I -bob. Keys bilan ishlash


Keys-stadini ta’lim jarayonida keng tatbiq qilishning dolzarbligini



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə6/10
tarix07.02.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#83256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Informatikani o’qitishda keys-stadi metodidan foydalanish

Keys-stadini ta’lim jarayonida keng tatbiq qilishning dolzarbligini belgilovchi omillar . Keys‑stadini iqtisodiy oliy o‘quv yurtining ta’lim amaliyotiga keng tatbiq etishning dolzarbligi va zarurligi quyidagi omillar bilan bog‘liq:
Birinchidan, mamlakatdagi iqtisodiy ta’limning umumiy yo‘nalishi, uning nafaqat ta’lim oluvchilarda aniq bilimlarni shakllantirishga, shu bilan birga talabalarda fikrlash faoliyati, nazariy bilimlarini amalda qo‘llashga tayyorlik va bunga qobillikni rivojlantirish, bo‘lg‘usi mutaxassislarda mustaqillik va tashabbuskorlik, boshqaruv va iqtisodiyotdagi tadqiqotlarning turli jihatlari bilan bog‘liq keng doiradagi masalalarni idrok etish qobiliyatini ravnaq toptirishga yo‘naltirilganligi bilan o’zaro bog’liq. «Insonning qo‘liga baliqni tutqazsang – u bir kun qorni to‘q yuradi, mabodo insonni baliq tutishga o‘rgatsang – u butun umri davomida ochlik nimaligini bilmaydi» - xitoylik donishmandlarda shunday hikmatli gap bor. Auditoriya sharoitlaridayoq boshqaruvchilik yechimlarini qabul qilishga doir malaka va ko‘nikmalar egallanmasa keyinchalik yaxshi boshqaruvchi bo‘lib chiqish mumkin emas. Kelgusidagi kasbiy faoliyat uchun o‘zining boshqarish siyosatini ishlab chiqish uchun talabalar korxonada va umuman iqtisodiyotda vujudga keladigan turli xil vaziyatlarni tahlil etish malakalari va ko‘nikmalarini egallashi, tahlil qila bilish qobiliyatini o‘stirishi, boshqaruvchiga xos xususiyatlarni orttirish zarur. «Maslahat berish mumkin, lekin bunday maslahatdan foydalanishga o‘rgatish mumkin emasligi» haqiqatdir. O‘rganib olgach omadli iqtisodchi, moliyachi yoki menejerga aylanib olishga imkon beradigan qandaydir yagona, universal uslub yoki usul mavjud emas. Shuning uchun iqtisodchilarni tayyorlashning hozirgi tizimi turli xil dinamik rivojlanayotgan amaliy vaziyatlar modellaridan keng foydalanishga asoslanadi. Talabalarning keyslarni ishlab chiqish texnologiyalarini o‘zlashtirishi, keysda taqdim qilinadigan amaliy muammoli vaziyatlarni tahlil etish, yakka tartibda va jamoa bo‘lib ularni optimal hal qilish yo‘llarini izlash malakalarini egallashi, bo‘lg‘usi mutaxassisda funksional vakolatlilikni shakllantirish - iqtisodiy faoliyatda o‘zining boshqarish va tashkil qilish texnologiyalarini loyihalashtirish, iqtisodiy jarayon mantig‘ini qurish usullari, shuningdek iqtisodiy vazifalarni mustaqil va mobil tarzda hal etish usullarini hosil qilishga yordam beradi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotining nostandart vaziyatlarda bir tizimli asosda va samarali harakat qilish, oqilona yechimlarni qabul qilish qobiliyatini egallagan mutaxassislarga muhtojligi bilan.
Keysda har xil hayotiy vaziyatlar bayoni beriladi va ularning oqibatlari xususida mushohada yuritish yoki qatnashchilar harakatlarining samaradorligini baholash yoxud muammoni hal etish usullarini taklif qilish talab etiladi. Lekin har qanday holatda ham amaliy harakat modeli ustida ishlash ta’lim oluvchilar – bo‘lg‘usi mutaxassislarda mehnat bozori talab qiladigan kasbiy jihatdan muhim xususiyatlarni shakllantirishning samarali vositasi hisoblanadi.
Uchinchidan, jahon tajribasi ko‘rsatib turganidek, keys‑stadi talabalarda ijtimoiy yetuklikni rivojlantirish, o‘qishga qiziqish va motivlarni hosil qilish, ularni haqiqiy professionallar sifatida yetishtirishga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Keys‑stadining bo‘lg‘usi iqtisodiy yo‘nalishdagi mutaxassis shaxsining kasbiy va ijtimoiy jihatdan muhim fazilatlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan usullari va vositalari, nazarimizda 1-jadvalda ishonarli tarzda aks ettirilgan.
Ishlar bosqichi
Faoliyat tuzilishi
O‘qituvchi
Talabalar
Tayyorlov bosqichi
Keys-stadi maqsadini va uning kasbiy bilimlarni rivojlantirishga ta’sirini tushuntiradi.
Keys materialini tarqatadi va vaziyatni taxlil qilish algoritmi bilan tanishtiradi (Talaba uchun uslubiy ko‘rsatmaga qarang).
Eshitadilar
Keysning mustaqil o‘rganadi
1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (15 daqiqa)
1.1.Mashg‘ulot mavzusini, uning maqsadi, vazifalari va rejalashtirilgan o‘quv faoliyati natijalarini gapiradi.
1.2.Mashg‘ulotda ishlash tartibi va baxolash mezonlari bilan tanishtiradi.
2 -bosqich Asosiy (55 daqiqa)
2.1.Bilimlarni faollashtirish maqsadida blits – so‘rov o‘tkazadi:

  • MS Excel nima maksadda ishlatiladi?

  • MS Excel dasturi yordamida jadvallar ustida kanday amallarni bajarish mumkin?

  • Jadvalni formatlash deganda nimani tushunish lozim?

  • Funksiyalar bilan ishlashni tavsiflab bering?

  • Formulalar yaratishni namoyish kiling?
    2.2.Talabalarni kichik-guruxlarga ajratadi. Guruxda ishalash qoidalarini eslatadi.
    2.3. Quyidagi topshiriqlarni beradi:

  • Banklar bo‘yicha kredit olishni baholovchi ko‘rsatkichlar aniqlansin va optimal bank tanlash;

  • Banklar bo‘yicha aniqlangan ko‘rsatkichlar diagrammalar ko‘rinishida ifodalash;

  • Optimal bankdan 10 mln so‘m kredit olinishi uchun qancha miqdorda kredit hajmi rasmiylashtirish.

  • YUqoridagi vaziyatda aniqlangan kreditni oylar bo‘yicha qaytarish jadvali tayyorlash.
    2.4. Kichik-guruxlar natijalarini guruxga taqdim qilish va keysni eng to‘g‘ri va optimal javobni aniqlash.
    2.5. Xar bir gurux ishini taxlil qilish va xatolarni to‘g‘rilash.
    2.6. Keysni echishning o‘zining variantini tushuntirish.
    Savollarga javob beradilar

Guruxlarga bo‘linishadi
Keys materiali asosida keys echish algorimti bo‘yicha xar bir topshiriqqa hisobot tayyorlashadi. Guruxlar o‘zlarining keys echishlarini tayyorlashadi.
Xar bir gurux o‘zining echimini taqdim qiladi.
3.Bosqich
YAkuniy-baxolash (15 daqiqa)
3.1. O‘quv faoliyati natijalarini umumlashtiradi, Xar bir gurux ish natijalarini e’lon qiladi.
3.2. Keys-stadining bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashga katta ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Eshitadilar O‘zlarining fikrlarini bildirishadi Va, nihoyat, keys-stadi interaktiv uslub bo‘lgani sababli talabalar tomonidan unga nisbatan ijobiy munosabat bo‘lishiga erishadi, ular ushbu uslubni o‘quv axborotini o‘zlashtirish va undan foydalanish yuzasidan amaliy ko‘nikmalarni ta’minlaydigan amaliy qo‘llanma (praktikum) sifatida qabul qiladilar.


Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin