Mahalliy vaqt. Yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa qarab bir kecha-kunduzda bir marta aylanib chiqadi. Globusda bosh meridiandan boshlab har 15° dan meridianlar o‘tkazilsa, har bir meridian qo‘shni meridiandan bir soat farq qiladi. Bosh meridianda tush payti bo‘lganda, 180° meridianda yarim kecha, bosh meridiandan sharqdagi 90° uzunlikda kechqurun, g‘arbdagi 90° uzunlikda ertalab bo‘ladi. Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha bitta meridianda joylashgan nuqtalarda vaqt bir xil bo‘ladi, ya’ni bitta meridianning hamma joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt mahalliy vaqt deb ataladi. Ammo turli uzunliklarda joylashgan nuqtalar vaqti bir-biridan farq qiladi, bu esa xo‘jalik yuritishda noqulaylik keltirib chiqaradi. Shuning uchun soat mintaqalarining vaqt hisobi joriy qilingan.
Mintaqa vaqti. Xalqaro kelishuvga ko‘ra, Yer yuzasi shartli ravishda 24 soat mintaqasiga bo‘lingan (360° : 24 = 15°). Mintaqaning hamma joyida shu mintaqaning o‘rta qismidan o‘tgan meridianning mahalliy vaqti qabul qilingan. Bir soat mintaqasidagi vaqt mintaqa vaqti deb ataladi. O‘rtasidan bosh meridian o‘tadigan soat mintaqasi nolinchi (yigirma to‘rtinchi) mintaqa deb qabul qilingan. Mintaqalar hisobi ana shu meridiandan boshlanadi. Nolinchi mintaqadan sharqda 7°30′ shq. u. bilan 22°30′ shq. u. dagi meridianlar orasi birinchi mintaqa, 22°30′ va 37°30′ uzunlikdagi meridianlar orasi ikkinchi mintaqa bo‘ladi va h.k.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi qonun” // Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997, 20-29 bet.
2. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” gi qonun // Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997, 31-61 bet.
3. Barkamol avlod orzusi- Toshkent.: 1999, 205- b.
4.Abdullayeva B.S., N.A.Xamedova M. Xusanovalarning “Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi” (Toshkent 2010, 135 bet ) uslubiy qo’llanma
5.Abdullayeva B.S.,.O’rinboyeva L.O’,Muhitdinova Sh.S, Ishankulova L.T.. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga geometrik materiallarni o’rgatish metodikasi Pedagogika oliy ta’lim muassalarining 5141600- «bоshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish» bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun mo’ljallangan o’quv-metodik qo’llanma – Т.: OOO «Jahon - Print», 2011. – 90 bet.
6. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo’latova M.I., Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish Pedagogika oliy ta’lim muassalarining 5141600-«Bоshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish» bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun mo’ljallangan o’quv-metodik qo’llanma – Т.: OOO «Jahon - Print», 2011. – 148 bet.
7.Abdullayeva B.S., Xo’jamurodova Z., Umarova M., “Matematika va ona tili fanlari aloqadorligi” “Umumiy o’rta va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi jarayonida fanlararo uzviylikni ta’minlash”mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari T.N. Qori Niyoziy 46 nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent 2009 y, 20-21 noyabr, 241-243 betlar).
8.Azizxodjayeva N.H “Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat”- Toshkent.: TDPU, 2003, 174 bet.
9.Axmedov M va boshqalar Matematika 1, Toshkent.: O’zinkomsentr, 2003, 160-bet.
10.Axmedov M va boshqalar 1-sinfda matematika darslari – Toshkent.: O’zinkomsentr, 2003, 96-bet.
11.Ahmedov M., Ibragimov P., Abdurahmonova N., Jumayev M. E. “Birinchi sinf matematika darsligi.” – T.: ”Sharq”, 160-bet.
12.A’zamov A. ”Yosh matematika qomusiy lug’at”- Toshkent.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991, 478 bet.
13.Bikbayeva N.U va boshqalar ”Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi ”- Toshkent.: O’qituvchi, 2007, 208 bet.
13.Bikbayeva N.U va boshqalar Matematika 2 – Toshkent.: O’qituvchi, 2010, 208 bet. 14.Bikbayeva N.U va boshqalar Matematika 3 – Toshkent.: O’qituvchi, 2010, 206 bet. 15.Boltayev J, Qodirov A ”Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar ” Toshkent, 2002, 52 bet.
16.Bikbayeva N.U, Yangabayeva E, K.Girfanova ”Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini boshlang’ich matematik ta’limning Davlat ta’lim standartlari asosida o’qitish” Toshkent.: – 2008, ”Turon - Iqbol”, 8 bet.
1 Birinchi prezidentimiz Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch – Toshkent.: 2008. 4. Karimov I.A. “Yuksak malakali mutaxasislar - taraqiyot omili ”- Toshkent.: O’zbekiston, 1995-24 bet 45