I bob. Alohida olingan so'z turkumlari


Ko'makchilar haqida ma'lumot



Yüklə 85,91 Kb.
səhifə11/13
tarix15.06.2023
ölçüsü85,91 Kb.
#130995
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bekchanov shohruhning

Ko'makchilar haqida ma'lumot

Ot yoki otlashgan so'zdan keyin kelib, shu so'zni boshqa bir so'z bilan birikishini ta'minlaydigan yordamchi so'zlar ko'makchilar deyiladi. Ko'makchi o'zidan oldin kelgan so'z bilan birgalikda fe'lga bog'lanadi. Ko'makchili so'zning boshqa so'z bilan bog'lanishi boshqaruvli bog'lanishdir. Ko'makchilar o'zi bog'langan so'zning ma'nosini to'ldirib keladi va shu boisdan o'zi bog'langan so'z bilan birgalikda bir gap bo'lagi bo'lib qoladi. Ko'makchilar lug'aviy ma'no ifodalamaydi, biroq grammatik ma'no bildiradi. Masalan, uchun sabab ma'nosini, tomon yo'nalish ma'nolarini anglatuvchi ko'makchilardir. Masalan, Samiev bu ishning muhimligini bilgani uchun telefon go'shagini ko'tarib, kerakli bo'lim bilan suhbatlashib topshiriq berdi. (T. Mai.)

Ko'makchilar ko'pincha kelishik qo'shimchalariga sinonim holda qo'llaniladi. Masalan, xat ruchka bilan yozildi. Xat ruchkada yozildi.'Kitobni o'zim uchun oldim. Kitobni o'zimga oldim.

Ko'makchi aslida boshqa biror so'z turkumlaridan ko'makchiga aylangan so'zlardir. Ularning ayrimlari o'z mustaqil ma'nosini yo'qotib, ayrimlari mustaqil ma'nosini qisman saqlagan holda ko'makchiga o'tgan. Ko'makchilar mustaqil ma'nolarini yo'qotish xususiyati va qaysi so'z turkumlaridan o'tganligiga ko'ra quyidagicha:



1. Sof ko'makchilar.
2. Ot ko'makchilar.
3. Fe'l ko'makchilar.
4 Ko'makchi otlar. Sof ko'makchilar o'z lug'aviy ma'nolarini butunlay yo'qotib tamoman ko'makchiga aylangan so'zlardir: uchun, bilan, kabi, sayin, singari, sari, uzra, qadar, orqali, dovur kabi.

Bu ko'makchilar boshqa so'zlar bilan birikib, turli grammatik munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ot ko'makchilar ot yoki ravishdan ko'makchiga siljigan so'zlardir: burun, ilgari, oldin, keyin, so'ng, tashqari kabi. Fe'l ko'makchilar fe'lning ravishdosh va sifatdosh shakllaridan ko'makchiga o'tgan: qarab, ko'ra, yarasha, bo'ylab, qaraganda kabi. Ko'makchilar kelishikdagi otlarni boshqa so'zga tomon boshqaradi. Ko'makchilarning kelishikdagi otlarni boshqarishi quyidagicha: bosh kelishikdagi so'zni boshqaradigan ko'makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sari, bo'ylab, uzra; b) jo'nalish kelishigidagi otni boshqaradigan ko'makchilar: tomon, qadar, dovur, qarab, qaraganda, ko'ra, yarasha; c) chiqish kelishikdagi otni boshqaradigan ko'makchilar: birin, ilgari,oldin, keyin, so'ng, buyon, boshqa, tashqari. Ko'makchi otlar. O'z lug'aviy ma'nosini qisman saqlagan bo'lib, ba'zi xususiyatlariga ko'ra ko'makchiga siljib qolganligi uchun ko'makchi vazifasida qo'llaniladigan otlar ko'makchi otlar deyiladi. Ko'makchi otlar o'zidan oldingi so'zlar bilan qaratqich qaralmish munosabati asosida birikib, butunlikni tashkil etadi. Quyidagi so'zlar ko'makchi otlardir: old, orqa, ket, o'rta, ich, opa, tag, ust, tepa, to'g'ri, yuza, haq, xusus, huzur.

Ko'makchi otlar qaratqich, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishiklari qo'shimchalarini olgan holda qo'llanadi. Masalan:
Nizomjon nimalar bo’layotganiga tushunolmay, hamon supa oldida garang turardi. Balki u alam ustiga yolg'on gapirgandir, a ? Tushga yaqin yomg'ir tindi -yu, bulutlar orasidan ko'm-ko'k ocmon va issiq yoz oftobi ko'rindi. Ular ma'no jihatdan quyidagicha: 1. Vertikal yo'nalishdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: ost, ust, tag, tepa. 2. Gorizontal yo'nalishdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: old, orqa, ort, ket, ora, o'rta, yon, uch, tashqari, huzur. 3. Fikrning nima haqida ekanligini ifodalovchi ko'makchi otiar: to'g'ri, xusus, yuza,



Yüklə 85,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin