I bob 4-sinf o’quvchilarining vaqtga oid tasavvurlarini shakllantirishni nazariy asoslari


II BOB. BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ASOSIY KATTALIKLARNI O’RGANISH METODIKASI



Yüklə 76,07 Kb.
səhifə5/9
tarix11.10.2023
ölçüsü76,07 Kb.
#153778
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Vaqt o\'lchovlarini ayrim mavzular misolida o\'rganish

II BOB. BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ASOSIY KATTALIKLARNI O’RGANISH METODIKASI
2.1. Vaqt o’lchovlarni o’rganish.
Vaqt falsafiy kategoriya, vaqt materiyaning yashash shaklidir, shu sababli unga ta’rif berishning iloji yo’q. Vaqt tushunchasi odamning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi. Mavzuni o’rganishning asosiy vazifasi bolalarni vaqt birliklari va ularning munosabatlari bilan tanishtirish, vaqtni soat bo’yicha aniqlashga o’rgatishdir. Vaqt bu hodisalarning davomiy ekanligi haqida dastlabki tasavvurlarni bolalar kun, hafta kabi birliklar bilan tanishib hosil qiladilar. Har kuni maktabga borish kerak. Biror vaqtdan so’ng hodisa takrorlanadi. Kun o’tdi, tugadi. Bir necha kundan so’ng mashg’ulotlardan ozod bo’linadigan kun keladi — bir hafta o’tdi. Birinchi sinfda tayyorgarlik davrida «oldin», «keyin» (ilgari) tushunchalari kiritiladi. Bu tushunchalarni mus-tahkamlash uchun o’qituvchi darslikdagi rasmlarga o’xshash vaqt haqidagi tasavvurlarni ochib beradigan bir necha rasmlar tizimiga ega bo’lishi kerak. Masalan, 6 ta rasmdan iborat dalada qish; traktorlar dalaga chiqqan — shudgor qilinmoqda; dalada g’o’zalar unib chiqqan; ochilgan paxtazor dalasi; paxta maydonida kombaynlar; paxta xirmonlari.
O’qituvchi avval paxtaning respublikamiz uchun ahamiyati haqida qisqa suhbat o’tkazadi, bolalar bilan paxtaning qanday yetishtirilishini aniqlaydi, keyin esa rasmlar bo’yicha «oldin», «keyin» tushunchalari mustahkamlanadi. Buning uchun bolalar rasmlarni 12 tomosha qiladilar. O’qituvchi savollar beradi: «Oldin nima ish qilishadi: maydonni shudgor qilishadimi yoki chigit ekishadimi?» va hokazo. «Rasmlarni qilinadigan yumushlar bo’yicha joylashtiring». Bu ish uchun o’qituvchi tuzadigan syujetlar unchalik murakkab bo’lmasligi lozim. 3—4 ta ishdan iborat bo’lishi lozim. Masalan, «ko’chani qanday kesib o’tish kerak», «darslarga qanday tayyorlanish kerak» va hokazo. Birinchi sinfda sutkaning qismlari: tong, kunduz, kechqurun, tun tushunchalari, «bugun», «kecha», «Yertaga» tushunchalari shakllantiriladi. O’quv yili davomida bolalar hafta kunlari nomlarini, oylar tartibini bilib oladilar. Shu sababli ko’rsatma-qo’llanma sifatida sinfda yirtma taqvimga ega bo’lish yoki namoyish etiladigan taqvim yasab olish foydalidir. Navbatdagi o’quvchi har bir o’tgan kunni belgilab boradi. Aprel 20 Juma Bolalarning tajribasida ko’p uchrab turadigan vaqt oraliqlarini taqqoslash vaqt bu miqdor ekanligi haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Masalan, qaysi biri ko’p vaqtni oladi: maktabga kelishmi yoki maktabdagi mashg’ulotlarni, darsni yoki tanaffusni, o’quv choragini yoki ta’tilni; qaysi biri kam vaqtni oladi: o’quvchining maktabdagi mashg’ulotini yoki ota-onasining ish kunini.
