19
Frontal laboratoriya ishlari, fizikadan praktikum ishlari,
eksperimental
masalalar, o’quv filmlaridan foydalanish sinfdan tashqari mashg’ulotlar orqali
kiritilgan, ya'ni fizika xonasini elektr simlarini o’tkazib jihozlash, qo’ng’iroqlarni
avtomatik chalish, magnitofonni o’chirish, ulashni avtomatik boshqarish, maktabni
radiolashtirish, radiouzel orqali chiqib o’quvchilarga murojaat qilish va h. k.
To’garak g’oyalarini o’quvchilar yaxshi tushunib olishlari, to’garak olib
borilayotgan ish mavzusini yaxshi o’rganishlari uchun maktab fizika to’garagining
bosh
mavzusi kelajagi bor, uzoqroq muddatga (bir yilga yoki bir necha yilga)
mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Fizikadan to’garak maktab rahbarining buyrug’iga binoan tashkil etiladi.
O’quv yili boshida fizika o’qituvchisi maktabda fizikadan to’garak tashkil
etilayotganligini, to’garakning bir necha tematikasi, o’tkazilish kuni, o’tkazilish
vaqti, xonasi haqida bir necha kun avval e'lon yozib qo’yadi. To’garak a’zolari 10-
15 kishidan iborat bo’lishi kerak. o’qituvchi o’quvchilar qiziqishini hisobga olib,
mavjud bo’lgan to’garak dasturlaridan o’quvchilar hoxishi bilan birini tanlaydi.
O’qituvchi o’quvchilar bilan to’garakni qaysi kuni qanday vaqt oralig’ida
o’tkazilish kerakligini kelishib olishadi.
To’garak texnikaning so’nggi yutuqlari asosida tashkil etilishi shunga asosan
fizika va texnika to’garagi nomi berilishi ham mumkin. Bu holda to’garak dasturi
fizika, kosmanavtika,
informatika, radiotexnika, elektrotexnikaning so’nggi
yutuqlari asosida tashkil etiladi va o’tkaziladi.
Quyida fizikadan tashkil etilgan va o’tkazilgan bir necha to’garaklar dasturini
keltiramiz.