Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Boshlangich sinflarda matematikani o’qitish samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni qo’llash usullarini ishlab chiqish, dastur materiallariga mos matnli masalalarni o’rganishning samarali usullarini aniqlash yangi pedagogok texnologiyalardan foydalanib masala yechishni amalga oshirish yo’llarini izlashdan iborat. Kurs ishning vazifalari quyidagilarni tashkil etadi.
1.Boshlang’ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar asosida matematika darslarini tashkil etishning mavjud holatini o’rganish.
2.Matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tashkil etishning ob’yektiv va sub’yektiv omillarni aniqlash.
3.Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, metod va vositalarni belgilash.
4.Boshlang’ich sinf matematika darslarini ta’limning zamonaziy interfaol metodlari asosida tashkil etishda maxsus metodlarni tajriba -sinovdan o’tkazish va uning samaradorligini aniqlash.
Kurs ishining obyekti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang`ich sinf matematika darslaridagi o’qitish jarayoni. Umumta’lim maktablarining boshlang`ich sinf matematika darslarida masalalar haqidagi tushunchalarni shakllantirish mazmuni, usullari va samarali vositalari.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism boblari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatlaridan iborat.
I BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING VAQTGA OID TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNI NAZARIY ASOSLARI 1.1. Miqdor tushunchasi Miqdor tushunchasi faqat matematika fanida qo’llaniladigan asosiy tushunchalardan birigina emas, balki fizika, kimyo kabi boshqa fanlarda qo’llaniladigan tushuncha hisoblanadi. Turli fanlarda (bitta fanning turli bo’limlarida) turlicha talqin qilinganligidan, ularni tavsiflash ancha qiyinchiliklarga olib keladi. Lekin, matematikada ularni quyidagicha ta'riflaymiz. 1-t a' r i f. Obyektlar yoki hodisalarga xos umumiy xossa miqdor deyiladi. 2-ta'rif. Quyidagi shartlarni qanoatlantiradigan miqdor bir jinsli additivskalyar miqdor deyiladi: 1) Ixtiyoriy birjinsli avab miqdorlarni taqqoslash mumkin, ya'ni a — b, a> b, a < b munosabatlardan faqat bittasi bajariladi. 2) Ixtiyoriy birjinsli avab miqdorlarni qo 'shish mumkin, ya 'ni a+b=c (yig’indi miqdor). 3) Miqdorni songa ko’paytirish mumkin, ya'ni b = xa, . ∀R+ x 4) Miqdorlarni ayirish mumkin, ya 'ni a — b + c shartni qanoatlantiradigan c miqdor a va b miqdorlarning ayirmasi deyiladi. 5) Bir jinsli miqdorlarni bo’lish mumkin: a/b = x. [40] 1.2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishda tarixiy materiallardan foydalanish Boshlang’ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanishdan maqsad o’quvchilarda matematikaga doir dastlabki tushunchalarni hosil qilish, mavzuning xarakteriga ko’ra tarixiy materiallarning uzviyligini ta’minlash uchun dastlabki pedagogik shart-sharoit yaratishdir. Matematika darslari samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanishda quyidagi maqsadlar ko’zda tutildi: 1.O’quvchilarni matematik bilim va tasavvurlarini chuqurlashtirish. 2.Darsda beriladigan tarixiy tushunchalarga qiziqish va ehtiyoj uyg’otish. 7 3.Avlod ajdodlarimiz merosiga chuqur hurmat va muhabbat bilan qarash. Ushbu vazifani amalga oshirish quyidagi didaktik shartlarga amal qildik. Matematika o’qitish jarayonida izchillik printsipining amalga oshirilishida mavjud didaktik sharoit asosan, quyidagilardan iborat ekanligiga tajribamizda ishonch hosil qildik: -ayrim didaktik jarayonlarni soddadan murakkabga borishga moslash natijasida: -o’quv materialini bayon qilishda zaruriy metodlarni qo’llash. -o’quv materialini bayon qilishda, o’rganishda nazariya bilan amaliyotni birligini muhim va kamroq muhim bo’lgan komponentlari bilan bog’lash jarayonida: - o’quv materialini puxta o’zlashtirishni ta’minlashni va kelgusidagi o’quv materialiga bog’lanishini oldindan ovoza qilish asosida: - shu sharoitlarda izchillik printsipidan o’z ishlarimizda foydalanishga harakat qilindi. Vaqt o’lchovi tarixini ko’rsataylik. O’quvchilar o’rganishi lozim bo’lgan o’lchovga oid eng qiyin o’lchov - bu vaqt o’lchovidir. Bolalar bu sohada yetarli tajribaga ega emaslar, avvalo buning ustiga bu o’lchov tizimi o’nlik tizimidan farq qiladi. Ikkinchidan, soat yordamida o’rganiladi. Bolalarga vaqt o’lchovi haqida borasida soat (daqiqa) ga bo’lgan ehtiyoj haqida tushuncha beriladi. Bu juda oddiy o’quvchi maktabga o’z vaqtida kelmasligini eslatib o’tishning o’zi kifoya. Inson ko’p zamonlardan beri vaqt hisobini soat asosida olib boradi, qaysiki u ko’p vaqtlar davomida katta evolyutsiyani boshdan kechirdi.
Dastabki soatlar quyosh soatlari edi. Ular birinchi marta Vaviloniyada o’rtasi teshilgan yarim shar shaklidagi tosh yoki g’isht kosaga o’rnatilgan tayoqchadan iborat bo’lgan. Keyin u Gretsiya va Rimga o’tgan. Kun tayoqcha soyasining kosa chetidagi o’yiq chiziqlar bo’ylab xarakati bo’yicha bo’laklarga bo’lib chiqilgan. Lekin bu soatlar faqat quyoshli kunlardagina ish berardi. Havo bulut bo’lganda nima qilish kerak? Yuli topildi. Misr va Vaviloniyada suv va quyosh soati kashf etildi. 8 Kompasli birinchi mexanik soat XVI asrda Galileyning mayatnik to’g’risidagi ishi asosida 1612 yilda yaratildi. Pragada mayatnikli soat kashf etildi, sal keyinroq X. Gyuygens ko’rinib turadigan prujinali soat yaratdi. Vaqt o’tishi bilan aniqligi bir minutgacha bo’lgan birinchi cho’ntak soatlari paydo bo’ldi, uning minutni ko’rsatadigan mili bor edi. Amaliy jihatdan taklif etilgan tsiferbaletni 24 soatga bo’lish inkor etildi. XVI asrning oxirida Rudolьf tomonidan soat tsiferbaleti 12 soatga bo’lindi. Greklar kun kabi tunni ham 3 davrga bo’ladilar, biroq Aristotelь (eramizgacha IV asr) davridanyoq bir kecha-kunduz 24 soat deb qabul qilingan edi. Astronomiyada Ptolomey davridanoq sutkaning boshlanishi tush vaqti deb qabul qilingandi. Bir soat 60 daqiqa, bir daqiqa esa 60 soniya qilib olindi. Doira aylanasi gradus va daqiqalarga bo’lib chiqildi. «Daqiqa» va «soniya» atamalari lotin tilidan olingan. SHunday bir tajriba o’tkazildi: bolalarga juda bir xotirjamlik bilan qilinadigan ishni topshirib, ular o’ylay boshlaganidan 15 daqiqa o’tgandan keyin ishni bir oz kechiktirib turishni maslahat berdik. Ishga sarflagan vaqtlari bilan bekor turgan vaqtlari orasidagi farq shu qadar kattaki, ularning ishga sarflagan vaqtlariga bo’lgan qiziqish juda kuchayib ketadi. Rang-barang mashg’ulotlar orqali ham vaqt biz uchun hamisha ham bir xil kechmasligini bilib olsa bo’ladi. Sinfda «bir daqiqalik sukunat» kabilarni o’tkazib turish ham harakatsiz qolish naqadar uzoq, og’ir ekanligini tushunib olishga yordam beradi.
O’quvchilarga muayyan daqiqa ichida qandaydir ishni bajarish, belgilangan vaqt mobaynida ovoz chiqarib o’qish va h.klarni topshirish ham yaxshi natija beradi. SHu yul bilan bolalar daqiqa, soniya, chorak soat, yarim soat va soat bilan amaliy ravishda tanishib oladilar. Bu mashqlarni karton soatlarda bajarsa ham millarini qo’l bilan to’g’irlash mumkin bo’lgan bo’ladi, qaysikim uning mashqni bir muncha vaqt o’tgandan keyin, hech bo’lmasa, bir necha daqiqa, hatto matematika darsi bo’lmasa-da, har kuni qaytarib turish kerak. 9 O’quv dasturi taqvim bilan amaliy ravishda tanishib chiqishni talab qiladi. Bu narsa ikki jihatdan o’rinli bola avvalo taqvimdan foydalanishni bilishi kerak, ikkinchidan u bolalarga katta quvonch bag’ishlaydi. Bolalar taqvimning «amaliy narsa» ekanligini xis qilishlari uchun undan ehtiyoj bo’lmaganda ham sanalarni topish va o’qishga ularni majbur etmaymiz. “Taqvimning paydo bo’lish tarixi xaqida qisqacha ma’lumot tariqasida Umar Xayyom bundan 800 yil ilgari astronomik taqvimni kashf etgani va u xozir foydalanilayotgan taqvimdan ham aniqroq ekanligi to’g’risida gapirib berish kerak. Taqvim atamasi lotincha so’z "komos" - baqirmoq so’zidan olingan.
Bir zamonlarda mahsus kishilar yangi oy o’rog’i paydo bo’lganligini baqirib-chaqirib ma’lum qilar ekan. Biroq yana boshqa bir dalil ham borki, unga muvofiq qadimgi Rimda taqvim qarzdorlar kitobini anglatar ekan. Qarzdorlar qarz foizlarini taqvim kunida, har bir oyning birinchi kuni shunday atalgan. Yil boshini ko’rsatuvchi (21 iyunь) birinchi taqvim bundan 4 ming yil ilgari yaratilgan. Toshdan yasalgan bu taqvim hozirga qadar ham Angliyada saqlanadi.Qadimgi taqvimlar ichida eng muvaffaqiyatlisi misrliklar tomonidan tuzilgan taqvim bo’lgan. Misrliklar yilni har bir 30 kundan 12 oyga va yana qo’shimcha 5 kunga bo’lganlar. Agar maktab hayotidan biron-bir sanani belgilasak (o’yin, ekskursiya, bayram, ta’tillari va h.k.) va belgilangan kungacha yana qancha qolganini bilish uchun bolalarning qo’liga taqvim berib, tegishli sanani va bizni undan ajratib turgan vaqtni aytib berishini so’rasak bolalar taqvim bilan juda qiziqib ishlaydilar. Bizni qiziqtirgan barcha masalalar yechilganidan keyin kim qanday hisoblagan yoki hisoblay olmaganligini aniqlaymiz. Bolalar o’qituvchining tushuntirishlariga diqqat bilan quloq soladilar. SHundan so’ng o’zlari mustaqil ravishda taqvimni qo’lga olib, bayram kunlari, yaqin kishilarining tug’ilgan kunlari kabilarni qidirishga tushadilar. SHunga erishish kerakki, bolalar taqvim orqali ko’p narsalarni bilib olish mumkinligiga amin bo’lsinlar va osmondagi oyning davriy kunini aniqlashsin.
Qadimgi vaqtlarda, ya’ni hisob-kitobda o’nliksiz o’lchov(tirsak, tavon, dyumlar)lar qo’llangan davrlarda bir o’lchovni ikkinchi o’lchov bilan almashtirish juda qiyin bo’lgan. Endi esa o’nliksiz o’lchovlar juda oz qolgan. Masalan, vaqtni belgilash va shuningdek narsalarni (tirsak, tovon) bilan sanashda. Yangi tushunchalarni o’zlashtirishda tovon, tirsak, dujina bilan xisoblash qiyinchilik tug’dirmaydi. Tovonni tirsak yoki dujina bilan solishtirish bilan aniq narsalarni ko’rsatgan bo’lamiz. CHunki matematikani o’qitishda bolalarning tasavvurini boyitishga (kuzatishga tayangan holda) harakat qilamiz, faqat tasavvur orqali masala va mashqlar aniq mazmun kasb etadi. “Boshlang’ich sinfda bolalar qo’lga aloqador ikki nomlanish (oltin-pul), metrik o’lchov (metrlar-santimetrlar), shuningdek og’irliklari (kilogrammlardekagrammlar) va litrni anglatuvchi kattalik bilan tanishishlari kerak.”3 Bolalar uchun masofani «ko’z bilan» chamalash kabi og’irlikni «qo’l bilan» tortish ham ahamiyatli. CHunki tarozida tortish bolaga og’irlik xaqida yetarli tushuncha bermaydi chog’ishtirish uchun tarozida tortib ko’rsalar, og’irlik tushunchasi haqidagi tasavvurlari yanada boyiydi.Katta yoshdagi kishilar biron-bir narsani qo’lda salmoqlab turib, uning og’irligini tahminan ayta olganlaridek bolalar ham muayyan bir narsaning og’irligini oldin qo’lda chamalab aytib, so’ngra Miqdor tushunchasi faqat
3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 26yanvar 2020y matematika, fizika, kimyo kabi boshqa fanlarda qo’llaniladigan tushuncha hisoblanar ekan. Matematikada obyektlar yoki hodisalarga xos umumiy xossa miqdor deyilar ekan. 1.1.-faslda keltirilgan shartlarni qanoatlantiradigan miqdor bir jinsli additiv-skalyar miqdor deyilar ekan. 11 Ta’rifga ko’ra, agar a miqdor va e birlik miqdor berilgan bo’lib, a=xe ni qanoatlantiradigan x soni topilsa, u holda x soni a miqdorning e o’lchov birligi bo’yicha o’lchovi yoki son qiymati deyilar ekan. Vaqt o’lchovi tarixini keltirdik. O’quvchilar o’rganishi lozim bo’lgan o’lchovga oid eng qiyin o’lchov - bu vaqt o’lchovidir. Bolalar bu sohada yetarli tajribaga ega emaslar, avvalo buning ustiga bu o’lchov tizimi o’nlik tizimidan farq qilinar ekan. Ikkinchidan, soat yordamida o’rganilar ekan. Bolalarga vaqt o’lchovi haqida borasida soat (daqiqa) ga bo’lgan ehtiyoj haqida tushuncha berilar ekan.