Ikkinchi bosqich maxsus tayyorgarlik. Bu bosqichning asosiy vazifasi voleybolchilar uchun xos bo’lgan alohida sifat va mahoratni o’stirish, mashg’ulotlilikka ko’tarishdan iborat. Bu vazifa tayyorgarlikning hamma bo’limlari uchun umumiy, lekin ularning solishtirma og’irligi o’zgarib turadi.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy vaqtning 20% tashkil qiladi. u shaxsiy mashgulotlar o’sishi bilan bog’liq bo’lgan tomonlari va mashg’ulotlarning umumiy o’sishiga yordam berishi kerak. Qo’shimcha ravishda ishlash darajasini to’liq va tezroq tiklaydigan krosslar va boshqa sport o’yinlari vositalari ishlatiladi. Alohida jismoniy tayyorgarlikning solishtirma og’irligi ortadi.
Texnik tayyorlanishga umumiy vaqtning taxminan 30% ajratiladi. Asosiy e’tibor o’yin darajasiga keltirilgan sharoitda to’pni ushlab turish texnikasiga, o’yinchilarning bajarish vazifalarini hisobga olgan holda o’rganishga va takomillashtirishga qaratiladi. Texnik uyin va musobakali tayyorlanish umumiy vaqtning 50% tashkil qiladi. Asosiy e’tibor harakatlarini o’zlashtirish va takomillashtirishga qaratiladi. Uyinchilar yangi gruppali o’zaro harakatlarni va jamoani harakatlarini o’zlashtiradilar va oldin o’rganilgan jamoa harakatlarni aniklaydi va takomillashtiradilar. Jamoa tarkibi va aloxida o’yinchilarning vazifalari aniqlanadi. Psixologik tayyorlanish jarayonida ko’payib borayotgan topshiriqlar va bir xildagi mashklarning uzoq vaqt qo’llanishi natijasida hosil bo’ladigan charchashga qarshi alohida kurash olib boriladi. Nazariy tayyorlanish mashgulotlarning umumiy asosli materiallari, alohida topshiriklar bajarish va kundalik yozuvchilar analiziga bag’ishlanadi.
SHug’ullanuvchilar jamoaning nazariy darslarida har xil texnik va taktik tayyorgarlik mavzulari asosida tayyorlanib o’zlari chiqish qilishadi.
Ikkinchi bosqichdagi mashg’ulotlarning asosiy shakli, jismoniy, texnik, taktik va o’yindagi tayyorgarlik bo’yicha alohida gruppali va jamoali ish usullarining maxsus va kompleks darsidan iborat.
III- B3ob. 15 – 16 yoshli voleybolchilarni maxsus ish qobiloyatni tayyorgarligini rivojlantirishning vosita va usullarini tayyorgarlik darajasi.
Bizga ma’lumki maxsus bolalar va o’smirlar voleybol maktablarida o’quv mashg’ulot jarayonlari maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dastur asosida mashg’ulot jarayonlari olib boriladi. YOsh voleybolchilarning yillik mashg’ulot davridagi o’quv mashg’ulot jarayonlarining xajmi va tarkibini o’rganish maqsadida 15-16 yoshli voleybolchilarning o’quv mashg’ulot jarayonini taxlil qildik.