I bob. Adabiyotlar tahlili


-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni shakillantirish metodikasi sifatlarini tarbiyalash va nazorat qilish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə24/30
tarix22.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#119299
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Нодир диплом иш 22

3.4. 15-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni shakillantirish metodikasi sifatlarini tarbiyalash va nazorat qilish.
Portlash kuchini va mushaklarni ta’sirchanlik qobiliyatini rivojlantirish.
Portlash kuch – insonning eng qisqa fursatda eng katta kuchni namoyon qilish qobiliyati. Mushaklarning ta’sirchanlik qobiliyati – asab mushak apparatining (AMA) o’ziga xos xususiyati, mushaklarning shiddatli mexanik cho’zilishidan so’ng keskin namoyon bo’ladigan kuchli xarakat urinishi.
Portlash kuchi inson xarakatlarida mushaklarning izometrik va dinamik ish tartiblarida namoyon bo’ladi. Dinamik tartibda, odatda turli kattaliklardagi tashqi qarshiliklarni yengishga to’g’ri keladi. Vaqt bo’yicha portlash urinishining namoyon bo’lish ta’siri tashqi sharoitlarga, maksimal kuchni rivojlanganlik darajasiga bog’liq bo’ladi va ishlayotgan mushaklarning boshlang’ich start kuchining (Q) ni namoyon bo’lishi bilan ifodalanadi.
Xar qanday sharoitdagi portlash urinishlarida inson start kuchini imkon qadar to’la ishlatishga xarakat qiladi. Tezlanish kuchining (G) namoyon bo’lish xususiyati tashqi qarshilikni kattaligiga xamda avval takidlanganidek ishlayotgan mushaklarni maksimal kuchiga bog’liq.
Zamonaviy ilmiy natijalar, start kuchining rivojlanishi mushaklar kuchi namoyon bo’lishining tezlanuvchi va maksimal yo’llariga nisbatan qiyin kechadi. Og’irliklar bilan va sakrash mashqlari takror – seriyali usulda bajariladi, ularning eng ko’p tarqalganlari quyida keltirilgan.
1. Vazn 60-80 % mashqlar reversiv tartibda, ya’ni mushaklarning yon beruvchi tartibidan yengib o’tuvchi tartibiga o’tish bilan bajariladi. Og’irlikni balandlikning 1-3 qismiga qadar ko’tarib, keskin tushirish kerak va o’sha zaxoti ko’taruvchi yengib o’tuvchi tartibga o’tishi lozim. YOndoshuvda 3-5 takrorlashda bajariladi. Seriya 2-3 yondoshuvdan iborat, oraliqda 4-6 daqiqa tanaffus. Mashg’ulot 7-8 daqiqa tanaffusli 2-4 seriyadan iborat.
2. Vazn maksimaldan 60 - 80 % yondashuvda maksimal tezlikda 4-6 takrorlash bajariladi. Takrorlashlar orasida mushaklarni bo’shashtirish lozim. Takrorlashlar sur’ati o’rtacha xar bir seriyada 2-4 yondashuv oraliqda 4-6 daqiqa. Tanaffus mashg’ulotda 2-4 seriya oraliqlarda 6-8 daqiqa tanaffus.
3. Mushaklar – oyoqlarni rostlovchilar uchun mashg’ulot. yelkada og’irlik bilan balandlikdan sakrab tushish. Vazn 30-60 % oraliqda bo’lishi mumkin. har bir sakrab tushish. Vazn 30-60 % oraliqda bo’lishi mumkin. har bir sakrab tushish amortizatsiyali o’tirishdan so’ng, yon beruvchi tartibda darxol yengib o’tuvchiga o’tish bilan bajariladi. YOndashuvda 4-6 marta sakraladi. Xar bir seriyada 2-3 mashq bo’lib oraliqda 6-8 daqiqa faol xordiq.
4. Oyoq mushaklarining portlash kuchini rivojlantirish uchun sakrash mashqlari. Mashqlar maksimal og’irliklar bilan bir va ko’p marta sakrash orqali bajariladi. Bir martalik sakrashlarni joyida o’tkazish mumkin. Bir seriyada 4-6 marta sakraladi. Seriyalar orasida kuch qayta tiklangunga qadar tanaffus qilinadi. Mashg’ulot davomida 3-5 seriya bajariladi.
Ko’p martalik sakrashlar 4 martadan 10-12 martagacha bir oyoqda bajariladi. YOndoshuvda 3-4 marta sakraladi, seriyada 2-3 yondoshuv mavjud, tanaffuslar 3-4 daqiqa. Seriyalar miqdori qattiq charchash alomatlari paydo bo’lgunigacha. Portlash kuchini va mushaklarning ta’sirchanlik qobilyatini rivojlantirishda “jadal” usul aloxida ajralib turadi. U pastga tushayotgan og’irlikning kinetik energiyasidan foydalanishga mo’ljallangan. Balandlikda sakrab “qo’nayotganda” amortizatsiya vaqtida mushaklarning yuk energiyasini yutish jarayoni yuz beradi.
SHunday qilib, mushaklarda ortiqcha potensial kuchlanish xosil bo’lib, darxol mushaklarda faol xolatga o’tishiga sabab bo’ladi. “jadal ” usul “amortizatsion” kuchni rivojlantirishda ham qo’llaniladi. Mazkur usul chuqurlikka sakrash mashqlarni bajarishda ko’p qo’llaniladi ularning eng ko’p tarqalgan yo’llari quydagilar.

  1. Dastlabki xolat – yelkalarda shtanga bilan turish. YArim o’tirgan xoldan portlab turish.

  2. Dastlabki xolat – og’irlikli qo’llarni balandga ko’tarib ushlab turish. YArim o’tirgan xoldaportlab turish.

  3. Dastlabki xolat – balandlik chetida turish chuqurlikka sakrab darxol gimnastik xolatni qayt etish. Xuddi shu yo’l bilan belga og’irliklarni bog’lab bajarish.

  4. Dastlabki xolat – balandlik chetida turish chuqurlikka sakrab darxol qayta yuqoriga sakrash.

  5. Dastlabki xolat – balandlik chetida turib og’irlik bilan chuqurlikka sakrab darxol qayta yuqoriga sakrash.

  6. Dastlabki xolat - balandlik chetida turib chuqurlikka sakrab darxol qayta yuqoriga jadal sakrash va to’siqdan sakrab o’tish.

  7. Dastlabki xolat - balandlik chetida turib chuqurlikka sakrab darxol qayta yuqoriga sakrashlarning seriyasi.

Tezkorlik kuchni rivojlantirish. Tezkor kuchi nisbatan katta bo’lmagan tashqi qarshiliklardan qarshi tezkor xarakatlar sharoitida namoyon bo’ladi va AMA ning mushaklarni start va tezlanuvchi kuchini belgilovchi xususiyatlari bilan ta’minlanadi.
Tezkor–kuchni rivojlantirish uchun dinamik kuchlanish usulidan foydalaniladi. Bu usul mashg’ulot mashqlarini maksimal tezlikda nisbatan katta bo’lmagan – 30 % gacha og’irlik bilan bajarishga asoslangan. Bunday usul tezkor–kuch qobiliyatlarini tez va portlash kuchini rivojlantirish uchun qo’llaniladi.
Asosiy shartlardan biri – og’irlik xarakat amallari texnikasiga xalaqit bermasligi uni buzmasligi, xamda amalda bajarilish tezligini pasaytirmasligi lozim. Tezlik kuchini og’irliklardan foydalanib rivojlantirishning bir necha texnologik yo’llari mavjud.
1. Vazn 30-70% (mashqda qo’llaniladigan tashqi qarshilikka nisbatan). Xarakatlar 6-8 marta o’rta sur’atda bajariladi. Seriyada 2-4 yondoshuv bajariladi, tanaffus 3-4 daqiqa. Bir mashg’ulotda 2-4 seriya, faol xordiq 5-7 daqiqa.
2. Statodinamik xususiyatli mashqlar asos qilib olingan maksimalda 60-80% oraliqda 2-3 izometrik kuchlanish bajarilib, tezlikda 30% og’irlik bilan xarakatlaniladi. Izometrik kuchlanishni bajarish uchun maxsus moslamada yuk ushlab turiladi. Bir yondoshuv 4-6 xarakatdan iborat, dam olish ixtiyoriy seriya 2-4 yondoshuvning o’z ichiga olgan, tanaffus 3-4 daqiqa. Bir mashg’ulotda 2-4 seriya bo’lib oraliqdagi tanaffus 5-7 daqiqa.
3. Mashq asosan start kuchini va xususan mushaklarning start kuchini rivojlantirishga yo’naltirilgan. Vazn 60-65% xarakatning boshlanishidagi qisqa muddatli portlash urinish bajariladi. Mashqni qo’llash texnologiyasi yuqoridagi yo’lga o’xshash.
Tezkorlik-kuchini rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishishning muo’im sharti mashqni takrorlash oldidan mushaklarni bo’shashtirishdir. Tezkorlik kuchini rivojlantirishning eng ko’p tarqalgan va sodda vositasi sakrashdir. Ularni qo’llash jarayonida asosiy texnologik omil itarilish tezkorligi va xarakat quvvatini oshirmaslikka intilish. Maksimal tezlik va portlash kuchini rivojlantirishda ikki muhim shartni yodda tutish lozim.
