1.2 Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlash uslubiyoti. Tarmoqlarni prognozlashtirish uslubiyotida ikki xil yondashuv mavjud:
Meyoriy
tadqiqot.
Meyoriy yondashuvda umumiy iqtisodiyot vazifalaridan kelib chiqib tarmoqlarning rivojlanish maqsadlari belgilanadi. Bu maqsadlar: tarmoq mahsuloti jamiyat istemolini toliq qondirishi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulotlar eksportini oshirish va boshqalar. Maqsadlar shakllanishi maqsad va vazifalar daraxti korinishida, rivojlanishning aniq yonalishlari ifodalanishi kerak. Bunday yondashuv iqtisodiy jarayon va voqeliklarni prognozlashni faollashtiradi.
Tadqiqot yondashuvda tarmloqdagi rivojlanish bosqichidagi tendensiya va voqelik qonuniyatlarni o’rganib, ushbu qonuniyatlar davomiyligi natijasida kelajakdagi kutilayotgan natijalar organiladi. Bu yondashuv prognozlashning nofaol usuliga xosdir. Tadqiqot yondashuv oxiri berk bo’lgan muammolarni va tarmoqlarning nomutanosib rivojlanish tendensiyalarini aniqlash imkonini beradi. Me’yoriy va tadqiqot yondashuvi natijalari ortasidagi uzulish kuzatilsa, ushbu uzilish sabablari va muammolari o’rganiladi, prognoz to’ldiriladi va natija yaqinlashtiriladi. Ularning uzilishining asosiy sabablari ishlab chiqarish tuzilmasining o’zgarishi va ilmiy texnik taraqqiyotini natijasida uning ishlab chiqarish samaradorligining oshishidir.
Ikkala yondashuv orqali tarmoqlarini iqisodiy prognozlash yagona uslubiyot bosqichlari orqali amalga oshiriladi, bular quyidagilar:
1. Tarmoqning oldingi va hozirgi holatini ifodalash va baholash;
2. Yondashuvi yordamida tarmoqlarning asosiy yonalishlarini prognozlash;
3. Me'yoriy yondashuv yordamida, tarmoqlarning rivojlvnishi asosiy yonalishlarini prognozlash, tarmoq rivojlanishini asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash;
4. Muammolarning sodir bolishi va rivojlanishini aniqlash;
5. Tarmoqlararo balans m’alumotlaridan kelib chiqib rivojlanish variantlarini tanlash;
Birinchi bosqichda asosiy orinda mavjud qonuniyatlarni ko’rib chiqilayotgan davr ichida rivojlanish tendensiyalari, ularning mavjud omillari bilan o’zaro aloqadorligi, mavjud tendensiyaning davomiyligi ehtimoli, uning ishonchliligi darajasi.
Prognozlashning asosiy unsurlari ikkinchi va uchinchi bosqichlar bo’lib hisoblanadi, chunki ular tarmoqning asosiy yo’nalishlarini prognozlashtiradi. Bu jarayonlar ham o’z navbatida bir necha bosqichlardan iborat: prognozni ishlab chiqish uchun vazifalarni shakllantirish; ob’ektni prognozlashtirish; prognozning ishonchliligini ekshirish.
Prognozlash vazifalarini belgilash uchun quyidagi hujjatlar mavjud: prognoz obektini aniqlash, prognoz maqsad va vazifasi, uni amalga oshirish tartibi. Topshiriq progonozni ishlab chiqishda asos boladi. Unda buyurtmachi va bajaruvchi ko’rsatiladi. Obektni ifodalash uchun uning maqsad va vazifalarini shakllantirish asosiy vazifa bolib hisoblanadi. Shakllantirilgan maqsad va vazifa obektning parametr va xarakteristikasini ifodalashi, boshqa obektlar bilan o’zaro aloqadorligi, rivljlanishini ifodalovchi, prognozlash jarayonida hisobga olinidigan chegaralar bolishi kerak. Tashkilotni prognozlashtirish qismida quyidagilar aniqlashtiriladi: kerakli malumotlar royxati, shu jumladan, bajaruvchiga buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan; prognoz qismlarini bajaruvchilar ortasidagi taqsimot; prognozni ishlab chiqish davri va uni bajarilish muddati; ishni moliyalashtirish tartibi va manbasi; har bosqichda hisobot berish va ishning yakuniy natijasi.
Ikkinchi bosqichda prognozning aniqliligi va ishonchliligini aniqlanadi. Bu erda ikki ta muammoni yechishga to’g’ri keladi: prognozning vazifasi manbasi va uning xususiyatini aniqlash; mavjud bilimlar asosida prognozning ishonchliligini aniqlash.
Tadqiq qilingan vaqt oralig’idan tashqari, o’rganiladigan jarayonni ko’rsatgichlarini barchasini tadqiq qilish ham prognoz natijasiga ta’sir ko’rsatadi. Ko’picha agregatlashtirilgan, umumiy ko’rsatgichlar natijani shakllanishiga sabab boladi. Prognozlash davrining ortishi bilan bu ko’rsatgichlar to’g’ri natija bermaydi va bashqa ko’rsatgichga o’z ta’sirini ko’rsata boshlaydi. Bir paytning o’zida ular o’zaro balanslashuvi kuchsizlanadi. Lekin bu bilan prognozlashtirish natijalari bilan kelajakni ifodalab bo’lmaydi begani emas. Faqat ularning aniqliligini oshirish uchun aniq bir uslubiy asosga asoslanib prognozlash lozim.
Xususiy va umumiy gipotezalar natijasida ya’ni malumotlarning yig’ilishi kuzatiladi, bu esa oz navbvtida prognoz jarayoni va natijalarini ozgarishiga tasir korsatadi.
Rivojlanish gipotezining asosiy elementlaridan biri, uni qabul qilish jarayonida inobatga olingan shartlardir. Bunday ko’rinishda omillarni olishimiz mumkin, ular tarmoqni ivojlanishiga tasir korsatadi. Bunday omillarning ikki xil guruhi mavjud: tashqi, iqtisodiyotning bir tarmog’ini bashqa tarmoqlar bilan bog’liqligini ifodalaydi, ichki, bir tarmoq rivojlanish qonuniyatlarini belgilaydi.
Tarmoqning tashqi aloqilari uning rivojlanishiga ikki xil ko’rinishga ega: miqdoriy, bunda iqtisodiy osish suratlari ifodalaniladi, sifat, bunda ishlab chiqarish jarayonini texnik texnologik jaranini baholaydi. Tarmoq ichki aloqalari, tarmoqni bir butunlikda korib chiqadi.
Tarmoqning har bir obektiga tasir korsatuvchi ichki va tashqi omillari mavjud.
Tashqi omillar prognozlatirilayotgan obekt o’zaro tasirda bolishini korsatadi. Tasir korsatishi turlicha bolishi mumkin: siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, tashkiliy. Tarmoq rivojlanishini ichki va tashqi omillarini inobatga olib prognozlash, uning eski konsepsiyasiga asoslanadi. Bunday ko’rinishdagi prognozlashda, tarmoq rivojlanishi quyidagicha bo’lishi mumkin: ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish orqali intensiv iqtisodiy o’sishga erishish, yangi samaradorligi yuqori bo’lgan texnika texnologiyani o’zlashtirish, mehnat samaradorligini oshirish uchun yangi mehnat qurollarini ishlab chiqarish, mavjud korxonalarda modernizatsiya jarayonini ushlab turish, mehnat resurslarini chegaralanganligini inobatga olish, ishlab chiqarishda qurilish muddatini kamaytirish va ularning quvvatini o’zlashtirish, xom ashyodan chiqindisiz yoki kam chiqindi chiqadigan texnologiyadan kompleks foydalanish, ishlab chiqarish korxonalarini hududiy qulay joylashtirish, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy texnik hamkorlik munosabatlarini olib borish va boshqalar. Barcha tarmoqlar uchun tashqi ta’sir sifatida kapital qoiylmalarning va mehnat resurslarining chegaralanganligidir.
Ichki ta’sir sifatida qazib oluvchi tarmoqlarda tabiiy resurslarning chegaralanganligi bolsa, qayta ishlovchi tarmoqlarda xom ashyo va materiallarning ozligidir. Ichki tasirga yangi texnika va texnologiyani ozlashtirish muddati, yangi kiritilgan quvvitlar kapital qurilishning muddati va boshqalar.
Tarmoqni rivojlanishi tendensiyalari va qonuniyatlarini tahlil qilishda xalq xo’jaligi korsatgichlari bilan ozaro aloqadorligi va boshqa tarmoqlar bilan bogliqligi korib chiqiladi. Buning asosida maqsadli tarzda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va boshqaruv samaradorligini oshirish.
Tarmoqlarni prognozlashtirishda qoyiladigan asosiy uslubiy savollardan biri bu tarmoqning boshqa tarmoqlar ozaro aloqasi, prognozlashtirilayotgan tarmoqning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni. Bu jarayonda xo’jaliklar bilan tarmoqning bog’liqligi, tarmoqlar aro jo’natmalar, tarmoqning oraliq iste’moli, yalpi ishlab chiqarish, tarmoqning sotilgan va yakuniy mahsuloti va boshqa tarmoqlar bilan aloqalari organiladi.
Tarmoqlar aro prognozlashda ikki ta asosiy jihatini ajratish mumkin: inertsion (tadqiqot) va optimizatsion (me’yoriy), bu orqali prognozlashtirish davrida xalq xojaligida tarmoqlarning tizimi ozgarishini aniqlash mumkin.
Qisqa muddatli prognozlashda malumotlarning kerakli darajada bo’lishi imkoniyatining mavjud emasligidir. Shuning bilan bir qatorda bu trendni yarim yillik ekstropolyasiyalash orqali ham asosli prognoz natijalarini olish imkoni mavjud emas. Bu holda iqtisodiy prognozlashning ekspert usulidan foydalanish zarurati tugiladi.
O’rta muddatli va uzoq muddatli prognozlashda me’yoriy yondashuvda prognozlash, olinadigan prognoz natijalari nisbattan obektiv bolish imkoni mavjud. Shuningdek o’rta muddatli prognozda shartlar (cheklovlar) qoyiladi uzoq muddatliga nisbatan. Shartlaring sababi shundaki, u mavjud o’sish qonuniyatlariga amal qilinishi kerak. Shundan kelib chiqib, orta muddatli prognozlashda minimal o’sish varianti o’rnatiladi, prognoz boshidagi ishlab chiqarish hajmi saqlanib qoladi, yoki ishlab chiqaruvchilar va korxonalarning qurollanishi sharoitida eng minimal osishi saqlanib qoladi.
Uzoq muddatli prognoz uslubiyotining yana bir xususiyatlardan biri shundaki uning muammoli maqsadliligida, u esa tarmoqning uzoq muddatga mo’ljallangan maqsadini belgilaydi. Agar o’rta yoki qisqa muddatli prognozda mavjud imkoniyatlardan foydalanilsa, uzoq muddatlida esa tarmoqning tub ildizida turgan muammolar korib chiqiladi. Bunda asosan tarmoqning iqtisodiyot rivojlanishidagi kelajakdagi yoliga e’tibor qaratiladi. Bu yo’nalishlar mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi asosiy yo’nalishi bilan bogliq bolishi kerak.
Tarmoqning iqtisodiy rivojlanish yo’nalishini aniqlash uchun umumiy aloqalar va tarmoq korsatgichlar o’rtasidagi rivojlanish va xalq xojaligidagi ko’rsatgichlariga ta’siri, shuningdek boshqa tarmoqlar ko’rsatgichlar bilan o’zaro tasiri korib chiqiladi.
Jarayonlarni o’zaro bogliqligini aniqlashda quyidagi ko’rsatgichlardan foydalaniladi: umumiy mahsulotlar dinamikasi, milliy daromad, iste’mol fondi, aholining daromadlari darajasi, jamg’arma fondlar va kapital qoyilmalar o’sish surati, tarmoqlarning o’sish dinamikasi, tarmoq iste’moli va boshqalar. Tarmoqlarning rivojlanishini uzoq muddatda prognozlashda, ushbu tarmoq mahsulotlarini xalq xo’jaligi tomonidan istemol hajmini aniqlash muhimdir. Bu iste’mol bir tomondany etishtiriladigan mahsulotning samaradorligini oshirishi va iste’mol tuzilmasini ozgarishini tarmoqning rivojlanish darajasini aniqlasa, ikkinchi tomondan xalq xojaligining ayrim ko’rsatgichlarini ozgarishi malum mahsulotlarga bolgan iste’molni ozgarishini aniqlaydi.
Тarmoqni prognozlashning uslubiyati ikki yondashuvga asoslanadi:
qidiruvli.
Me‘yorli yondashuv asosini xalq xo‘jaligi masalalaridan kelib chiqib rivojlanish maqsadining qo‘yilishi tashkil qiladi. Bunday maqsadlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
tarmoq mahsulotiga jamiyat talabini to‘la qondirish;
ishlab chiqarish samaradoriligini oshirish;
eksportga mahsulot yetkazib berishni qo‘paytirish va boshqalar.
Qidiruvli yondashuv tarmoq rivojlanishidagi tendensiyalar va ko‘rinishlar qonuniyatlarini o‘rganishdan tarkib topadi. Bunday yondashuvdan maqsad shunday rivojlanish darajasini aniqlashdan iboratki, qaysiki unga tarmoqda prognozlash davri boshida yuzaga kelgan qonuniyatlarni kelajakda saqlab qolish natijasida erishish mumkin.
Ikki yondashuvning uslubiy yagonaligi tarmoq prognozini ishlab chikishning quyidagi bosqichlari ketma-ketligini aniqlaydi:
Тarmoq rivojlanishini o‘tgan va hozirgi davr uchun tasvirlash va tahlil qilish, qabul qilingan reja qarorlari natijalarini baholashni o‘z ichiga olgan holda.
Qidiruvli yondashuv asosida tarmoq rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini prognozlash.
Тarmoq rivojlanishining maqsad va asosiy vazifalarining quyish, asosiy yo‘nalishlarini me‘yorli yondashuv asosida prognozlash.
―Uzilish‖larni ko‘rintirish, ularni tahlil qilish va rivojlanish muammolarini qo‘yish. Muammolarni yechish yo‘llari va ular asosida tarmoq riojlanishining variantlarini ishlab chiqish.
Rivojlanish variantlarini tanlash va tarmoqlararo balans uchun boshlangich axborotlarni ishlab chiqish.
Birinchi bosqichni amalga oshirishda yetakchi rol tadqiq qilinayotgan davrda tarmoq rivojlanishining qonunchilik tendensiyasiga, unga ta‘sir qilayotgan omillar bilan aloqalarini aniqlashga mansub.
Тarmoqni iqtisodiy prognozlashni barcha tashkil qilishlarning bosh elementi prognozlashni uning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bevosita o‘tkazishni o‘z ichiga oluvchi ikkinchi va uchinchi bosqichlar sanaladi. Bu jarayon, o‘z navbatida, bir qancha bosqichlar (davrlar)dan tarkib topadi.
1. Prognozni ishlab chiqishga vazifani shakllantirish (prognozlashdan oldingi tadqiqot davri);
2.Ob‘ektni prognozlash;
3. Prognozning haqqoniyligini baholash.
Тarmoq iqtisodiy prognozlarini ishlab chiqishni tashkil qilish bir qator muhim prinsiplarga amal qilishga asoslangan. Ularning asosiylari quyidagilar:
1.Тarmoqni va xalq xo‘jaligini prognozlashning o‘zaro bogliqligi. Bu bogliqlik butun bir xalq xo‘jaligi va uni tashkil qiluvchi tarmoqlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va munosabatlar xususiyatlarini aks ettiradi.
Bir tomondan, tarmoqlarning rivojlanishi xalq xo‘jaligi umumiy holati, uning rivojlanish maqsad va masalalariga bogliq va ular bilan aniqlanadi, yalpi milliy mahsulot, shaxsiy iste‘mol va boshqalarning o‘sish sur‘atlariga bogliq. Boshqa tomondan, har bir tarmoq undagi rivojlanish va ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasi bilan aniqlanadigan o‘ziga xos qonuniyatlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xususiyatlari, qo‘llanilayotgan texnika va texnologiyalar va boshqa omillarga muvofiq rivojlanadi. Тarmoqning bu qismida ishlab chiqarish, o‘z navbatida, xalq xo‘jaligiga qayta ta‘sir qilishni o‘z ichiga oladi, uning rivojlanishida muhim omil bo‘ladi. Bu o‘zaro ko‘rinish iqtisodiy prognozlashni tashkil qilishining o‘zida muayyan qiyofaga ega bo‘ladi va x/x –tarmoq -x/x -tarmoq sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu shuni bildiradiki, tarmoqni prognozlashning boshlangich payti butun xalq xo‘jaligi rivojlanishining maqsad va vazifalari hisoblanadi. O‘z navbatida, shu asosda tuzilgan tarmoq prognozlari xalq xo‘jaligi prognozlirini yoritib berish uchun xizmat qiladi, qaysiki ular keyin tarmoq prognozlarini aniqlash uchun ishlatiladi.
2.Ikkinchi prinsip prognozlashning uzluksizligidan, tarmoq prognozlarini aniqlovchi omillarda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi bilan ularni (tarmoq prognozlarini) muntazam korrektirovka qilib borishdan iborat. Bu prinsipga muvofiq prognozlar xalq xo‘jaligi dasturlarining bajarilishi jarayonida yuz beradigan yangi hodisalarni hisobga olgan holda doimo takomillashib borishi kerak. Prognozlashning uzluksizligi dasturlar bajarilishini, qabul qilinayotgan xo‘jalik qarorlari oqibatlarini istiqboliy baholashlarni mukammallashtirish uchun ham zarur.
3.Uchinchi prinsip tarmoq prognozlarini ishlab chiqishning uslubiy asosi yagonaligidan iborat. Bu prinsip barcha tarmoqlarda iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishga yagona yondashuvni, tarmoq prognozlarining bir-biriga mos kelishini taqozo qiladi.
4.Prognozlashning to‘rtinchi prinsipi iyerarhiya o‘rnatishdan, prognozlashning alohida turlari va yo‘nalishlari bo‘ysunishidan iborat. Bu shuni bildiradiki, masalan, tarmoq mahsulotiga talabni prognozlash tarmoqda ishlab chiqarish masshtablari va tarkiblarini prognozlashdan oldin bo‘lishi kerak va hokazo.
Ta’kidlangandek, prognozlashtirish usullari, obektni prognozlashtirish tadqiqotlarini, prognozlarni qayta ishlashga qaratilgan. Tarmoqlarni prognozlashda iqtisodiy jarayonlarni prognozlash uchun foydalaniladigan barcha prognoz usullaridan foydalaniladi. prognozlashtirish usullarini qay birini qo’llanilishi odatda prognozlash yonalishiga bogliq.
Me’yoriy yondashuvda texnik iqtisodiy korsatgichlar usulidan foydalanib, biriktirilgan me’yorlarga asoslanadi, u esa ilmiy texnik taraqqiyotining yo’nalishlari va uning tuzilmaviy siljishlarini ko’rsatadi. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash va ularni vazifa sifatida shakllanishi uchun tajriba baholarini maqsadlar daraxti matritsasidan foydalanib tizimli-struktura usuli orqali tahlil qilinishi mumkin.
Tadqiqot yondashuvida asosan quyidagi usullardan foydalaniladi: matematik statitika usuli, shu jumladan vaqt qatorlarini ekstropolyasiya usuli, statistik bog’liqlik, ishlab chiqarish funksiyasi; tadqiqot va analogli usuldan, shu jumladan, morfologik modellashtirish va tasodifiy izlanish; ekspert va patent axborotlarini olish uchun asoslangan usullar. Optimal echimni topgandan song, ayniqsa resurslarni taqsimlashda, texnik-iqtisodiy va tizimli-strukturali tahlil usullari bilan bir qatorda chiziqli va dinamik prognozlashtirish usullaridan foydalaniladi.
Prognozlashtirish usullarga qarab prognoz ko’rinishlariga ta’sir korsatadi, prognozlash obektining murakkablilik darajasi va boshqa omillar tasir ko’rsatadi. Sanab o’tilgan prognozlash usullaridan ko’pincha texnik iqtisodiy hisobotlar, struktura tizimi tahlili, ekstropolyasiya, ekspert baholash, matematik modellashtirishdan foydalaniladi.
Texnik iqtisodiy hisobotlar. Ularning asosida resurslar va mahsulotlarning iste’mol me’yori harajatlarini statistik-tajriba usulidanhisobot materiallari yordamida me’yorlar ishlab chiqiladi. Ushbu usulning kamchiligi shundaki, ishlab chiqarish korxonalarida texnika texnologiya rivojlanishi inobatga olinmaydi. Shu sababli, ushbu usuldan qisqa muddatli prognozlashda me’yorlarni mavjud emaslik sharoitida, me’yorlarni belgilash uchun foydalaniladi.
Analitik hisobotlar usuli barcha texnika, texnologiya va ishlab chiqarish korxonalarining mavjud quvvatlarini inobatga olib meyorlarni belgilashda foydalaniladi. Bu usul yordamida kopi bilan 5 yillik meyorlarni belgilash mumkin. Undan kop muddatda meyorlarni belgilash noaniqliklarga olib keladi. Shuning uchun analitik-hisobotlar usulidan aniq o’rnatilgan meyorlarni uzoq muddatda prognozlashda boshqa matetmatik usuldan foydalaniladi, ular yordamida istemol dinamikasini modellash imkonini yaratadi, bu bilan texnik-iqtisodiy usulning kamchiliklari bartaraf etiladi. Bu usullar qisqa va o’rta muddatli prognozlashda foydalaniladi. ayniqsa qisqa muddatni prognozlashda iste’mol dinamikasi qatoridan foydalaniladi. istemol va talabni dinamik qatorlari yordamida 1 yillik prognozlashda korrelyasion va regression tahlildan ham foydalaniladi.
Tarmoqni prognozlashda tizimli yondashuvdan foydalanilib, ular prognozning ishonchliligini oshiradi. Shu bilan bir qatorda tarmoq butun iqtisodiyot ishlab chiqarishning bir qismi sifatida qaraladi. Iqtisodiyotning ajralmas qismi sifatida birinchidan mahsulot istemolchisi sifatida, ikkinchi tomondan tarmoq o’zining kerakli resurslarining istemolchisi sifatida.
Tarmoqlarni prognozlashda turli xil manbalar axborotlaridan foydalaniladi, ular quyidagilar: tarmoqning ilmiy texnika holati haqida statistik ma’lumotlari, tarmoq ichidagi tarmoqlar holati, tarmoq korxonalari holati, meyoriy texnik hujjatlari uslubiy adabiyotlar va boshqalar. Barcha axborotlar zamonaviy usullar yordamida qayta ishlanadi, bu bilan uni talablariga javob beradigan darajaga olib kelinadi. Buning asosiy omili sifatida tarmoqda prognozlashtirishni yuqori darajada tashkillashtirilishiga bogliq.
Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlash kompleks xususiyatiga ega, ya’ni u butun iqtisodiyot doirasida olib boriladi. Uning asosiy instrumentlaridan biri prognozning uzluksizligidir, prognoz axborotini uzluksizligini taminlaydi, o’zgarishlarni inobatga olib prognoz jarayoni va natijalarini ishlab chiqiladi. So’ngi navbatda prognozlashtiriladigan obektga tizimli tarzda yondashish, sohadagi ilmiy texnika ozgarishini doimiy kuzatish va uni tahlil qilishdir. Uzluksiz tizimli prognozlash tarkibida tizim osti jihatlari mavjud bolib, ular quyidagilar: axborot taminoti; iqtisodiy va ilmiy texnika yutuqlarini kuzatish; tarmoqlarni xususiy prognozlash; prognozlash jarayonini uslubiy-tashkiliy taminlash.
Prognozni shakllantirish va ishlab chiqishda bir qator mutaxasislar yordamida olib boriladi. Prognozlash maxsus xizmatining bu yerdagi vazifasi, ushbu jarayonni tashkil etish, bolimlar ortasidagi axborot almashinuvini taminlash, mutaxasislarni prognoz nazariyasi bilan oqitish; prognozni shakllantirish, prognoz uslubiyoti va uslubiy taminotini taminlash va boshqalar.
Iqtisodiy prognoz obektilariga qo’yiladigan talab bu prognoz srukturasi va tashkil etuvchilarini tuzish. Har bir iqtisodiy prognoz ozida: qisqa prognoz yo’nalishi tahlili; uning zamonaviy holati; kelajakda rivojlanish yonalishi; prognozlash davrida sodir boladigan muammolar va ularning yechimlari natijalarini amaliyotga tadbiq etish; olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, tajriba izlanishlar va ularni prognozlash davrida va undan tashqarisida kutilayotgan natijalar; fundamental tadqiqotlarni baholash; berilgan vaqt oraligida prognoz natijalari, takliflarini korib chiqish, ushbu natijalarni ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini baholash. Prognoz qilingan natijalarni amaliyotga tadbiq etish uchun har bir prognozga quyidagilar zarurdir: berilgan davr mobaynida sodir bolayotgan asosiy voqealarni aniqlab, prognoz natijalariga ta’sirini aniqlash; prognoz natijalarini eng yaqin va eng uzoq amalga oshish davrini va ushbu vaqt ozgarishiga tasir etuvchi omillarni aniqlash; prognoz jarayonini ishlatilish sohasini yoki umumiy sohasini prognozlatirilayotgan obektga boshqa obektlar tomonidan ichki va tashqi tasirini sifat va miqdor jihatdan aniqlash; prognoz natijalarini amalga oshirish uchun kerak boladigan xom-ashyo, energiya, mehnat va moliyaviy resurslar hajmini aniqlash; prognozlash natijalarini texnik iqtisodiy va boshqa ko’rsatgichlar bo’yicha baholash.