I bob 4-sinf o’quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishni nazariy asoslari


Asosiy vaqt va miqdorlar haqida tushuncha



Yüklə 76,07 Kb.
səhifə8/9
tarix11.10.2023
ölçüsü76,07 Kb.
#153778
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Vaqt o\'lchovlarini ayrim mavzular misolida o\'rganish

2.3 Asosiy vaqt va miqdorlar haqida tushuncha
Sutka Yangi material ustida ishlash 1. 1 soat necha minut? 2. Bolalar plastilindan o’yinchoqlar va sabzavotlar yasashdi. O’yinchoqlarni 18 minut, sabzavotlarni 13 minut yasashdi. Bolalar necha minut ishlagan? 3. Bolalar darslikdagi rasmga qarab, quyosh chiqqandan botgunicha vaqt qanday o’tishini kuzatadilar (rasmlarda ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi tasvirlangan). Quyosh chiqqandan keyingi chiqqunicha 1 sutka o’tishi, ya'ni sutka ertalabdan keyingi ertalabgacha, kechqurundan keyingi kechqurungacha ekanligi tushuntiriladi. 4. 460—462- mashqlarda berilgan savollar og’zaki qaraladi. O’tilgan material ustida ishlash 1. 457—459-mashqlar og’zaki bajariladi. 2. 464- masala Sizning rahbarligingizda yechiladi Oldin 1 cha detal ishlanar edi? Endi 1 soatda nechta detal ishlana boshlandi? Masala savoliga javob berish uchun qanday ma’lumotlarni bilish kerak? (9 soatda oldin nechta detal ishlangan va hozir nechta detal ishlanmoqda?) So’ng o’quvchilar yechimning II usulini tushuntiradilar: I usul 1) 6*9=54 (d.); 2) 8*9= 72 (d.); 3) 72-54=18 (d.). 37 Javob: 18 ta ortiq. II usul 1) 8-6=2 (d.); 2) 2*9=18 (d.). Javob: 18 ta ortiq. 3. 463-mashq. Oldin tenglamani yechish namunasi qarab chiqiladi va tahlil qilinadi. 1—2-tenglamalar doskada va daftarlarda yechiladi.
68- dars. Yil, oy, hafta Yangi material ustida ishlash 1. Ish bolalarga tanish bo’lgan narsalarni oydinlashtirishdan boshlanadi. Hozir qaysi oy? Undan oldin qaysi oy edi? Yil qaysi oydan boshlanadi? Yangi yil bayramini qaysi sanada nishonlaymiz? Bir yil necha oy? Bolalardan birortasi shu savollarga javob beradi, Siz esa kattalar bir yil 12 oy ekanligini bilishini, buni maktabda o’qiganlarini ta'kidlaysiz. Har bir kishi oylar qanday atalishini, qaysi oy qaysi oydan keyin kelishini va bir oy necha kun bo’Iishini bilishlari kerak. Agar biz taqvimga murojaat qilsak, buni esda saqlash oson bo’ladi. Taqvim nima? Kim biladi? Siz qanday taqvimlarni ko’rgansiz? Ulardan foydalanishni bilasizmi? 2. Taqvim bilan ishlash. 3. Taqvimdan foydalanib, bolalarga bugungi sanani va haftaning kunini bilgan holda bu yilgi taqvimni mustaqil tuzishni taklif qilish foydali. 4. 470- mashqqa tushuntirish beriladi. O’tilgan material ustida ishlash 1. 467—469, 471- mashqlar og’zaki bajariladi. 2. Masalalar yechish. 1) 472- masala o’qituvchning rahbarligida yechiladi. Brigada har kuni nechta motorni ta'mirlashi kerak edi? U har kuni nechta motorni ta'mirladi? Nechta motor ta'mirlanishi kerak edi? Masala doskaga qisqa yoziladi: 38 Bir kunda ta'mirlangan motor Kunlar soni Hamma ta'mirlangan motor 6 7 ?, necha kun oldin ? 42 42 Masala amallar bo’yicha qisqa tushuntirishlar bilan yechiladi: a) 42:6=7 (kun) — shuncha kun ishlashi kerak; b) 42:7=6 (kun) — shuncha kun ishladi; d) 7—6=1 (kun) — shuncha kun kam ishladi. Javob: muddatidan 1 kun oldin. 2) O’quvchilar qisqa yozuv bo’yicha 473- masalani tuzadilar va uning yechimini ifoda ko’rinishida yozadilar: 106+(106+29)+48= . Yechim mustaqil bajariladi. 69- va 70- darslarda o’tilgan material mustahkamlanadi va nazorat ishi o’tkaziladi. 1- variant Masa1a . Har birida 6 tadan qalam bo’lgan 7 quti va har birida 8 tadan qalam bo’lgan 4 quti qalarn sotib olindi. Hammasi bo’lib nechta qalam sotib olingan? M isollar. 75-4*7+19 36:9+54:6 257-129+344 648-(435-176) 2- variant Masala. Jonli burchakda har birida 6 tadan baliq bo’lgan 3 ta akvarium va har birida 9 tadan baliq bo’lgan 2 ta akvarium bor. Jonli burchakda hammasi bo’lib nechta baliq bor? Misollar. 64+32-2*9 42:6-32:8 891-231+245 900-(646-579)
Mavzu: Vaqt birliklari. 629-636-masala-misollar. Maqsad: a) o’quvchilarga vaqt birliklarini tabiat hodisalariga bog’liq holda o’rgatish. 39 b) 1000 ichida ko’paytirish va bo’lish bo’yicha olgan bilimlarini mustahkamlash. v) Hisoblash malakalarini oshirish Darsning turi: Noan’anaviy, koinotga sayohat Darsning uslubi: Sayohat, suhbat, savol-javob test, boshqotirma. Darsning jihozi: Darslik ko’rgazmali qurollar, tarqatma Darsning borishi: A) Darsni tashkil qilish - 5 minut Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi: 1-guruh Al-Xorazmiy 2-guruh Abu Rayhon Beruniy 3-guruh Mirzo Ulug’bek 1-Shart. Guruhlar allomalar haqida ma’lumot berish 1-GURUH: Al-Xorazmiy 780-yilda Xivada tug’ilib, 850-yilda Bog'dodda vafot etgan. Al-Xorazmiy matematika, astronomiya fanlarining asoschilaridan hisoblanadi. 2-GURUH: Abu Rayhon Beruniy 973-yilda Xorazmda tug'ilib 1048-yilda G’aznada vafot etgan. Beruniy birinchi bo’lib globusni yaratgan. 150 dan ortiq kitob va risolalar yozgan. 3-GURUH: Mirzo Ulug'bek 1394-yilda Sultoniya shahrida tug'ilgan,1449 yilda o’ldirilgan. U1ug'bek birinchi bo’lib yulduzlar jadvalini tuzgan. Matematika va falakiyot fanlari sohasida katta ilmiy meros qoldirgan. Darslik bilan ishlash 629-misol. Og'zaki bajariladi. 40 Bu shakllarda qanday umumiylik bor? 2-shakl boshqalardan nimasi bilan farqlanadi? Javob: 1, 3, 4 to'g'riburchak 2 to'g'ri burchak emas 630-masala. Rasmni ko’rib chiqamiz, masala tuzamiz. 1. A B 2. D C 3. E F AB=110sm DS= ? 20 sm kam EF= ? DS kesmadan 3 marta qisqa Hammasi - ? Yechish: 110-20=90 90:3=30 110+90+30=230 Javob: 230 sm Yil, oy, hafta, sutka nimaga bog’liq ekanini tushuntiraman. 1 yil = 12oyga 1oy= 28, 29, 30, 31 sutkaga 1 hafta = 7 kundan iborat 1 yilda 365, 366 sutka bor Taqvimni ko’rib chiqamiz va javob topamiz. 1. Yildagi hamma oylarni tartibi bilan; 2. Qish,bahor, yoz kuz oylar; 3. 30 kundan iborat oylarni. Ular nechta? 4. 31 kunli oylarni. Ular nechta? 41 5. Fevral necha kundan iborat bo’ladi? 6. Bir yil necha sutka bo’ladi? 631-misol.Taqvimga qarab javob beramiz. 1. Yildagi oylar sanog'i bo’yicha yanvar nechanchi o’rinda? May-chi? Dekabr-chi? 2. Sanoqda uchinchi bo’lib kelgan oy qanday ataladi? To’qqizinchi bo’lib? o’n birinchi bo’lib-chi? 3. Agar yil boshida 8 oy o’tgan bo'lsa, qaysi oy boshlangan? 10 oy o’tgan bo’lsa-chi? 4oy o’tgan bo’lsa-chi? 4. Agar iyun oyi boshlangan bo'lsa, yil boshidan boshlab necha oy o’tgan? Oktabr, dekabr boshlangan bo’lsa-chi? 5. Siz necha to’la yoshdasiz? Nechanchi yoshga ketyapsiz? 832-misol. Berilgan sanalarni rim raqamlari bilan yozamiz. l sentabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni. VIII mart Xalqaro xotin qizlar kuni. XXI mart Navro’z bayrami. 633-misol. a) 8 hafta necha kundan iborat? 1 hafta 7 kun. 8x7 = 56 Javob: 56 kun b) Sutkaning uchdan biri necha soat bo’ladi? 1 sutka = 24 soat 24:3=8 Javob: 8 soat d) Yarim soat necha minut boladi? 1 soat 60 minutga teng 60:2=30 Javob: 30 minutga teng. DAM OLISH DAQIQASI 42 So’ng o’quvchilarni guruhlar bo’yicha bo’lib boshqotirmani yechamiz. 1. So’z turkumi 2. Shoh va shoir 3. Og'irlik olchovi 4. Bilim manbayi 5. Vaqt o’lchov birligi 1. A.Navoiy tug’ilgan joy 2. Og’irlik o’lchovi 3. Ulug’bek yaratgan fan 4. Juft son 5. Gulsiz meva tugadigan meva 1. Uzunlik o’lchovi 2. So’z turkumi 3. Rizq-ro’zimiz 4. Yulduzlar fanini yaratgan olim 5. Kunning boshlanishi. G’olib o’quvchilarni rag'batlantiraman. Uyga vazifa: 635-636 -masala-misol.


XULOSA
Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli miqdorlarni ham o’rganish nazarda tutilgan ekan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Miqdor bu narsa yoki hodisaning biror xossasi bo’lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shu xossasi bilan taqqoslash va ulardan qaysi biri shu xossaga ko’proq darajada ega ekanligani aniqlash mumkin ekan. Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo’lib, o’quvchilarning maktabda butun o’qish davrida shakllantiriladi. Boshlang’ich maktabning vazifasi shundaki, u o’quvchilarda miqdorlarni o’rganishning intuitiv tushunarli usulini hosil qilishdir, buning natijasida bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o’lchash bilan bog’liq bo’lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo’lishi kerak ekan. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga uzunlik, sig’im, massa, yuz, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi. Birinchi bobda Boshlang’ich sinf o’quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishni nazariy asoslari,ya’ni miqdor tushunchasi, boshlang’ich sinf o’quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishda tarixiy materiallardan foydalanish bayon etilgan. Ikkinchi bobda boshlang’ich sinf o’quvchilarida vaqtga oid tasavvurlarni shakllantirish metodikasi,ya’ni vaqt o’lchovlarni o’rganish, boshlang’ich sinf o’quvchilariga vaqtga doir masalalar yechishga o’rgatish metodikasi bayon etilgan. . Uchinchi bobda boshlang’ich sinf o’quvchilarida vaqtga oid tasavvurlarni shakllantirish bo’yicha tajriba sinov ishlari tashkil etish metodikasini keltirib, vaqtga oid dars ishlanmalarini kelriramiz. Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darslarida vaqt o’lchovlarni o’rgatish puxta o’rgatish yuqori sinfga chiqqanda algebra, geometriya, fizika fanlarini o’qitishga tayanch bilim bo’ladi. Boshlang’ich sinfda asosiy katalliklarni o’rgatish biz boshlang’ich sinf o’qituvchilarining asosiy vazifamizdir.
Boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilar badiiy va ilmiyommabop kitoblarni mustaqil o’qiy va tanlay oladigan, ularning mazmunmohiyatini tushunadigan bo’lishlariga erishish lozim. Bu jarayonda o’quvchilarning faqat kitoblarninggina emas, balki gazeta va jurnallar mutolaasiga ham qiziquvchan faol kitobxon bo’lishlariga e’tibor qaratiladi.
Mavjud dasturlarda sinfdan tashqari o’qish davomida o’quvchilar egallashi zarur bo’lgan bolalar yozuvchilarining asarlarini tanlay bilish, mustaqil o’qigan kitoblarini, ulardagi qahramonlarning xattiharakatlarini baholash, asar sujetidagi muhim o’rinlarni ajrata olish, sinfdan tashqari o’qish kundaligi yuritish kabi ko’nikmalarni egallash beigilab berilgan.Sinfdan tashqari o’qish, o’z navbatida, qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, o’quvchilarning bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, kundalik hayotga faol munosabat uyg’otadi. Shuning uchun ham bu xildagi darslarning qurilishi ham xilmaxil bo’ladi.Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchilar o’qigan kitoblari hisobga olinadi, yangi kitoblar tavsiya etiladi. Mustaqil mutolaa qilingan asarlar yuzasidan o’tkaziladigan suhbatlarda asar mavzusi, janri, kompozitsion tuzilishi, sujet qurilishi, qahramonlar timsoliga oid tahlil elementlari o’qituvchi savollari asosida o’quvchilar ongiga singdirila boriladi.Sinfdan tashqari o’qish darslarida ham kirish va yakuniy suhbatlar o’tkaziladi.
Darslar rejasi butun o’quv yili uchun oldindan tuzilishi lozim.Sinfdan tashqari o’qishning asosiy vazifasi bolalarni mustaqil amaliy faoliyatga o’rgatish, bilimini boyitish va o’qish ko’nikmalarini takomillashtirishdir. o’quvchilarga sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qishlari zaair bo’lgan kitoblar, ular bilan tanishish tartibi yuzasidan ko’rsatmalar beriladi. Maktab kutubxonasi bilan birgalikda kitqb ko’rgazmalari tashkil etiladi. Bu jarayonda kitob muqovasi, tituli, betlarini farqlay olish, asar muallifi, nomlarini, rassomlarni tanibbilib olish, rasm asosida asarlarning nima haqida ekanini, mazmunini aniqlashga erishish muhim ahamiyatga ega.
Vaqt maxsus davlat tashkilotida, vaqt xizmati tomonidan aniq o‘lchab turiladi. Vaqt eng sezgir astronomik asboblar yordamida osmon yoritgichlari (yulduzlar va Quyosh)ga qarab tekshirib turiladi.

Yüklə 76,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin