2.3. Arifmetik masalalar ishlashda metodik usullar va izchillik Hozirgi kunda butun dunyoda xalqaro baholash dasturi mavjud. Bu dasturga ko’ra PISA, PIRLS, TALISlar kiritiladi. Bu dasturlar haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’taman.
O‘qish savodxonligi 2000-yilda PISA xalqaro baholash tadqiqotining
1-bosqichida asosiy yo‘nalish edi. 4-bosqichda PISA-2009 xalqaro baholash tadqiqotida yana ustuvor yo‘nalish hisoblanib, qisman qaytadan yangi baholash vositalari va konsepsiyasini ishlab chiqishni talab etdi. 2018-yil PISA tadqiqotining 7-bosqichida o‘qish savodxonligini baholash uchinchi marotaba diqqat markazida bo‘ldi. Yangi bosqichda vositalarni qo‘llashda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Konsepsiyani qayta ko‘rib chiqish zamonaviy o‘qish savodxonligi nazariyasiga asoslanadi, hamda zamonaviy hayotda o‘qish sharoitini hisobga olib, o‘quvchilar keng mazmundagi ma’lumotlarni qabul qilishadi va ulardan keng foydalanishadi. Biz shiddat bilan o‘zgarayotgan, son jihatidan va turli xil yozma materiallar borgan sari ko‘payib borayotgani hamda ko‘plab insonlar ushbu materiallarni mutlaqo yangi va murakkab usullar bilan qo‘llayotgan dunyoda yashayapmiz. Hozirda jamoatchilik tomonidan o‘qish savodxonligining rivojlanayotganligi jamiyat va madaniyat sohasidagi o‘zgarishlar bilan hamohang ekanligi anglab tan olinmoqda. O‘qish malakasi, individual rivojlanish, ta’lim faoliyatidagi yutuqlar, jamoatchilikdagi faollik uchun zarur. Chunki ushbu faoliyatlar 20 yil avval zamonaviy qarashlardan farq qilar edi. Albatta, bu 20 yildan so‘ng yanada ko‘proq o‘zgarishi mumkin.
TALIS-(The Teaching and Learning International Survey - rahbar va o‘qituvchilarning ta'lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish) Ushbu tadqiqot birinchi bor 2008-yilda 24 davlat ishtirokida o‘tkazilgan. Ikkinchi davra 2013-yilda o‘tkazilgan bo’lib, unda 34 davlat ishtirok etgan. Rossiya Federatsiyasi ham shu yilda ushbu tadqiqotda qatnashgan. 2018-yilda esa 46 mamlakat TALIS tadqiqoti ishtirokchisiga aylandi.
Shuni ta’kidlash lozimki, TALIS yagona so‘rovlar hamjamiyati bo‘lib, ta’lim
dargohidagi o‘quv muhiti va o‘qituvchilarning ish joylaridagi shart-sharoitlarni
o‘rganishga e’tibor qaratadi.
PIRLS - (inglizcha –Progress in International Reading Literacy Study – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardi
boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha
tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi
ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta
bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
PIRLS tadqiqotlari Xalqaro ta’lim institutlari assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan
muvofiqlashtiriladi. PIRLS loyihasi to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining o‘qish
qobiliyatini rivojlantirish darajasini aniqlash bo‘yicha yetakchi xalqaro tadqiqotlar
orasida. Xalqaro ekspertlar ta'kidlashicha, boshlang‘ich maktabda maktab
o‘quvchilarining keyingi tarbiyasida muvaffaqiyat qozonish uchun poydevor
qo‘yilgan.
Shunday ekan bizning oldimizdagi bosh maqsadimiz o’quvchilarimizning xalqaro baholash dasturi asosida o’qitishimiz kerakligini har bir pedagog tushunib anglab yetishi lozimligini ko’rsatadi.
Maktabgacha ta’limm o`quvchilarida o`z ko`nikma va malakalarini nazorat
qilish va ob`yektiv tarzda baholay olishga oid mas`uliyat ham shallangan bo`lishi
kerak. O`quvchining o`zi berilgan o`quv materialni modellashtira olish
ko`nikmasiga ega bo`lishi zarur. Bu jarayonda boalning o`zi mustaqil tarzda har
qanday sxema model bo`la olmasligini tushunib yetishi kerak, bir so`z bilan
aytganda unda faraz qila olish ko`nikmasi hosil bo`lishi kerak. Kichik maktab
yoshida o`qishga, o`rganishga yo`naltirilgan faoliyat yetakchi mavqega ega
bo`ladi. Shu bilan bir qatorda kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning
rivojlanishida o`yin, sport, ijodiy faoliyat ham muhim o`rin tutadi. Lekin o`qish
o`rganish, yani talimiy faoliyat, boshqa barcha faoliyat turlarini muayyan bir
maqsadga-bolani mujassam rivojlantirish maqsadiga yo`naltirishi lozim. Jumladan,
nutq va savodxonlikni rivojlantirishga, jismoniy taraqqiyotni taminlashga va
boshqalar.
Ayni shu rivojlantiruvchi talim jarayoni o`quvchining ongini, tafakkurini
rivojlantirishga hamda uning shaxsiy taraqqiyotiga keng imkoniyat yaratadi.
Matematikani o’qitish sistemasida masalalar yyechish samarali mashq qilish turlaridan biridir. Masalalar yyechish avvalo bolalarda mukammal matematik tushunchalarni shakllantirishi, ularning o’quv dasturida belgilab berilgan nazariy bilimlarni o’zlashtirishlarida muhim ahamiyatga ega.
Masalan : O’quvchida 14 ta rangli va 2 ta oddiy qalam bor. O’quvchida hammasi bo’lib nechta oddiy qalam bor?
Berilgan : Yyechish :
14 ta rangli qalam 14 + 2 = 14 ta
2 ta oddiy qalam
Jami qalam nechta? Javob: 14 ta
Bu masala orqali o’quvchilarda ayirish haqida tushunchani shakllantirish, mustahkamlash va yig’indini topishga doir bilimlar hosil bo’ladi. Masalalar yyechish orqali o’quvchilarda yangi bilim vujudga keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinadi, shu orqali mustahkamlanadi. Masalan, bilimlarning shaklanishida nazariyani amaliyot bilan o’qitishni turmush bilan bog’liq olib borish imkonini beradi. Masala yyechish orqali xarid qilingan narsaning narxini, kvartira ta’mirlashning bahosi, poyezdga kechikmaslik uchun uydan qachon chiqish kerak, degan turli xildagi amaliy hisoblashlarni hal qilib beradi. O’quvchilar masalalarni yechayotganda turli xil matematik tushunchalar – son, arifmetik amal, qo’shiluvchi, yig’indi, qoldiq kabilar bilan tanishadilar, shuningdek atrof muhitdagi, fandagi, texnikadagi turli xil bog’liqli muammolar bilan tanishadilar va uni yechadilar.
Ustaxonada ko’ylaklar va shuncha kostyum tikildi. Har bir ko’ylakka 3 metr, har bir kostyumga 4 metr material ketadi, agar ko’ylaklar uchun 24 metr material ketgan bo’lsa, kostyumlar uchun qancha material ketgan. Masala tahlilini quyidagi jadval orqali izohlaymiz.
1 ta kiyim uchun
sarflandi
Kiyimlar soni
Sarflangan
material
Ko’ylak kostyum
3 m
4 m
Bir xil
24 m?
Masala tahlili masala savolidagi berilganlarga qarab boradi:
1. Masalada nimani bilish talab qilinadi? (kostyumga ketgan materialni)
2. Buni birdaniga bilib bo’ladimi? (yo’q)
3. Nega? (nechta kostyum tikilganini bilmaymiz)
4. Nechta kostyum tikilganini bilib bo’ladimi? (bo’ladi)
5. Qanday qilib? (nechta ko’ylak tikilgan bo’lsa shuncha kostyum tikilgan) Nechta ko’ylak tikilgan? (24 m materialning har 3 m dan bitta ko’ylak tikilgan bo’lsa, 24:3=8 ta ko’ylak tikilgan).
6. Kostyum ham 8 ta bo’lsa, har bir kostyumga 4 m dan material ketsa jami necha m material ketgan. (8*4=32 m)
7. Masala savoliga javob berdikmi? (ha)
Bundan keyin o’quvchilar masalalar yyechishda sonli berilganlarni tasvirlovchi rasmlardan foydalanadilar. Masala yyechish malakalari rivojlangan sari o’quvchilar tushunadigan predmet va hodisalar orasidagi bog’lanishga doir masalalarni yecha boshlaydilar. Noma’lum qo’shiluvchi qatnashgan masalalarni yyechishga muhokama qilishdan foydalanish kerak. Bunday masalalarni qiynalmasdan yyechishi uchun o’quvchilarning o’zlariga kuzatish asosida masalalarni mustaqil tuzdirish kerak.
Agar bolalarning mustaqil ishlarini turli masalalarni yyechish bo'yicha tashkil qilinsa, o'tilayotgan dars yanada samaraliroq bo'ladi. Buni darslikdan bir qancha o'xshash masalalarni tanlab olish orqali amalga oshirish mumkin. O'zbekistonning
ilg'or o'qituvchilari ish tajribasida ushbu ish usuli qo'llanilmoqda: o'qituvchilarning o'zlari masalalarni tuzadilar va tanlaydilar hamda ularni alohida ko'rgazmalarga yozadilar, darsda bolalarga turli masalalarni beradilar, bu vaqtda bir partada o'tirgan qo'shni o'quvchilar boshqa-boshqa masalalarni yyechishadi. Bu o'quvchilarga individual yondoshishni ta'minlaydi va to'la mustaqillik uchun qulay
sharoit va har bir o'quvchining o'z qobiliyati bo'yicha ishlashiga qulay imkon
beradi. O'qituvchi bolalarning masalani to'g'ri yyechishlarini kuzatib turadi, yo'l qo'ygan xatolarini tuzatishni aytadi, navbatdagi ish uchun har bir o'quvchiga, ularni yo'l qo'ygan xatolarini tuza-tishga yordam beradigan topshiriqlarni tanlaydi. Bunday ishlar masala yyechish malakasini oshiradi va mustahkamlaydi.
Matematika o'qitishni turmush bilan bog'lash, bolalarda umumlashtirish
malakasini rivojlantirish, bir qator matematik tushunchalarni chuqur o'zlashtirish,
miqdorlar orasidagi funksional aloqa va bog'lanishlarni yaxshi tushunish uchun
o'quvchilarni o'zlari masala tuzishlari katta ahamiyatga ega.
XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, maktabgacha ta’lim sohasida o’quvchilarga arifmetik masalalarning yyechish ko’nikmasini shakllantirishda maetodik izchillik metodlar haqida yoritildi. Biz bilamizki, hozirgi kunda yoshlarni tarbiyalashda matematik savodxonlik muhim hisoblanmoqda. Sababi, davlatmiz xalqaro baholash dasturlarida qatnashadigan maktablar soni kundan kunga rivojlanib bormoqda. O’quvchilarda matematik savodxonlikni maktabgacha ta’lim sohasidan boshlanishi, o’quvchilar maktabga kirgunicha matematik savodxonlik, sanoq sistemalari, matematikadagi oddiy qo’shish ayirish kabi arifmetik amallarni shakllantirib boorish har bir tarbiyachini oldidagi mas’uliyatli vazifa hisoblanadi.
Glossariy
Arifmetik masala - bu so’zlаr bilаn ifоdаlаngаn sаvоl bo’lib, uning jаvоbi аrifmеtik аmаllаr yordаmidа оlinishi mumkin
Mаtеmаtik mаsаlа - iхchаm hikоya bo’lib, undа bа’zi kаttаliklаrning qiymаtlаri kiritilgаn bo’lib, ulаrgа bоg’liq vа mаsаlа shаrtidа ulаr bilаn mа’lum munоsаbаtlаr оrqаli bоg’lаngаn bоshqа kаttаliklаrning qiymаtlаri izlаnаdi.
PIRLS - (inglizcha –Progress in International Reading Literacy Study –