I. Asosiy qism: I. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish


I. 3. Fizikada sinfdan tashqari mashg'ulotlar turlari



Yüklə 310,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix17.05.2023
ölçüsü310,57 Kb.
#115393
1   2   3   4   5   6   7   8   9
I. 3. Fizikada sinfdan tashqari mashg'ulotlar turlari.
O’quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda va ularni rivojlanishida fizikadan 
uyushtiriladigan sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati kattadir.
Fizikadan sinfdan tashqari ishlar deganda, darsdan tashqari sharoitda, bevosita 
fizika o’qituvchisining rahbarligida, reja asosida ma’lum maqsadni ko’zlab, 
o’quvchilarning hohishlarini hisobga olgan holda uyushtiriladigan mashg’ulot 
nazarda tutiladi.
Sinfdan tashqari ishlarni uyushtirishda o’quvchilarning ta'lim olishi, 
tarbiyalanishi va rivojlanishi dielektrik birlikda hal etilishiga alohida ehtibor 
beriladi. bu ishlar bir necha tashkiliy elementlar (maqsadi, vazifasi, mazmuni, 
shakli, xili, tashkil etish metodi) dan tashkil topadi.
Fizikadan sinfdan tashqari ishlarning maqsadini belgilashda quyidagilar 
hisobga olinadi: 
1) o’quvchilarning bilim darajasi; 
2) o’quvchilarning bilishga qiziqishi; 
3) uning o’quv mehnat faoliyatidagi o’ziga xos xususiyatlari; 
4) aqliy taraqqiyot darajasi; 
5) shaxs sifatida shakllanish darajasi; 
6) kasbga yo’naltirish.
Sinfdan tashqari ishlarning maqsadlaridan kelib chiqqan holda vazifalari 
belgilanadi. Ular sinfdan tashqari ishning mazmuniga ko’ra quyidagilarga 
bo’linadi: 
1) o’quvchilar ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish; 
2) o’quvchilarni umumiy ta'lim olish yo’nalishini rivojlantirish; 
3) o’quvchilarning umumtexnikaviy rivojlanishini tahminlash; 
4) o’quvchilarning shaxsiy qobiliyatini rivojlantirish; 
5) o’quvchilarda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish; 
6) kasbga yo’naltirish vazifasi.
Bu didaktik vazifalarga mos holda, sinfdan tashqari ishlar tashkil etiladi.


16 
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlarining mazmunini tanlash muhim 
ahamiyatga ega.
Umumiy o’rta ta'lim maktab o’quvchilari fizikadan hali chuqur va mustahkam 
bilimga ega emasligini, mustaqil ishlash qobiliyati ham yetarli shakllanmaganligi 
hamda ularning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari 
ishlarning mavzusi va mazmunini tanlashda uning ilmiyligiga emas, balki uning 
amaliyligiga asosiy e'tibor qaratish kerak.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari bilan o’tkaziladigan 
sinfdan tashqari ishlarni mavzu va mazmunini belgilashda avvalam bor ularning 
ilmiyligiga hamda talabalarning bo’lajak kasblarini hisobga olgan holda 
yondoshish zarur.
O’quvchilarni mehnatga ongli munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash ta'lim-
tarbiya jarayonining vazifalaridan biridir. Bu masalani hal etishda sinfdan tashqari 
ishlarning ahamiyati muhimdir. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar davomida 
uyushtiriladigan tajriba va kuzatishlar umumiy mehnat va amaliy ko’nikmalar 
hosil qilishda katta imkoniyatga ega.
Sinfdan tashqari uyushtiriladigan ishlarning qaysi turi bo’lishidan qatiy nazar 
o’quvchilarda estetik didni rivojlantirish borasida ham o’qituvchi ish olib borishi 
zarur. Shuningdek, mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarni tabiatga, tabiat 
go’zalligiga muhabbat hissini uyg’otishni ham o’qituvchi yodidan chiqarmasligi 
kerak.
O’quvchilarni vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalash borasida 
ham fizikadan uyushtirilgan sinfdan tashqari ishlar katta imkoniyatga ega. Buyuk 
mutafakkirlarimizdan Ibn Sino, Beruniy, Ulug’bek va boshqalarning qilgan 
ishlarini, ularning hayotlaridan lavhalarni yoki bo’lmasa XX asrda fizika sohasida 
U.Aripov, S.Azimov, R.Bekjonov va boshqa vatanimiz olimlari qilgan ishlarni 
sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarda ko’rsatish, devoriy gazetalarda 
mahlumotlar berish yaxshi samara beradi. Shuningdek, keyingi paytlarda 
vatanimiz fizik olimlari boshqa mamlakatlar olimlari bilan hamkorlikda ishlab 
erishayotgan yutuqlari haqida, bu yutuqlar turli millat vakillarining xamkorlikdagi 


17 
ishining natijalari ekanligini o’tkaziladigan tadbirlar orqali o’quvchilar ongiga 
yetkaza olsak maqsadga erishgan bo’lamiz.
Maktablarda tashkil etiladigan hamda o’tkaziladigan sinfdan tashqari 
mashg’ulotlar o’quvchilarning umumiy tahlim va politexnik saviyasini oshirish, 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodiy tashabbuskorligini oshirish uchun keng 
imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, o’quvchilarning fizika darsiga bo’lgan 
qiziqishini orttiradi. Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarning qiziqishlarini hisobga 
olgan holda tashkil qilinadi. Fizikadan tashkil etiladigan sinfdan tashqari ishlardan 
biri to’garaklardir. Fizikadan to’garaklarni nafaqat maktabda, shuningdek 
akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida ham tashkil etilsa, nur ustiga a'lo nur 
bo’ladi.


18 

Yüklə 310,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin