Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: O'quvchilar bilan olib boriladigan
sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni o'quvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu
ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o'zlarining eng muhim deb bilishlari zarur.
Kurs ishining maqsadi: O'quvchilarni fizika o'qitishda sinfdan va maktabdan
tashqari ishlarga rahbarlik qilishni tashkil etish usullari va mazmuni, shakli
metodlarni aniqlash.
Kurs ishining obyekti: O'quvchilarni sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga
rahbarlik qilishni tashkil etish mazmuni, shakli va metodlaridan foydalanish
jarayoni.
Kurs ishining vazifalari:
1. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish usullari.
2. Fizikadan fakultativ kurslarni tashkil etish.
5
3. Fizikada sinfdan tashqari mashg'ulotlarni turlari.
4. O'quvchilarni darsdan tashqari fan to'garaklari va fizik kechalarni
tashkillashtirish.
Kurs ishining tarkibi: Kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
6
I. Asosiy qism
I. 1. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish.
Maktab fizika kursining umumiy ta’lim predmetlari orasidagi o'rni uning
boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko'ra aniqlanadi. Fizika kursi nazariy
fan bo'lib, uning asosini fundamental nazariyalar, qonunlar va ilmiy tushunchalar
tashkil etadi. Fizika tez sur’atlar bilan rivojlandi, jumladan, Nyuton mexanikasi,
relyavistik mexanika, kvant mexanikasi, elektron nazariyasi, klassik va kvant
statistikasi kabi fundamental nazariyalar yaratildi. Bu esa, birinchidan hozirgi
fizika o'rganadigan hodisalarning sonini ko'paytirib yubordi. Ikkinchidan, fanning
rolini ko'tardi. Fizik nazariyalar boshqa, tabiiy fanlarning masalan, ximiya,
elektrotexnika, radiotexnika, gazlar dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo'lib
qoldi. Ularning ko'pchiligi alohida fan bo'lib ajralib chiqdilar. Fizika ochgan
qonunlar universal bo'lib, bu uni hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchilik darajasiga
ko'ardi.
Yuqorida aytilganlardan ko'ramizki, fizikani bilmasdan to'la qiymatli o'rta
ma’lumotni tasavvur qilib bo'lmaydi.
Boshqa predmetlar kabi fizikani o'qitish ham didaktik maqsadlarni, ya’ni
ta’lim, tarbiya va o'quvchilarning rivojlanishini amalga oshiradi. Ko'rinib turibdiki,
maktabda fizika o'qitish katta ahamiyatga egadir. Fizika o'qitish jarayonida
o'quvchilar fizikani sanoatda, qishloq xo'aligida, transportda, tibbiyotda va boshqa
soxalarda qo'llanishlari bilan tanishadilar; o'lchov asboblari bilan ishlash
malakasiga ega bo'ladilar va foydali mexnatga tayyorlanadilar.
Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar tabiatdagi qator xodisalar va ularning
ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularda dunyoning moddiyligi haqidagi ishonch
shakllanadi, dunyoni o'rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini biladilar.
Bular esa o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini to'g'ri shakllantiradi, ularning
mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar ilg'or fizik-olimlarning ishlari bilan, fan
va texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bularning tarbiyaviy ahamiyati kattadir.
7
Maktab fizika kursi hamma vaqt zamonaviy va elementar bo'lishi,
fundamental nazariyalarni, fizika uslublarini, qonunlarini to'g'ri shakllantirishi,
o'quvchilarga politexnik ta’lim berishi, ilmiy dunyoqarashlarini, fikrlashlarini
to'g'ri shakllantirishi lozim.
Fizika kursining mazmuni va xajmini aniqlab beruvchi asos bu dasturdir. U
o'quvchilar o'rganadigan asosiy bilimlarni aniqlab beradi. Dastur davlat ta’lim
standarti talablariga asosan tuziladi.
Fizikadan o'quv materiali tanlashda asosan quyidagilarga ahamiyat berilishi
lozim:
-mazmunining ilmiyligiga va metodologik yo'nalishiga;
-fanning mantiqiy va o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelgan
holdagi o'qitish sistemaliligiga;
-nazariya va amaliyotning birligiga, hayot bilan bog'lanishiga;
-fizika o'qitishda boshqa predmetlar bilan bog'lanishini ta’minlashga.
O'quv materiali tanlangandan keyin uni yillar bo'yicha taqsimlash muammosi
tug'iladi. Fizika o'qitish tarixida o'quv materialini yillar bo'yicha taqsimlashda
kursning tuzilishini uchta varianti vujudga keldi: radial, konsentrik va boqichli
variantlar.
Kursning radial tuzilishida material shunday joylashtirildiki, bunda bo'limlar
bir-biridan qat’iy ajratib qo'yildi. O'tilganlarga qaytish bo'lmaydi. Fizika kursining
radial ko'rilishini kamchiligi shundaki, unda o'quvchilar sodda masalalarni ko'rish
bilan birga, o'zlashtira olmaydigan materiallarni ham o'rganishlariga to'g'ri keladi.
Bir bo'limni og'ir masalalaridan ikkinchi bo'limni yengil masalasiga birdaniga
o'tiladi.
Fizika kursining konssentrik ko'rilishida har bir bo'lim maktabda ikki marta
ko'rib chiqiladi, ya’ni butun o'quv materiali ikkita konsentrga bo'linadi. Birinchi
konsetr fizika kursining deyarli hamma bo'limi bo'yicha boshlangich elementar
tushunchalarni o'z ichiga oladi, ikkinchi konsentr butun kurs bo'yicha bilimlar
sistemasini o'z ichiga olib, bu material birinchi konsentrdagi o'quv materialini to'la
yoki qisman o'z ichiga oladi. Kursni konsentrik tuzilishida material o'tishdagi
8
qiyinchilik sekin-asta ortib boradigan qilib o'quvchilarning aqliy o'sishiga va
imkoniyatlariga moslashtirilgan holda joylashtiriladi. Konsentrik ko'rilishning
kamchiligi shuki, unda o'quv materiali takrorlanganligi uchun vaqt ko'p sarf bo'ladi
va o'quvchilarning qiziqishlarini kamaytiradi.
Fizika kursining bosqichli tuzilishida bu kurs ikki bosqichda o'rganilib, ular
birgalikda yagona sistemali fizika kursini tashkil etadilar.
Yuqorida ko'rilgan fizika kursining tuzilishlaridan eng yaxshisi bosqichli
ko'rilishidir. U pedagogika va didaktika talablarga to'la javob beradi. Bunga ko'ra
maktab fizika kursining mazmuni quyidagilarni o'zichiga oladi:
A.
Tayyorlov davri 3-5 sinflarda tabiatshunoslik, tabiiy geografiya va
mehnat darslarida fizika elementlarini o'rganish.
B.
Kursning birinchi bosqichi 6-9 sinfdarda fizikani o'rganish.
C.
Kursning ikkinchi bosqichi kasb-hunar kollejlari va Akademik
litseylarda fizikani o'rganish.
Umumiy o'rta ta’lim maktablarida fizika ta’limining asosiy vazifalari:
-O'quvchilarni fizik xodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar,
o'lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar
bilan tanishtirish;
-O'quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining
amalda qo'llanilishi bilan tanishtirish;
-Koinot tuzilishi va undagi xodisalar haqidagi bilimlar berish orqali ilmiy
dunyoqarashi rivojlantirish;
-Buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi vatanimiz fizik olimlarining
faoliyatlari bilan tanishtirish, ta’lim mazmunini tevarak atrofdagi maxalliy va
tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o'quvchilarni miliy va vatanparvarlik ruxida
tarbiyalash;
-Ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqiyoti bilan bog'lash orqali
o'quvchilarni ongli ravishda kasbga yo'naltirish, o'rta maxsus yoki kasb- hunar
ta’lim muassasalarida o'qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;
9
-fizikaga oid asbob uskunalardan foydalanish, sodda o'lchov va tajriba
ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, qoidalariga rioya
qilish malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Shu vazifalarni amalga oshiruvchi, ya’ni "Umumiy o'rta ta’lim maktablari
uchun fizikadan davlat ta’lim standarti"ga asoslangan xolda dastur tuzildi. O'rta
ta’lim maktablarida fizika o'qitish shu dastur asosida olib boriladi.
O'zbekiston Respublikasining "Ta’lim to'g'riisida"gi qonuni, "Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi", vazirlar mahkamasining "O'zbekiston respublikasida
o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari tog'risida " gi 1998
yil 13-may 204-son va davlat standarti talablariga asoslangan holda Akademik
litseylarning fizika-matematika va boshqa bo'limlari uchun, hamda kollejlar uchun
fizikadan o'quv dasturlari tuzildi. Bu dasturlarda fizika o'qitishning maqsadi va
vazifalari ko'rsatib o'tildi.
Akademik litseylarda fizika o'qitishning asosiy maqsadi: umumiy o'rta ta’lim
asosida umumiy fizikadan o'rta ta’lim berishga: fizikaviy nazariya, kuzatishlar va
hodisalar haqidagi ta’limotlarni umumlashgan shakli ekanligini ko'rsatishga,
nazariya bilan amaliyotning uzviy bog'likligini ko'rsatishga, fizikaning
texnologiyadagi, texnikadagi, tibbiyotdagi va hayotdagi ahamiyatini ta’kidlashga,
fanga nisbatan qiziqish uyg'otish va uni o'rganishni davom etdirishga zamin
yaratishdan iboratdir.
-fizika kursining o'qitish izchilligini ta’minlash,
-fizikaning barcha bo'limlari bo'yicha asosiy fizik qonunlar, qonuniyatlar va
ularning formulalari bilan tanishtirish,
-fizik jarayon, hodisa, tushuncha, hamda qonunlarning o'rganish ketma-ketligi
mantiqiy to'gri va oddiydan murakkablikka qarab borish tamoyiliga rioya qilish;
-fizik xodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish;
-tajriba o'tkazish, uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash
ko'nikmalarni xosil qilish:
-asosiy fizik qonun va xodisalarni to'g'ri talqin qilish, ularni masala yechishga
tatbiq etish va tajribada tekshirib ko'rish ko'nikmalarini hosil qilish:
10
-oliy o'quv yurtiga kirish uchun zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni
hosil qilish:
-o'quvchilarning fizikaviy tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini
oshirish, hamda hayotda bo'layotgan xodisa va jarayonlarni to'g'ri talqin qilishga
o'rgatish:
-hozirgi zamon fizikasining fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekologiyadagi va
boshqa tarmoqlardagi muammolarni yechish yo'lidagi roli bilan tanishtirish kabi
mavzu va muammolarni xal kilish kerakligini ko'rsatishdan iboratdir.
Aniq fanlar yo'nalishi bo'limlarida fizikani o'qitish uchun 720 soat, maxsus
kurslarni o'rganish uchun 148 soat, fakultativ kurslarini o'rganishga 222 soat vaqt
ajratilgandir.
Fizikani o'rganish uchun, Kimyo-biologiya yo'nalishdagi bo'limlariga 280
soat, boshqa yo'nalishdagi bo'limlarga 160 soatdan vaqt ajratilgandir.
Kasb-hunar kollejlarida fizikani o'ganish uchun 160 soat vaqt ajratilgan bo'lib,
uni o'qitishdan asosiy maqsad bizni o'rab olgan dunyoning tabiiy ilmiy manzarasini
o'quvchilar ongida shakllantirish, politexnik ta’lim berish, kasbiy predmetlarni
o'rganishga nazariy baza yaratib berish va ilmiy dunyoqarashlarini to'gri
shakllantirib borishdan iboratdir.
Fizikani kasbga bog'lab o'qitish kasbga yo'naltirishning eng yaxshi vositasidir.
Uni quyidagi yo'llar bilan amalga oshirish mumkin.
A.
Maxsus predmetlarda fizik tushuncha, xodisa, qonunlarni qo'llash;
B.
Kasb mazmuniga ega bo'lgan fizik masalalar yechish;
C.
Ishlab chiqarishga mo'ljallangan asboblar yordamida kompleks
laborotoriya ishlari bajarish va fizik hodisalarni namoyish kilish;
D.
Hunar-texnikassiklidagi
predmetlarda
fizik
tushunchalardan
foydalangan xolda masalalar yechish;
E.
Fizika kursi va hunar-texnikassikli predmetlaridan ayrim mavzu va
bo'limdagi bilimdan foydalanib kompleks topshiriklar bajarish;
F.
O'quvchilarning texnik ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni talab
qiluvchi masalalar yechish;
11
G.
Turli asbob va qurilmalarni tuzilish prinsiplarini tushuntirish uchun
zarur bo'lgan fizik bilimlarni qanday o'zlashtirganligini aniqlash maqsadida
fizikadan uyga vazifalar berish;
H.
Ishlab chiqarish korxonalariga kompleks ekskursiyalar uyushtirish
va ular bo'yicha o'quvchilarga hisobot tuzishni topshirish;
I.
Sinfdan tashqari ishlarni bajarish to'garaklar, konferensiyalar, kechalar
va boshqalar
J.
Ma’lum programma asosida fakultativ kurslar o'tish;
Fizika o'qitishda kasbga yo'naltirish prinsipiga amal qilganda o'quvchilarning
o'zlashtirishi ortadi.
Akademik litseylarning va kasb-xunar kollejlarining va o'rta umumta’lim
maktablarining fizikadan dasturlarida Nyuton mexanikasidan boshlab elementar
zarralar fizikasigacha bo'lgan barcha bo'limlari ma’lum darajalarda o'z aksini
topgandir.
|