1. Har bir shug’ullanuvchi o’zining boshlang’ich jismoniy va xususan, tezkorlik–kuch tayyorgarligini e’tiborga olish lozim va shundan kelib chiqqan xolda, ma’lum ta’sirga ega mashqlarni tanlashi kerak. SHuni nazarda tutish lozimki, agar mashqlarning ta’sir kuchi katta bo’lsa organizmga zarar yetishi kam bo’lsa umuman samara bermasligi mumkin.
2. Mushaklar yuqori tezkorligi, ta’sirchan portlash yuklamalaridan keyin, o’ziga xos charchashdan xalos bo’lishi yangi yuklamalarga tezkorlik bilan tayyorlanishi kerak. Buning uchun doimo va maqsadli ravishda egiluvchanlikka mashqlar bajarish kerak, turli tortilishlar, cho’zilish, aylanma xarakatlar bilan tanaffuslarni to’ldirish maqsadga muvofiq mazmunan keng qamrovli va chuqur moxiyatga ega integral sifat bo’lib yosh voleybolchilarni tayyorlashda katta axamiyatla ega. voleybol sport turiga xos bo’lgan barcha xolatlar, xarakatlar (texnik, taktik malakalar, hujum va ximoya xamda qarshi usullarni qo’llash)ning yuqori darajada shakllangan bo’lish va ular tezkor kuch asosida ijro etilishi musobaqa olishuvlarida g’alabaga erishish garovidir.
Sport amaliyotida 15-16 yoshli sportchilar o’quv mashg’ulot jarayonini rejalashtirish va ma’suliyatli bosqichlardan bo’lib, ikki muxim xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Birinchidan, bu yoshdagi sportchi bolalar maxorat maktabini yakunlab, sport ustalari qatoridan joy olish va yetuk jamoalarga tashlanish bosqichiga qadam tashlaydilar.
Ikkinchidan, ular o’zlarining 15-16 yoshlarida balog’at davriga o’ta boshlaydilar. Mazkur vaziyatlar shu yoshgacha tarbiyalangan sportchilarning mashg’ulotlarini ilmiy asosda rejalashtirish va mashqlar yuklamalarini nixoyatda ehtiyotkorlik bilan muvofiqlashtirib qo’llashni talab qiladi.
CHunki bu yoshdagi bolalar organizmi o’ta ta’sirchan va qo’zg’aluvchan faoliyatda bo’ladi. Demak bu bosqichda bunday sportchilarga nisbatan mashqlarni qo’llash ularning psixofunksional imkoniyatlariga mos bo’lishini taqazo etadi. Ortiqcha xajmli va yuqori shiddatli mashqlar yuklamasi uzoq muddat davomida qo’llanilganda organizmda zo’riqish alomatlari vujudga kelishi mumkin. Aksincha, kam xajmli va sust shiddatga esa mashqlar yuklamasi jismoniy sifatlar va texnik, taktik maxoratini yetarli darajada kuchiga ega bo’lmaydi. Binobarin, yosh iste’dodli hamda yuqori yuklamalarga bardosh bera oladigan sportchilarni tayyorlash muammolari ko’p jixatdan mashg’ulot jarayonida va undan tashqari vaqtlarda ish qobiliyatini tiklash zo’riqish xolatini oldini olish, vitaminlarga boy xamda yuqori kaloriyali ozuqalarni iste’mol qilib borish zarurligiga e’tibor qaratadi. Ana shundagina qo’llanadigan mashqlar yuklamalari xajmi muayyan sportchilar organizmining yuklamalar ko’tarish chegarasidan yuqoriroq bo’lishi mumkin.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin