II-BOB. SANOAT MILLIY IQTISODINING YETAKCHI TARMOG’I VA UNI PRAGNOZLASH.
2.1. Sanoatning milliy iqtisodiyotdagi roli va uning tarmoqlari.
Sanoat - moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, yetakchi tarmog‘idir. Unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko’pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlaming barcha turlari, bino va inshootlaming konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; yerosti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, o’simlik va hayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va hokazolar.
Sanoat xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoataing taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli beqiyosdir. Shu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik 50iqori bo’Isa, davlatning mavqei shunchalik kuchli bo’ladi va aholi turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi. Sanoat sohasida mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bo’lgan konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirshning ilg‘or usullari - mahalliylashtirish, ixtisoslashtirish va diversifikatsiyalash, kooperativlash-tirish va kombinatsiyalashtirish sohasida ustunlik qiladi. Sanoat va ayniqsa, uning eng muhim sohasi bo’lgan og‘ir sanoat mamlakatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U moddiy-texnika vositalarini o’zi va boshqa tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaqtda jamiyat a’zolari o’rtasidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini
takomillashtirib ham boradi.
Sanoat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni qayta qurishning negizi hisoblanadi. Uni yangi texnika bilan ta’minlash orqali fermer, shirkat, dehqon xo’jaliklarini va boshqa shakllarda faoliyat ko’rsatayotgan subyektlami iqtisodiy va madaniy jihatdan yuqori darajaga ko’tarishga, shahar bilan qishloq o’rtasidagi muhim tafovutlami yo’qotishga, dehqon mehnatini
industrial mehnatga aylantirishga yordam beradi. Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni saqlashning muhim omili, mamlakatlar mustaqilligini va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir.
Chunonchi, mamlakatimiz mudofa qobiliyatini mustahkamlashda
sanoatning roli va ahamiyati beqiyosdir. Barcha mamlakatlaming siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, xo’jalik jihatidan hamkorligi sanoat sohasida ham o’z ifodasini topadi. Tabiiy va mehnat resurslaridan, fan va
texnika yutuqlaridan foydalanish imkoniyatlari kengayishida
sanoatning ahamiyati kattadir. Sanoat uchun fan-texnikaning uzluksiz taraqqiyoti va ishlab chiqarishning yutuqlari bilan qurollanishi darajasining o’sishi xarakteriidir. Unda elektrlashtirish va elektronizatsiyalash, kompyuterlashtirish va kimyolashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurish sohasidagi ilg‘or yutuqlardan keng foydalaniladi. Ularni faqat tinchlik maqsadlarida qo’llaydi.
Sanoat o’z navbatida ma’lum tarmoqlarga bo’linib, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Elektr energetika
2. Yonilg’i sanoati
3. Qora metallurgiya
4. Rangli metallurgiya
5. kimyo va neft-kimyo sanoati
6. mashinasozlik va metallni qayta ishlash .
7. O’rmonchilik, yog’ochni qayta ishlash va selyuloza-qog’oz.
8. qurilish materiallari.
9. yengil sanoat.
10. oziq-ovqat sanoati.
Sanoat taraqqiyotida yoqilg‘i-energetika majmuasining o’rni alohida. Uning tarkibiga energetika, neft va neftni qayta ishlash, gaz va gaz kondensati, ko’mir qazib olish va boshqa bir qator kichik sohalar kiradi. Bu majmua sanoat ishlab chiqarishining 1\4 qismini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi jahonda gaz ishlab chiqaruvchi 10 ta mamlakatdan biridir.
Dostları ilə paylaş: |