi bo’ldi.
1


85
Innovatsion yondashuvlar asosida ijodiy va refleksiv faoliyatni, shuningdek,
o’zini-o’zi rivojlantirish jarayonini tashkil etishni faqat 13 % ishtirokchilar qo’llab-
quvvatladilar. Pedagoglar bilan o’tkazilgan suhbat jarayonida ma’lum bo’lishicha,
ularning ko’pchiligi innovatsion va tadqiqotchilik faoliyati yo’nalishida etarli
darajada tasavvurga ega emas.
Shuningdek, tajriba-sinov jarayonida UO’TM pedagoglarining akmeologik
usul faoliyati, innovatsion akmeologik usul faoliyati, shaxsning o’zini-o’zi
rivojlantirish muammolari, refleksiv faoliyat, ta’lim menejmenti asosiy
tushunchalari yo’nalishlari bo’yicha nazariy bilimini aniqlash maqsadida
o’tkazilgan anketa so’rovlarida (11-ilova) ishtirok etgan 328 nafar rahbarlardan 37
nafari, ya’ni faqat 11,3 % ishtirokchilar asosiy tushunchalarni yoritishga erishdi, 49
% ishtirokchilar shaxsning o’zini-o’zi rivojlantirishi, innovatsion faoliyat va ta’lim
menejmentining asosiy tushunchalarini tavsiflab berishga qiynalgan bo’lsalar, 40
% ga yaqin ishtirokchilar akmeologik usul faoliyatining maqsadini, “refleksiv
faoliyat” va “refleksiv akmeologik usul” tushunchasining mazmun-mohiyatini
yoritolmadi.
Bir guruh pedagoglar bilan suhbatlashilganda ularning ko’pchiligi (70 % dan
ortig’i) ta’lim-tarbiya jarayonida yuqori natijalarga erishish, maktab hayotida va
o’z faoliyatida o’zgartirishlarni amalga oshirish uchun muntazam ravishda o’z
ustida ishlashi, mustaqil ravishda doimo o’qishi va fan-texnika yangiliklari bilan
tanishib borishini bildirdi; aksariyat ishtirokchilar (50 % dan ko’proq) o’zining
kommunikativ madaniyati va qobiliyatini hamda akmeologik usul yo’nalishidagi
tushunchalarini yuqori darajada baholashi ma’lum bo’ldi, bularning fikriga ko’ra,
ular zamonaviy maktabni boshqarish yo’nalishida o’zlarini to’la tasavvurga ega
deb hisoblaydi.
Suhbat davomida olingan mazkur ma’lumotlar bilan amalga oshirilgan
tahlillarning natijalari o’rtasidagi ziddiyat ularda akmeologik usul faoliyati hamda
tahliliy faoliyat yo’nalishidagi bilim va ko’nikmalarning etarli darajada emasligini
asosladi. Shundan kelib chiqib, mazkur guruhda rahbarlik uslublari bo’yicha


86
anketa so’rovi o’tkazildi, bunda keltirilgan ko’rsatkichlarni (5-ilova) qaysi uslubga
tegishli ekanligini belgilash so’raldi.
Mazkur anketa so’rovlarining natijalariga ko’ra, o’qituvchilarining
aksariyati rahbarlik uslublaridan to’g’ri foydalanmasligi va mazkur yo’nalishda
etarli darajada tushunchalarga ega emasligi quyidagi berilgan javoblarda o’z
isbotini topdi.
Ishtirokchilardan 69 %
quyidagi ko’rsatkichlarni demokratik uslubga
tegishli deb belgilagan: boshqalarning fikriga va talabiga tez rozi bo’ladi; oldin
qabul qilgan qarorlarini vaziyatga ko’ra, ixtiyoriy norozilik vujudga kelishi bilan
o’zgartiradi; barcha muammolarga e’tiborsiz munosabatda bo’ladi; xodimlarning
so’zsiz bo’ysunushini talab qiladi; xodimlarni turli toifalarga ajratadi; xodimlarni
ishga olishda va mutaxassislar tanlashda individual holda, mustaqil qaror qabul
qiladi; ba’zida minnatdorchilik buyruq ohangida bo’ladi.
Mazkur jarayonda ishtirok etgan rahbarlarning 44 % avtoritar uslubga quyidagi
ko’rsatkichlarni kiritishgan: boshqalar fikrini hurmat qiladi; o’z vazifasiga to’g’ri
munosabatda bo’ladi; mas’uliyat va javobgarlikni boshqalarga yuklashga harakat
qiladi; o’z zimmasiga mas’uliyat va javobgarlikni olishni istamaydi; buyruq va
ko’rsatmalar berish bilan cheklanadi.
O’qituvchilaridan 71 % ishtirokchilar liberal rahbarlik uslubiga quyidagi
ko’rsatkichlar tegishli deb hisoblagan: boshqalarning fikrini to’la tinglashni
xohlamaydi; xodimlarni turli toifaga ajratadi; o’z vazifasiga to’g’ri munosabatda
bo’ladi; qarorlar qabul qilishda jamoa fikrini o’rganadi; boshqalar fikri bilan
qiziqmaydi; xodimlarga nisbatan e’tiborsiz; har qanday vaziyatlarda ham
topshiriqlarni o’z vaqtida bajarilishini talab qiladi; ba’zida rahbarligini esdan
chiqarib qo’yadi.
Yuqorida keltirilgan javoblar ishtirokchilarning ko’pchiligida takrorlangan,
mazkur natijalarga ko’ra ushbu anketa so’rovlari tajriba-sinov jarayonida ishtirok
etgan barcha rahbarlar o’rtasida o’tkazildi.


87
Rahbarlardagi ta’limiy ehtiyojni o’rganish yo’nalishida olib borilgan
tadqiqotlar natijalarini ko’rsatishicha, 87 % rahbarlarda maktabni boshqarish
yo’nalishida bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga ehtiyoj bor, lekin,
mustaqil ta’lim olish, o’zini-o’zi rivojlantirish, mustaqil izlanish, tushunchalarini
boyitib borishga qiziqish yo’q, faqatgina 13 % rahbarlardagina shaxsning
dunyoqarashini kengaytirish, kasbiy ahamiyatga ega bo’lgan shaxsiy sifatlarni
shakllantirish va rivojlantirishga mos keladigan bilimlarga bo’lgan qiziqishlar
mavjud. Shunday qilib, akmeologik usul faoliyati o’rganilgan rahbarlarning
ko’pchiligi ta’lim olishni, bilim va tushunchalarni shaxsiy boylik sifatida qabul
qilmasligi ma’lum bo’ldi.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin