I -bob. Keys bilan ishlash



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə2/10
tarix07.02.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#83256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Informatikani o’qitishda keys-stadi metodidan foydalanish

Мavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo‘nalishlarini belgilab berdi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatilib berildi. “Unda uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi”, deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, dasturda: “Ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” ta’lim mazmuning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi.
“Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi yuksak darajada anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi ”.
Prezidentimiz I.A. Karimovning ushbu ta’kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta’limning yangi-yangi modellari yaratilmoqdaki, uning nazariy asoslari yetakchi mutaxassis-olimlar tomonidan ilmiy-amaliy tarzda isbotlab berilmoqda. Ushbu ilmiy- amaliy isbotlash, o‘quv jarayonlarini yuksak darajada texnologiyalashtirishtirish bilan chambarchas bog’langandir. Fikrimizning dalili sifatida muhtaram Prezidentimizning 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagogik kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g’risida”gi Qarorini keltirishimiz mumkin.
Ushbu Qarorda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi zudlik bilan ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik uslub va texnologiyalarni, hamkorlikda o‘qitish, shuningdek, “amaliy o‘yin”lar, interfaol ta’lim uslublari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va mul’timedia taqdimotlaridan foydalanish borasida chet-el tajribasini chuqur va har tomonlama o‘rganib chiqishligi ko‘rsatilgan. Bizga yaxshi ma’lumki, Respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko‘ra kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarlar uchun yuqori malakali oliy ma’lumotli o‘qituvchi mutaxassislar tayyorlashning o‘ziga xos “o‘zbek modeli”- yaxshi tizim ko‘rinishida amalga oshirib kelinmoqda. Qarorda ta’kidlanishicha bu borada hali bajarilishi, o‘rganilishi, ta’lim jarayoniga tadbiq qilinishi zarur bo‘lgan ishlarimiz anchagina.
Demak, ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat sohasida, tibbiyotda va boshqa xalq xo‘jaligi sohalarida keng joriy qilinayotgan ekan, buni fan-madaniyat, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar tizimlar sohasiga ham, zamonaviy yangi-innovatsion texnologiyalarini ta’lim-tarbiya sohasiga ham joriy etishni hayotning o‘zi talab etmoqda. Hozirgi kunda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish va ularni ta’lim-tarbiya jarayonlariga tadbiq etish zaruriyati shuning uchun dolzarb masalalardan biriga aylanmoqdaki, amaldaki an’anaviy o‘qitish tizimi o‘z faolligini ancha yo‘qotdi, ya’ni quruq og’zaki so‘zlar yordamida o‘qitish samara bermayapti.
Ishning maqsadi: Shundan iboratki informatika darslarida talabalarning asosiy ta’lim kompetensiyalarini shakllantirishda interfaol usul sifatida keys texnologiyalaridan foydalanish tajribasini umumlashtirish.

Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin