I bob. Alohida olingan so'z turkumlari



Yüklə 85,91 Kb.
səhifə9/13
tarix15.06.2023
ölçüsü85,91 Kb.
#130995
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bekchanov shohruhning

1. Aniq nisbati.
2. O'zlik nisbati.
3. Majhullik nisbati.
4. Birgalik nisbati.
5. Orttirma nisbat.
1. ANIQ NISBAT
Aniq nisbatdagi fe'lda harakat ega tomonidan bajariladi, to'ldiruvchi esa ko'pincha harakatning ob'yekti bo'ladi. Masalan, Kulgi umrga umr qo'shadi (Maqol). Yoki: Shoira gullarning muattar hidini uzoq hidladi.
2. O'ZLIK NISBATI.
O'zlik nisbatida harakatning bajaruvchisi bilan ob'yekti bir shaxsning o'zi bo'ladi. Masalan, kiyin, yuvin, taran kabi. O'zlik nisbati quyidagi qo'shimchalar bilan yasaladi: a) fe'l negiziga unlidan so'ng –n, undoshdan so'ng esa –in qo'shimchasini qo'shish orqali. Masalan, tara-n, yasa-n, yuv-in, kiy-in kabi; b) fe'l negiziga –ish qo'shimchasini qo'shish bilan. Masalan, ker-ish kabi; 5 d) fe'l negiziga unlidan so'ng –l, undoshdan so'ng –il qo'shimchasini qo'shish bilan. Masalan, surka-l, shosh-il kabi; e) –lan (-la]n) qo'shimchasini qo'shish bilan fe'l ham o'zlik nisbatida bo'ladi. Masalan, shod-lan, jon-lan, ot-lan kabi o'timchiz fe'llardan, shuningdek, ba'zi bir o'timli fe'llardan o'zlik nisbati yasalmaydi: bor, yugur, o'qi kabi. Ba'zi fe'llarning esa aniq nisbati yo'q: quvon, seskan kabi.
3. MAJHULLIK NISBATI.
Majhullik nisbatida harakat to'ldiruvchi anglatgan predmet tomonidan bajarilib egaga o'tadi yoki haqiqiy bajaruvchi noma'lum bo'ladi. Masalan, Nazira yuvindi (bajaruvchisini topish mumkin). Shartnoma imzolandi (bajaruvchi noma'lum). Kesimi majhullik nisbatidagi fe'l bilan ifodalangan gap qurilishi passiv konstruksiya deyiladi. Aniq nisbat formasidagi gap esa faol konstruksiya deyiladi. Majhullik nisbati quyidagicha yasaladi: a) fe'l negiziga unlidan so'ng –l, undoshdan so'ng –il qo'shimchasini qo'shish bilan: surka-l (di), ber-ildi kabi; b) fe'l negiziga unlidan so'ng –n, undoshdan so'ng –in qo'shimchasini qo'shish bilan: ula-n (di), ol-in (di) kabi. Majhullik nisbati ko'proq -l (-il) qo'shimchasi bilan yasaladi, ham o'zlik nisbati, ham majhullik nisbati yasalishi mumkin bo'lganda -l (-il), majhullik -n (- in) qo'shimchasi o'zlik nisbati yasaydi. Taran (o'zlik), taral (majhullik), tepin (o'zlik), tepil (majhullik) kabi. 1. Gapning mazmunidan (ayniqsa, fe'lning qanday ega bilan birikishidan) bilish mumkin. Masalan: Ot qoqildi, turg'un qoqildi gaplarida fe'l o'zlik nisbatida (harakatning bajaruvchisi – ot, Turg'un). Mix qoqildi. Qoziq qoqildi gaplarida esa fe'l majhullik nisbatida, harakatning bajaruvchisi noma'lum. 2. Majhullik nisbati yasalalganda, majhullik nisbati qo'shimchasidan oldin orttirma nisbat qo'shimchasi kela olishidan, ammo o'zlik nisbati yasalganda, orttirma nisbat qo'shimchasi shu o'rinda kela olmasligidan bilish mumkin: mix qoq-tir-ildi kabi shakllanish faqat majhullik nisbatiga xosdir.

Yüklə 85,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin