I bob. Arifmetik masalalar yyechish metodikasi


Masalalarning bilish va tarbiyaviy funksiyalari



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə3/7
tarix20.08.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#139982
1   2   3   4   5   6   7
Mahliyoxon

Masalalarning bilish va tarbiyaviy funksiyalari

Masalalar yyechish avvalo bolalarda mukammal matematik tushunchalarni shakllantirishi, ularning o’quv dasturida belgilab berilgan nazariy bilimlarni o’zlashtirishlarida muxim axamiyatga ega.
Masala. O’quvchida 4 ta rangli va 2 ta oddiy qalam bor. O’quvchida hammasi bo’lib nechta qalam bor? Bu masala orqali o’quvchilarda qo’shish haqidagi tushunchani shakllantirish, mustahkamlash va yig’indini topishga doir bilimlar hosil bo’ladi.
Masalalar yyechish orqali o’quvchilarda yangi bilim vujudga keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinadi, shu orqali mustahkamlanadi. Masalan, bilimlarning shakllanishida nazariyani amaliyot bilan o’qitishni turmush bilan bog’liq olib borish imkonini beradi Masala yyechish orqali xarid qilingan narsaning narxini, kvartira ta’mirlashning baxosi, poyezdga kechikmaslik uchun uydan qachon chiqish kerak, degan turli xildagi amaliy hisoblashlarni hal qilib beradi.
Yuqoridan kelib chiqqan holda masalaning 2ta muhim funksiyasi mavjudligini bilamiz: masalaning bilish xarakteridagi funksiyasi, masalaning tarbiyaviy xarakteridagi funksiyasi. Masalalar yyechish jarayonining o’zi metodikada o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta’sir ko’rsatishi ma’lum. U aqliy operatsiyalarni; analiz va sintez, konkretlashtirish va abstraklashtirish, taqqoslash, umumlashtirish kabilarni rivojlantiradi.
Tevarak atrofda sonlar bilan bog’liq bo’lgan turli xil hayotiy hisoblashlar vujudga keladiki, uni hal qilish uchun arifmetik amallar bajarishga to’g’ri keladi. Bunday hisoblash ishini talab qiladigan mazmun masala deyiladi. Har bir masala berilgan (ma’lum) va izlanayotgan (noma’lum) sonlarni o`z ichiga oladi. Masaladagi sonlar, to`plamlar sonini yoki miqdorlarning qiymatini xarakterlaydi, Munosabatlarni ifodalaydi yoki topilishi kerak bo`lgan noaniq sonlar bo`ladi. Xar bir masalada shart va saavol bo`ladi. Masala shartida berilgan sonlar orasidagi va berilgan sonlar bilan izlanayotgan sonlar orasida bog`lanish ko`rsatiladi, bu bog`lanishlar tegishli arifmetik amallarni tanlashni belgilab beradi. Savol esa qaysi son izlanayotgan son ekanini bildiradi.
Masalalarni yyechish jarayonida o'quvchilar yangi matematik bilmlarini egallaydilar, amaliy faoliyatga tayyorlana boradilar. Masalalar ularning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek masala yyechish o'quvchilarning shaxsiy tarbiyalarida ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun o'qituvchining matnli masala haqida, uning tuzilishi haqida chuqur tasavvurga ega bo'lishi, bunday masalalarni turli usullar bilan echa olishi muhimdir.
Matnli masala biror bir vaziyat (vaziyatlar) ning tabiiy tildagi ifodasi (tavsifi) bo'lib, unda bu vaziyatning biror-bir qismiga miqdoriy xarakteristika berish, uning qismlari orasidagi ba'zi munosabatlar bor-yo'qligini aniqlash yoki bu munosabat turini aniqlash talab etiladi. Har qanday matnli masala ikki qismdan iborat: shartlar va talabalar (savol).1-masala. Ushbu «Lola 10 ta olma va 5 ta nok oldi, Dilshod esa 7 ta olma oldi. Bolalar nechta olma olishgan?Yyechish.Masalada nok haqidagi ortiqcha ma'lumot bor. Berilgan «5 ta nok» ortiqcha. Hayotda vujudga keladigan muammoli vaziyatlar asosida talabini bajarish uchun yetarlicha ma'lumotlar bo'lmagan masalalar uchrashi ham mumkin.
Masalaning sharti qiyin bo’lganda, berilganlar orasidagi bog’lanishlarni tushunib olish qiyin bo’lganda yangi xil masalalarni yechishda qisqa yozuv maqsadga muvofiqdir. Bir qator masalalarni rasm va chizmalar bilan tasvirlash katta yordam beradi. Shuni eslatib o’tamizki, masalalarga chizma yoki rasm yasash uchun biror umumiy ko’rsatma berib bo’lmaydi.Ko’pincha,bir masalaning o’ziga doir grafik tasvirlarni xar xil usul bilan berish mumkin.Shu sababli o’qituvchining vazifasi bu ishga doim raxbarlik qilishdan,grafik model yasashning eng ratsional formalarini tanlashda o’quvchilarga yordam berishdan iborat.
Har bir masalani yyechishda keltirilgan rejaga qat’iy amal qilish umuman shart emasligini nazarda tutish kerak. Bugun siz masala ustida boshqacha ishlashni o’rganasiz.Qo’lingizdagi ko’rgazmalarda yozilgan topshiriqlardan foydalanib masalalar yechamiz.Agar siz ko’rgazmalardan foydalanishni bilib olsangiz masalani mustaqil yecha olasiz.
Bu qonuniyatlar quyidagilardan iborat:
1.O’rganilayotgan mavzu materiallari yuzasidan muammoli savollar sistemasi tuzish.
2. Qo’yilgan muammoli savollar sistemasi asosida suhbat metodi orqali tushuntiriladigan mavzu materialini o’rganish va uning tub mohiyatini ochib berish.
3.Muammoli savol asosida izlanish xarakteridagi o’quv vazifalarini qo’yish. Yuqoridagi bosqichlar asosida o’quv materiali tushuntirilganda o’quvchilar o’zlari darrov tushunib etmaydigan akt va tushunchalarga duch keladilar. Natijada o’rganilayotgan mavzu materiali bilan o’quvchilar orasidagi muammoli vaziyat hosil bo’ladi. Ta’rif o’rganilayotgan ob’ekt (bilimga doir nazariy material yoki misol va masalalar) bilan o’rganuvchi sub’ekt (o’quvchi) orasidagi o’zaro harakatlarning o’zaro harakatlarning o’ziga xos bo’lgan turiga muammoli vaziyat deyiladi. Muammoli vaziyatning roli va ahamiyatini aniqlash o’quvchilarning aktiv fikrlash o’quvchilarning aktiv fikrlash faoliyatini psixologik, pedagogik xususiyatlarini 16 hisobga olish asosida o’quv jarayonini olish jarayonini qayta ko’rish muammoli ta’limning asosiy g’oyasini belgilab beradi. Muammoli ta’lim metodi (plassik muammoli metod) ta’lim metodlari mazmuni va bundagi o’qish muammolariga bog’liq quyidagi 4 muhim farazlar mavjud.
1.Muammoli xolat (vaziyat, situatsiya) hosil qilish.
2.Muammolarni shakllantirish va ular yechish taxmin (faraz) qilish.
3.Taxmin qilgan yechimni tekshirish.
4.Amaliy va nazariy xaraktyerdagi boshqa masalalarda topilgan natijalarni qo’llash, ularni tartibga solish va sistemalashtirish.
O’quvchi muammoni yechar ekan o’zi uchun juda muhim bo’lgan «kashfiyot» qiladi. Bu o’quvchida o’z kuchiga ishonch yaratadi. Bu metodning xarakterli belgisi shuki, o’qitishning o’qitish oldidagi ustunligini ko’rsatadi. O’quvchining mustaqil fikrlay olishiga jiddiy e’tibor beriladi. O’quvchining ijodiy fikrlashi rivojlantiriladi. (4). Muammoli ta’lim metodining shakllaridan biri ijodiy metoddir. Ijodiy metodlar deb o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarni turli xolatlarda tadbiq eta olish, masala yyechishning turli yo’llarini izlash (o’qituvchi ko’rsatmagan, aytmagan) metodlarga aytiladi. Bu metodlar muammoli metod sinfiga kiradi. Muammoli ta’lim metodining boshqa shakllari ko’p bo’lib g’oyalar xazinali (balli) yoki aqliy xujum deb ataluvchi metodlar haqida qisqacha ma’lumot: bu metodning mohiyati shuki, bir masalani bir guruh o’quvchilar yechmoqda deylik. Masalani yyechish haqida guruhda turlicha g’oya (fikr, takliflar) aytiladi. Qanchalik g’oyalar ko’p bo’lsa shunchalik yaxshi bo’lib, masalaning to’g’ri yechimini topish g’oyasini shakllantirishga yordam beradi. Masalani yechish haqidagi g’oyalar turlicha bo’lib, kutilmagan g’oyalar bo’lsa, guruhda o’quvchilar orasida musobaqalashish va erkin fikr yuritish muhiti paydo bo’ladi.


Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin