Keys mazmuni Keyslardan ta'lim jarayonida foydalanish talabalarda quyidagi zaruriy sifatlarni shakllantiradi:
• nazariya va amaliyot o'rtasida uzviy bog’liqlikni shakllantiradi
• kritik fikrlash qobilyatini rivojlantiradi
• savol berish madaniyatini o'rgatadi
• vaziyatlarni hal etishda, unga ta'sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning ta'sirini e'tiborga olishga imkon beradi
• qabul qilingan qaror uchun ma'sullik hissini tarbiyalaydi
• boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi
• haqqoniy (ob'ektiv) bo'lishga o'rgatadi
• muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi.
Keys bilan ishlash texnologiyasi. O’quv jarayonida keys bilan ishlash texnologiyasi:
Keys materiallari bilan talabalarning individual mustaqil ishi (muammoni identifikatsiyalash; muhim muqobil, taklif yoki tavsiya etiladigan amallarni ta'riflash).
Kichik guruhlarda muhim muammoni va uni hal qilishni moslashtirish bo'yicha ishlash.
Umumiy munozarada kichik guruhlar natijalarini taqdimot va ekspertiza qilish (o’quv guruhi doirasida).
Yaxshi keys quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Aniq qo’yilgan yaratish maqsadiga mos kelishi.
Mos ravishda murakkablik darajasiga ega bo'lishi.
U bilan ishlash vaqtiga dolzarb bo'lishi.
Juda tez eskirishi kerak emas.
Analitik fikrlashni rivojlantirish.
1.2. Ta’lim jarayonida keys‑stadi uslubini keng tatbiq qilishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari. Keys-stadi: masala tarixi .
Keys‑stadi amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish asosida o‘qitish usuli sifatida xorijiy ta’limda avval-boshda huquq sohasida qo‘llanila boshladi: u ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo‘llanilgan edi. 1920 yilda Garvard biznes-maktabi (HBS) o‘qituvchilari yuristlarning o‘qitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni ta’limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o‘qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi.
Ana shu vaqtdan boshlab HBS keyslarning boy to‘plamini yig‘di va mazkur uslubni ta’limning mustaqil konsepsiyasi darajasigacha olib chiqdi. Ayni shu sababga ko‘ra keys‑stadi uslubini ko‘pincha garvard uslubi deb atashadi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, garvard uslubi ta’lim oluvchilarning amaliy vaziyatlarni videomateriallar, kompyuter va dasturiy ta’minotdan foydalanib hal qilish bo‘yicha intensiv treningidan iboratdir.
Keys-stadining ikki klassik maktabi - Garvard (Amerikada) va Manchester (Yevropada) maktablari mavjud. Garvard maktabi doirasida mazkur uslub yagona to‘g‘ri yechimni izlashni o‘rgatish usuli hisoblanib, ikkinchi maktab keysda bayon qilingan muammoli vaziyat yechimining ko‘p variantliligini taklif qiladi. Amerika keyslari o‘nlab sahifali matnni va ko‘plab chizmalarni o‘z ichiga oladi. Yevropa keyslari hajmi birmuncha kamroq.
Chet ellardagi biznes-maktablarda odatiy vaziyatlarni o‘rganishga o‘quv vaqtining o‘rtacha 25 %dan 90 %gacha bo‘lgan qismi ajratiladi. Masalan, Chikago universiteti biznes-maktabida o‘quv vaqtining 25 % keyslar ulushiga, Kolumbiya universitetida – 30 %, Uortonda esa – 40 % to‘g‘ri keladi. Mashg‘ulotlarni ushbu uslub bo‘yicha o‘tkazishga ajratiladigan soatlar soni bo‘yicha uning “ilk ixtirochisi" – Garvard yetakchilik qiladi. Oddiy talaba HBSda o‘qish vaqtida 700 tagacha keyslarni ko‘rib chiqadi va buning uchun o‘quv vaqtining 90 %gacha qismini sarflaydi.
Bunda shunday aniqlik kiritish kerak: moliyaviy fanlarga ixtisoslashgan maktablarda keyslar salmog‘i asosiy fanlar - menejment, marketing, axborot texnologiyalari, xodimlarni boshqarish va shu kabilardan iborat maktablardagiga nisbatan ancha kamdir.
Mamlakatimizdagi ta’lim sohasida keys‑stadi, asosan, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida, ayniqsa boshqaruv sohasida qo‘llaniladi. Keyingi yillarda oliy o‘quv yurtlarida ham o‘qituvchilarning keyslarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qiziqishi oshayotganligi kuzatilayapti.