I bob. Adabiyotlar tahlili


Voleybolchini 15-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni shakillantirish metodikasi sifatlavrini tarbiyalash



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə20/30
tarix22.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#119299
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Нодир диплом иш 22

3.2 . Voleybolchini 15-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni shakillantirish metodikasi sifatlavrini tarbiyalash.
Jismoniy tarbiya nazaryasida Kuch deb mashqni qarshiligini mushak kuchi orqali yengishga aytiladi.
Voleybolchilarning sport faoliyatida xususan musoboqada olishuv davomida barcha turdagi kuch sifatlarini mutloq va nisbiy statik va dinamik, tezkor va portlovchi kuch chidamliligi xal qiluvchi axamyatga ega.
Kuch qobiliyatlarining yo’naltirilgan rivojlanishi faqat mushaklar maksimal taranglashgandagina yuz beradi.
SHuning uchun tayyorgarligi uslubiyotining asosiy muommosi mashg’ulotlar jarayonida mushaklar kuchlanishining eng yuqori darajasini ta’minlashdir. Usuliy jixattan maksimal kuchlanishlar xosil qilish turli yo’llari bor; o’ta og’ir yuklarni bir necha marta ko’tarish, katta bo’lmagan og’irlikdagi yuklarni ko’p martalab ko’tarish mushaklar doimiy cho’zilgan xolda tashqi qarshiliklarni yengish va h. k.
Keltirilgan mushak kuchlanishlarni xosil qilishning quydagi usullari mavjud.
1. Maksimal urinishlar usuli.
2. CHegaraviy bo’lmagan urinishlar usuli.
3. Izometrik urinishlar usuli.
4. Izokinetik urinishlar usuli.
5. dinamik urinishlar usuli.
6. Jadal usuli.
Takidlab o’tish kerakki, usullarning bunday nomlanishi kuch mashg’ulotlari nazaryasi va amaliyotida keng tarqalgan. Ularning yaxshti tomoni qisqaligida.lekin ilmiy nuqtaiy nazardan kuchni rivojlantirish usullarini bunday nomlash juda xam to’g’ri emas, chunki masalan, maksimal izometrik va izokinetik urinishlar usullari, qaytarma mashqlar sinfiga kiradi.
Mushaklarning dinamik qisqarishi nafaqat dinamik urinishlar usuliga, boshqa ko’plab usullar uchun xam xosdir.
Maksimal urinishlar usuli: Mazkur usul mashg’ulotlarni submaksimal, maksimal va o’ta maksimal og’irliklar bilan o’tkazishga asoslangan. har bir mashq bir necha marta takrorlanadi. Bir urinishda chegaraviy va o’ta yuqori qarshilikni yengan, ya’ni og’irlik 100% va undan ko’p bo’lgan xolda mashqlarni takrorlashlar soni 1-2 ko’pi bilan 3 marta bO’lishi mumkin. o’rinishlar soni 2-3 urinishdagi qaytarishlar orasida dam olish 3-4 daqiqa urinishlar orasida 2 dan 5 daqiqagacha. CHegaraga yaqin qarshiliklar bilan mashqlarni bajarishda(maksimaldan 90-95% og’irlik bilan) bir urinishdagi xarakatlar qaytarilishi soni 5-6 urinishlar soni 2-5 mashqlarni qaytarishorasidagi dam olish vaqti 4-6 daqiqa. va urinishlar orasida 2-5 daqiqa. Xarakatlar sur’ati –erkin tezkorlik eng kamdan maksimalgacha.
Amaliyotda bu usullarning turli yo’llari bor, ular asosida og’irliklarni oshirishning turli usullari yotadi. Nazarda tutish kerakki chegaraviy yuklamalar xarakatlar texnikasini nazorat qilishni qiyinlashtiradi, jaroxat olish va ko’p shug’ullanib yuborish xavfini kuchaytiradi ayniqsa bolalarda va boshlovchilarda. SHuning uchun u oliy malakali sportchilarning mashg’ulotlarida asosiy, yagona bo’lmagan usuldir. U xaftasiga 2-3 marta qo’llaniladi katta vaznlar, bazi xollarda 7-14 kunda bir marta ishlatiladi. 100 % ortiq, yuklar bilan mashqlar sheriklar yordamida yoki maxsus moslamalarni qo’llash yo’li bilan o’tkaziladi. 16 yoshgacha bo’lgan bolalarda bunday usulni qo’llash tavsiya etilmaydi.
Qaytarma maksimal urinishlar usuli maksimal dinamik kuchni mushaklar xajmini sezilarli ko’paytirmasdan oshirish uchun asosiy xisoblanadi. Uni qo’llash uchun sportchi oldindan tayyorgarlik ko’rgan bo’lishi lozim. Ushbu usul urinishlarning kuch darajasini baxolash uchun o’tkaziladigan nazorat sinovlari asosida yotishi mumkin. Nazorat uchun mashqlar masalan, poldan shtangani tortish, gorizontal yotgan xolda shtanga ko’tarish, yelkada shtanga bilan o’tirib turish.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin