3.1. Yillik mashg’ulot davridagi o’quv mashg’ulot ishlarining 15-16 yoshli voleybolchilarning tayyorgarligidagi taxlili
Ilmiy tadqiqot ishlari Navoiy viloyati Navoiy shaxridagi 5 – umumo’rta maktabda olib borildi. Yillik mashg’ulotlar davridagi O’quv mashg’ulotlar ishlarining taxlili natijalariga ko’ra 260 ta o’quv mashg’ulot darslari tashkil qilindi va kalendar bo’yicha 430 soatni tashkil etdi. Oylik xisobda o’quv mashg’ulot yuklamalarini o’rtacha 35.8 soatni tashkil etadi. SHuni takidlash kerakki Navoiy viloyati maktab murabbiylari o’z ishlarida B.U.S.M. lar uchun ishlab chiqilgan dastur asosida yondashadi. Unda to’p bilan ishlangan mashqlarning vaqt miqdori va to’psiz bajarilgan mashqlarning vaqt miqdori bir yillik o’quv mashg’ulot jarayoniga to’g’ri taqsimlangan.
Tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, voleybolchilarning o’quv mashg’ulot jarayonlarida to’p bilan bajargan mashqlari xajmi 87% dan 93% gachani tashkil etdi. To’psiz bajarilgan mashqlar miqdori esa 7 % dan 12% gacha bo’lgan vaqtni tashkil etdi.
Taxlil natijalariga ko’ra 10 oy davomida o’tkazilgan o’quv mashg’ulot jarayonlarida quyidagilar ham aniqlandi. o’quv mashg’ulot ishlarida katta xajmdagi umumiy chidamkorlikni tarbiyalashga yo’naltirilgan. Mashg’ulotlarning umumiy xajmi esa 179 soatni tashkil etdi. SHuni takidlash kerakki katta xajmdagi o’quv mashg’ulot ishlari umumiy chidamkorlikni tarbiyalashga qaratilgan, metodika nuqtaiy nazardan olib qaralganda bu ishunchalik xam to’g’ri emas. Mualliflarning takidlashicha 15-16 yoshli voleybolchilar mashg’ulot jarayonida katta xajmdagi mashg’ulotlarni jismoniy sifatlarni tarbiyalashga, chaqqonlikni, egiluvchanlikni, tezkorlik va tezkorlik-kuch sifatlarini tarbiyalashga qaratilishi kerak.
Umumiy chidamkorlikni tarbiyalash esa 12-13 yoshdan 15-16 yoshgacha bo’lgan davrlarni o’z ichiga oladi. Bu jarayonda tezkorlik va chidamkorlikni tarbiyalashga 23,7 soat (64%) vaqtni ajratdi.
CHaqqonlik va egiluvchanlikka ajratilgan mashq miqdori 22,3% kuch imkoniyatlariga esa 6,8% mashq miqdoriga vaqt ajratildi.
YUgurish tezligini tarbiyalashga esa 46,2 soat vaqt ajratildi. Bu esa xar bir mashg’ulotda 10,7 daqiqa vaqt demakdir. Bu degani ushbu bosqichda tezkorlik sifatlariga murabbiylar juda kam vaqt ajratishgan.
Tezkorlik–kuch sifatlarini tarbiyalashga 31,9 soat vaqt ajratilgan. Bu esa o’rtacha 8,2% o’quv mashg’ulotlar jarayoni vaqtini tashkil etada. SHuni xam takidlash kerakki, tezkorlik va tezkorlik–kuch sifatlarini rivojlantirishga xam deyarli bir xil vaqt ajratilgan.