Vaqt bo’yicha «uzoqroq», «qisqaroq» so’zlari kiritiladi. Odamlarni yoshi bo’yicha taqqoslab, bolalar yoshi katta, yoshi kichik, yoshlari teng tushunchalarini egallaydilar. Birinchi sinfdayoq bolalar vaqtni soat aniqligida aniqlashni o’rganib oladilar. Ikkinchi sinfda vaqt o’lchovlaridan: sutka, soat, minut, oy, yil o’rganiladi. «Vaqt o’lchovlari» mavzusi bo’yicha darslarda o’quvchilarga odamlar turmushida vaqtning ahamiyatini tushuntirib berish, vaqt o’lchovlarining paydo bo’lishini bolalar o’zlashtira oladigan darajada tushuntirish o’quvchilarning vaqt 13 o’lchovlari orasidagi munosa-batlarni qanchalik bilishlarini aniqlash lozim. Suhbatdan parcha keltiramiz: «Odamning butun hayoti vaqt ichida o’tadi. Inson uchun vaqtni o’lchash, taqsimlash va qadrlash muhimdir. Vaqt uzluksiz o’tadi, uni to’xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. Har bir ish o’z davomiyligiga ega. Mana bizning darsimiz: u boshi va oxiriga ega. Bugungi kun-chi? Uning ham boshi va oxiri bor. Hodisalarning davomiyligi haqida so’zlaganda, biz vaqtni nazarda tutamiz. Taqqoslash mumkin bo’lgan hamma narsa miqdor bilan tavsiflanadi. Vaqt bu miqdordir. Har bir odam uchun o’z hayot vaqti o’lchab berilgan. Hayotda esa ko’l narsa qilishga ulgurish kerak. Shuning uchun biz vaqtni o’lchashni bilishimiz lozim. Vaqtni qanday o’lchash kerak? Axir uni 1 m chizg’ich kabi yoki 1 kg lik tosh kabi qo’lda ushlab bo’lmaydi-ku. Biroq odam kuzatuvchan. Odamlar juda qadim-qadimda bir quyosh chiqishidan navbatdagi quyosh chiqishigacha bir xil vaqt o’tishini payqaganlar.
Teng vaqt oraliqlarida takrorlanadigan hodisalar vaqt o’lchovlari bo’lib xizmat qilishi mumkin. Quyosh nega chiqishi va botishini bilasiz, chunki Yer o’z o’qi atrofida aylanadi.Yerning o’z o’qi atrofida to’liq aylanish vaqti sutka deb ataladi. Sutka — bu katta vaqt oralig’i. Bir sutka davomida odam ko’p narsa qilishga ulguradi. Mana, Siz bolalar uxlashga, maktabga kelishga, shug’ullanishga ulgurasiz. Biroq hamma ham darsning boshlanishiga kechikmasdan kelishi uchun nima qilish kerak? Yana ham kichik vaqt o’lchovi kerak. Mana u. Soat. Shesternyalar va prujinalardan iborat bu murakkab mexanizm millarni doira bo’ylab aylanishga majbur qiladi. Mana bu uzun mil bir sutkada doirani 24 marta aylanib o’tadi. Katta mil bir aylanishi uchun ketgan vaqt bir soat deb ataladi (kartochka qo’yiladi). Soat. Katta mil sanoq bo’yicha nechanchi marta aylanayotganini bilish uchun, ya’ni soat nechaligini bilish uchun u bilan kichik mil begilangan va u soat mili deb ataladi. Sonlar yozilgan doira siferblat deb ataladi. Butun doira 12 ta teng bo’lakka bo’lingan va har bir bo’lak yoniga tartib bilan sonlar yozilgan. Har bir soatning boshlanishini katta mil 12 sonida turganida ko’rsatadi, sanoq bo’yicha 14 soat nechaligini qisqa soat mili ko’rsatadi. Soatlar modeli bo’yicha vaqtni aytamiz. (O’qituvchi vaqtni aytishni o’rgatadi.)
Bir soat — bu ko’pmi yoki kammi? Bizning darsimiz tanaffus bilan birga deyarli 1 soat davom etadi. Agar darsda topshiriqlarni bajarish vaqtiga qat’iy rioya qilinsa, juda ko’p bilim olish mumkin. Shu sababli soatni kichikroq o’lchovlarga bo’lish kerak. Buning uchun doirani 60 ta teng bo’limga bo’lishgan. Katta mil bu bitta bo’limni bosib o’tishi uchun ketgan vaqt minut deb ataladi. Bir aylanishda minut mili 60 bo’limni bosib o’tadi. Demak, 1 soat — 60 minut. Soat nima? (Vaqtni o’lchash uchun asbob.) Soat qanday qiSmlardan tashkil topgan? (Kichik mil soat mili, katta mil — minut mili, millarni harakatlantiradigan mexanizm siferblat.) Soat qanlay o’lchovlarni sanaydi? (Soatlar va minutlarni.) Sutka soat va minut millari birgalikda 12 da turganda boshlanadi. Bu tunda sodir bo’ladi, yarim tun kirdi deb aytishadi. Minut mili 12 marta aylanganida, ya’ni 12 soat o’tganda soat mili esa to’la aylanib chiqqanida millar yana ustma-ust tushadi, tush vaqti bo’ladi. 12 soatdan keyin yana yarim tun bo’ladi. Yarim tundan navbatdagi ,yarim tungacha 24 soat o’tadi. 1 sutka=24 soat, 1 soat=60 minut Soatlar barchada bir xil vaqtni ko’rsatyb ishlaydigan bo’lishi kerak. Shu sababli odamlar ma’lum vaqtlarda soatlarini to’g’rilab turadilar.
Respublikamizda bosh soat bor. Bu Toshkent kurantidagi soatlardir. Ular 1947 yili fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g’alaba sharafiga hozirgi Amir Temur hiyobonida qurilgan. Shu sababli bu soatlarda yodgorlik taxtasi o’rnatilib, ularda urush qahramonlari respublikamizning jasur o’g’lonlari familiyalari zikr etilgan. 15 Toshkent kurantlari juda aniq yuradi. Ular faqat bir marta, 1966 yil 26 aprelda, dahshatli yer qimirlashi vaqtida to’xtashgan. Bu qachon bo’lganligini odamlar shundan bilib olishdi. Siz bilan biz esa mana bu asbob bo’yicha yashaymiz va uni budilnik deb ataymiz. Bu soatni nima uchun shunday atashadi? Ularni esa har kun televizorda ko’radigan elektron soatlar bo’yicha to’g’rilaymiz. «Minut» tushunchasini bolalar amaliy mashg’ulotlarda anglab yetadilar. «Bolalar, 1 minut — bu ko’pmi yoki kammi? Siz to’g’ri o’tiring, qimirlamang, men vaqtni belgilayman va siz shunday 1 minut o’tirasiz. (O’quvchilar 1 minut tugagandan yengil tortadilar, tinch o’tirish juda qiyinda.) Demak, 1 minut — bu juda uzoq vaqt. Endi Siz doskada misollarni ko’rib turibsiz, ular oson, qani kim 1 minutda ko’p misol yecharkin? 9+8, 7+6, 8+7, 4+9, 8+4, 7+5. Demak, 1 minut kichik vaqtmi? Minutlar qanchalik tez o’tayotganiga qarang. Ularni behuda sarf etmang, ularni bilimlar va xayrli ishlar bilan boyiting. Vaqtni soat bo’yicha aniqlash an’anaviy bo’lib, ushbu reja bo’yicha amalga oshiriladi. 1. Butun soatlarda mos vaqtni o’qish va siferblat bo’yicha vaqtni belgilash. 2. Takrorlash. Qaysi mil minutlarni sanaydi? Siferblatning qaysi bo’limi minutga mos keladi? (60 bo’lakka bo’linmasi). 3. Minut mili 12 dan 1 ga, 1 dan 2 ga, 5 dan 6 ga ko’chganda necha minut o’tadi? (5 min.) Xulosa: har bir katta bo’lim—siferblatning sonlari orasidagi bo’lim 5 minutga teng. Siferblat yordamida suhbat o’tkaziladi: «bolalar, agar minut mili 12 ni, ya’ni 00 minutni ko’rsatsa, u holda soat mili ko’rsatadigan sonni aytamiz: hozir soat ikki, hozir soat sakkiz. Soat necha (O’qituvchi soat milini 4, 6» 8, 9 ga ko’chiradi)? 16 Agar minut mili 6 sonini (30 minutni) ko’rsatsa, u holda «yarim» so’zini ishlatamiz: hozir soat besh yarim, hozir soat o’n ikki yarim. Soat necha? (O’qituvchi ko’rsatadi, bolalar esa vaqtni o’qiydilar 730, 1130, 1030 va hokazo). Agar katta mil siferblatning chap yarmida bo’lsa, u holda «srat» so’zidan so’ng to’la soatgacha yetmaydigan minutlar sonini ko’rsatadigan son aytiladi va «kam» so’zi shundan keyin qaysi to’la soa.zta yaqinlashayotganini ko’rsatadigan son aytiladi: hozir soat o’n minuti kam sakkiz, hozir soat yigirma minuti kam to’rt. 15 sonini «chorak» so’zi bilay almshptirish mumkin. Hozir soat o’n besh minuti (chorak) kam yetti. Agar katta mil siferblatning o’ng yarmida bo’lsa u holda «soat» so’zidan keyin son, keyin esa minutlar miqdorini ko’rsatadigan son aytiladi:
Hozir soat uchdan o’n ikki minut o’tdi, hozir soat beshdan chorak o’tdi. Keyin bolalar vaqtni turlicha o’qiydilar: soat 4- u 30 minut, soat 4- u 15 minut, soat 4- u 45 minut, soat 4- u 20 minut, soat 4- u 25 minut, soat 4- u 55 minut. Navbatdagi darslarda bolalarga «vaqtni his qilishga», unda yo’nalish olishga yordam beradigan topshiriqlarni berib borish lozim. Buning uchun bolalarga uylarida bunday hisob-kitob qilishlarini taklif etish mumkin: ular kiyinish, yuvinish; o’rinlarini sarishtalash uchun qancha vaqt sarf etadilar, maktabga kelishlari, do’konga borishlari uchun qancha vaqt kerak, uy vazifalarni bajarish uchun qancha vaqt sarf qiladilar. Bolalar o’z yozganlarini maktabga olib keladilar. Bu narsa kun tartibi haqida bolatar bilan qiziqarli suhbat uchun asos bo’la oladi. Bolalar o’qituvchi bilan birgalikda bu ishlarning qaysi birini tezroq qilish mumkinligini va bir necha minut tejash mumkinligini aniqlaydilar. Pirovardida o’qituvchi minutning qadri haqida suhbat o’tkazadi, bolalarning xotirasini rivojlantiradigan o’yin o’tkazadi. Mana minutning qadri haqida suhbatning namunasi: Minutning qadri. Minut shunday tez o’tib ketadiki, uni hatto sezmay ham qolasan. Bu muddatda nima ish ham qila olishga ulgurish mumkin? Biroq, agar harakat qilsa, bir minutda ham ko’p ish qilish mumkin ekan. Bolalarga bunday musobaqa o’tkazishni taklif eting — kim bir minutda ko’proq ish bajaradi: bitta harfning o’zini ketma-ket chiroyli qilib yoki raqamlarni 17 birdan boshlab yozadi, katakli qog’oz varag’ida krestchalar va nollarni almashtirib yozadi, ipga tugmalar tizadi, 10 sm uzunlikdagi ip bo’laklarini ulaydi (kimdagi ip uzunligi taqqoslanadi). Musobaqa natijalarini keyin e’lon qilish kerak. Bir oz vaqtdan so’ng musobaqani takrorlash maqbuldir. Bolalar keyingi galda yaxshi natijalarga Yerishishlari uchun ularga oldindan mashq qilib tayyorgarlik ko’rishlarini taklif etish mumkin. — Siz bilan biz,— deydi o’qituvchi, kim bir minutda sodda mashqlarni eng ko’p bajara olishini tekshirib ko’rdik. Yillar o’tadi va Sizlarning ko’pchiligingiz o’yinda emas, balki ish joyingizda, zavodda fabrikada bir minutda eng ko’p mahsulot chiqarishga harakat qilasiz. Demak, bolalar, minutni qadrlashga (vaqtni ham) o’rganing. Xalqimizda «daqiqa soatlarni tejaydi» degan naql bor, minutlardan esa o’zingiz galasiz, soatlar, kunlar, haftalar paydo bo’ladi. Keling, bolalar mana bunday o’yin o’ynaymiz: «Besh minutda ko’p narsani xotirlab qolish mumkinmi? Agar diqqat qilinsa va juda harakat qilinsa, ko’p narsani o’zlashtarish mumkin ekan. Hozir bunga o’zingiz ham ishonch hosil qilasiz»,— deydi o’qituvchi va turli ma’lumotlar yoki sarguzashtlarni o’z ichiga olgan bolalarga kichik hikoyani o’qib beradi (besh minut davom etadi.) Shundan keyin u bolalardan biriga nimani eslab qolganligini aytib berishni taklif etishi mumkin. Qolganlar esa diqqat bilan tinglaydilar va to’ldiradilar. Boshqalar e’tibor qilmagan yoki xotirlab qolmagan narsalarni eng oxirida aytab bergan bola g’olib hisoblanadi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda yoki tanaffuslarda vaqtni his qilishni rivojlantiruvchi o’yinlarni taklif etish foydalidir.
1. Sekundlarni baland ovoz bilan sanab, har sanoqda qo’lingizni yuqoriga ko’taring. Keyin xoxlagan o’quvchilar navbat bo’yicha shu ishni bajarishsin. Maromidan adashib ketgan bolalarni to’g’rilab turing. Keyin sekundlarni jamoa bo’lib sanang. Yorug’lik tablosida vaqt ko’rinib turadigan soatlardan yoki metronomdan foydalanilsa, ish yaxshi samara beradi.
2. Bolalarga eslating: oltmish sekund bir minutga teng. Har bir o’quvchi Sizning ishorangiz bo’yicha to’liq sukunatda o’z ichida sanay boshlasin va 1 minut o’tgandan so’ng qo’lini ko’tarsin. Ishni yakunlang — kim vaqtida ko’tardi, kim ilgari, kim esa keyin qoldi.
3. Bolalar bo’ylariga qarab safga tizilishlarini taklif eting. Bu ishni ular qancha vaqtda bajarishlarini soatga qarab kuzatib turing. Safga bundan ham tezroq tizulish mumkinligini va zarurligini tushuntiring. Bolalar tarqalishsin va sizning buyrug’ingiz bo’yicha yana safga tizilishsin. Bolalar bilan birgalikda bu ishga kerak bo’ladigan eng kam vaqtni aniqlang.
4. Bolalarni safga tizing va ular ishora bo’yicha tarqalishlarini, biroq rosa uch minutdan so’ng har bir bola o’z o’rniga qaytishi lozimligini e’lon qiling. Yakunlang: kim oldin, kim o’z vaqtida keldi, kim chiqdi.
Uchinchi sinfda juda katta o’lchovlar: asr, davr va kichik o’lchov — sekund o’rganiladi. Yilni tasavvur etish uchun ushbu grafik ish taklif etiladi: 10 sm uzunlikdagi kesma chiziladi. Uni teng 10 bo’lakka bo’linadi. Bir bo’lim 10 yilga mos bo’lsin. Butun kesma necha yilga mos keladi? (100 yil=1 asr.) Shunday qilib, biz asr kesmasini chizdi. Unda 5 sm ga teng kesma qo’ying. Asr kesmasiga turli tarixiy sanalar bo’yicha misollar tuzish mumkin. 10 yil — bu Sizning yoshingizga mos kesma. Asr haqidagi tushuncha eng murakkabdir: bola fikran bu ulkan vaqt oralig’ini qamrab olishi qiyin. Asr haqidagi tushuncha sekin-asta, asosan turli tarixiy voqealar bilan tanishish jarayonida rivojlanadi. «Vaqt kesmasi» dan foydalanib, uchinchi sinf o’quvchilari u yoki bu voqea qaysi asrda sodir bo’lganligini, biz qaysi asrda yashayotganimizni, 21 asr qaysi yili boshlanishini aniqlaydilar va hokazo. 19 O’zining qisqaligi tufayli, «sekund» sekin-asta o’zlashtiriladi. Sekundni qo’lda «tutib» olish mumkin: «kaftlaringizni yaqinlashtirib ochib, lablaringiz yaqinida tuting, men bilan birga yigirma uch deng. Bir sekund o’tdi». Sekundning davomiyligini metronom yordamida ko’rsatish mumkin yoki 25 sm li ipga osib, mayatnik yasab oling. Uning bitta to’la tebranishini namoyish eting, bir sekund o’tdi. O’quvchilarni vaqt o’lchovlari bilan tanishtirilganidan so’ng o’lchovlar tizimiga solinadi, vaqt o’lchovlari jadvali tuziladi. Vaqt o’lchovlarini o’rganish jarayonida o’qituvchi tarbiyaviy suhbatlar o’tkazish imkoniyatiga ega. Bu odam o’tmishda vaqtni qanday o’lchaganligi haqida, dastlabki taqvimlar haqida yoki soatlar haqida va hokazolar bo’lishi mumkin.


Yüklə 76,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin