I bob 4-sinf o’quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishni nazariy asoslari



Yüklə 76,07 Kb.
səhifə7/9
tarix11.10.2023
ölçüsü76,07 Kb.
#153778
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Vaqt o\'lchovlarini ayrim mavzular misolida o\'rganish

Vaqt Birliklari Soat. Minut Yangi material ustida ishlash 1. Siz sinfda 1 minutli qum soatni olib kelsangiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu soat ichidagi qum bir idishdan ikkinchi idishga 1 minutda tushishini tushuntirasiz. Shu bir minut ichida sukunat (tinchlik) saqlashni (minutni his etishni) taklif qiling. Qum soat bo’lmagan taqdirda sekundlarda yoki oddiy soatda vaqtni belgilaysiz va o’quvchilardan biriga 21 sonidan boshlab asta-sekin sanashni aytasiz. Minutning o’tishi bilan o’quvchi nechta sonni aytib ulgurganini aniqlaysiz. Bu ishni boshqa o’quvchi ham takrorlashi mumkin, keyin o’zingiz 1 minutda 60 gacha qanday sanashni ko’rsatasiz (1 minut = 60 sekund, shuning uchun 60 gacha sanash mumkin). Sekundomer yoki oddiy soatdan foydalanib, 1 minut sukunat saqlash foydali. Keyin 60 ta shunday minut 1 soat ekanligi aytiladi. 1 soat = 60 minut. 2. Bolalarga millari harakatlanadigan soat siferblatini ko’rsatasiz (namoyish etiladigan model) va undan foydalanib, yangi mavzuni tushuntirasiz. O’tilgan material ustida ishlash 1. 1) Doskada bunday yozuv bor: 12 sm :3 12sm+3sm 12sm — 3sm 2 dm+ 3 sm 1 dm — 3 sm 2 dm — 3 sm O’quvchilar bu misollarni o’qituvchining ko’magida og’zaki yechadilar. 2) 444- masalani o’qib, yechimni qarab chiqib, o’quvchilar ikkitadan ortiq qo’shiluvchini ustun shaklida yozish va qo’shish mumkinligiga ishonch hosil qiladilar. 2. Masalalar yechish. 1) 442 (1, 2)- masala yechimini doskaga va daftarlarga yozgan ma'qul. 2) Doskaga masala yozilgan: 35 Maktab oshxonasida tushlikka qadar 5 ta uch litrli bankada sharbat sotildi, tushlikdan keyin esa shunday bankalardan 12 tasi sotildi. Bir kunda hammasi bo’lib necha litr sharbat sotilgan? Masala o’qituvchining rahbarligida yechiladi. Bitta bonkada Bankalar soni Hammasi I – 3 l II – 3 l 5 ta 12 ta ? ? ? Masalaning yechilish rejasini tuzing. Tushgacha necha litr sharbat sotilgan? Tushdan keyin necha litr sharbat sotilgan? Bir kunda hammasi bo’lib necha litr sharbat sotilgan? Masala yechimini ifoda bilan yozing: 3-(5+12)= . [21] 66- dars. O’tilgan materialni mustahkamlash O’tilgan material ustida ishlash 1. 448—450- mashqlar og’zaki bajariladi. 2. Masalalar yechish. 1) O’quvchilar 451-masalani o’qiydilar va nima uchun uch qo’shiluvchi ustun shaklida yozilganini tushuntiradilar. 2) 453- masala. Masalani o’qib, og’zaki yechish murrikm. Buvisi onasidan (60—32)=28 yosh katta. Onasi Hiloladan (32—8)=24 yosh katta. Hilola onasidan (32:8)= 4 marta yosh. 3) Doskada bunday yozuv bor: ,,Ifodaga ko’ra masala tuzing 24:6*7.” O’quvchilar ifodani diqqat bilan qarab chiqib bo’lganlaridan so'ng ulardan masalada qanday kattaliklardan foydalanishni so’rash kerak (masalan: 1 ta buyumga sarflangan gazlama, buyumlar soni, hammasi bo’lib sarflangan gazlama). Masala yechimida qanday amal birinchi bajariladi? (24:6.) Biz bu amal bilan nimani bilib olamiz? (1 ta buyumga qancha gazlama sarflanganini.).

Yüklə 76,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin