I bob. Arifmetik masalalar yyechish metodikasi


I BOB. ARIFMETIK MASALALAR YYECHISH METODIKASI



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə2/7
tarix20.08.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#139982
1   2   3   4   5   6   7
Mahliyoxon

I BOB. ARIFMETIK MASALALAR YYECHISH METODIKASI.

    1. Bolalarni arifmetik amallarni ifodalashga o`rgatish

Bolalar masala tuzilishini, masalalarni mustaqil tuzishni savollarga to`g`ri javob berishni o`rganib olganlaridan keyin ularni arifmetik amallarni (qo`shish va ayirishni) ifoda etishga o`rgatish mumkin. Bolalar «Masalani yechish uchun nima qilish kerak?, Siz masalani qanday echdingiz?» - kabi savollarga javob beradilar. Bunda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muhokama qilish, harakatlarni asosli tanlay olish hamda olingan natijani tushintira olish ko`nikmasini o`stirish muhimdir.
Ishni shunday tashkil etish kerakki, bunda bolalar birinchi sinf o`quvchilari masala yechishda foydalanadigan metodlarni elallab olsinlar. Masala muayyan sxema asosida tahlil qilinadi.
Namunaviy savollar: «masalada nima haqida gapiriladi? Nima deyilgan? Nechta? (Masalada berilgan sonlar ajratib olinadi, ular o`rtasidagi munosabatlar aniqlanadi). Biz nimani bilamiz? (Nima ma'lum?) Biz nimani bilmaymiz? (Nima noma'lum?) masalani yechish uchun nima qilish kerak? Predmetlar soni ko`paydimi yoki kamaydimi? Shunday qilib masalani yechish uchun nima qilish kerak?»
Bolalar arifmetik amallarini ifoda etib, masala savollarga to`liq javob beradilar hamda echimning to`g`riligani tekshiradilar.
Mashg`ulot oxirida muayyan harakat qanday mio`doriy uzgarishlarga olib kelganini — natijada miqdor ko`paygaiini ta'kidlash zarur. Har bir bola masalani takrorlash, uning elementini ajratib olish, tanlangan harakatni tushuntirish ko`nikmasini egallab olishi kerak.
Yig`indini topishga 1 ta mashg`ulot bag`ishlanadi, so`ngra bolalar: qoldiqni toshishga, ya'ni hisoblash harakatlarini ifoda etishni, o`rganadilar. Masalani tahlil qilish ham qo`shish amalini ifoda etishdek o`tiladi. Tarbiyachi oxirida «6 dan 1 ni ayirsak, 5 qoladi», deydi. Bolalar hisoblash ifodasini taqqoslaydilar. O`qituvchi (tarbiyachi) ularga endi hamma vaqt qaysi sondan qaysi sonni ayirish kerakligini so`zlab berishlarini aytadi. Bolalarning nima uchun ayirish kerakligini va ayni barakat qanday miqdoriy o`zgarishlarga (soni kamaydi) olib kelganini tushunib olishlari muhimdir.
Bolalar maktabda qo`llaniladigan arifmetikaga doir atamalarni o`rganib olishlari kerak. Bolalarga dastlabki qadamdanoq «qo`shish», «ayirish», «hosil bo`ladi», «teng bo`ladi» so`zlarini o`rgatib borish kerak. «Oluv», «qoladi» kabi turmushda ishlatiladigan so`zlardan qochish lozim.
Bolalarning har bir harakatning mazmunini, shuningdek harakatlar o`rtasidagi bog`liqlikni anglab olishlari uchun qo`shish va ayirishga oid masalalarni muntazam ravishda taqqoslash zarur. Bu ularning farqini yaxshirok tushunish va tegishli harakatlarni farq qiladigan, keyinroq esa biri ikkinchisiga o`xshash masalalarii taqqoslash uchun kerak bo`ladi. Masalan, bolalar bir konvertdagi kvadratlar sonini aniqlaydilar, so`ngra konvertlardan 1 ta kvadrat oladilar, ayrim hollarda esa konvertta 1 ta kvadrat qo`shadilar, shunday qilib ular qo`shish va ayirishga oid masala tuzadilar. Masalalar nimasi bilan bir-biriga o`xshash va bir- biridan nimasi bilan farq qilishini aniqlaydilar. Tarbiyachi savollar beradi: «Birinchi va ikkinchi masalalarda nimalar to`g`risida gapirilyapti? Nima ma'lum? Nimani bilish kerak? Birinchi masalani yechish uchun nima qilish kerak? qaysi masalada natija (yig`indi) ko`proq chiqadi? qaysi birida kamayadi? Nima uchun?» Birinchi masalada biz 1 ta kvadrat qo`shdik, kvadratlar ko`paydi — biz qo`shdik. Ikkinchi masalada biz 1 ta kvadratni oldik, konvertdagi kvadratlar kamaydi, deb javoblarni umumlashtiradi.
Keyinchalik bolalar mustaqil suratda bir sonin ikkinchi songa qo`shish yoki bir sondan ikkinchi sonni ayirishga doir masalallarni tuza oladilar.
Bolalar e'tibori masala savolining u yoki bu amaliy harakat bilan aloqasini aniqlashga qaratiladi. qoldiqni topishga oid masalalar hamma vaqt bir xil savolga qancha qoldi?) ega bo`lishi bilan farq qiladi. Chunki ayirishga oid oddiy masalalarni yechish bolalarda qiyinchilik tug`dirmaydi.
Qo`shishga oid masala savolida masala shartida bayon etilgan yoki undan kelib chiqadigan harakat aniq aks ettirilishi shart. Odatda bolalar sxemasini tezda o`zlashtirib olib, savolni bir qofiyada ifoda etadilar: «qancha bo`ldi?» Ularni tasvirlangan harakatlarni aks ettirib yanada aniqrok ifodalar qildirishga undash kerak: «Nechta sovg`a qilishdi? «Nechta quyishdi»? «Nechta o`tiribdi» «Nechtasi sayr qilyapti?» «Nechta bola hovlida o`ynamokda?» va hokazo.
Masalalarni tasvirlash usuli masaladagi berilgan sonlarining nechtaligini ta'kidlashga va ular o`rtasidagi munosabatlarni aniqlay bilish ko`nikmasini rivojlantirishga imkon beruvchi eng qimmatli usul — masalani tasvirlashdir.
Rasmda 2 ta qo`shiluvchi predmetni ko`rsatib tasvirlash kerak. Bolalarni predmetlarni sxematik tasvirlash usullari bilan tanishish ham foydalidir.
Dastlabki 1 - 2 ta masalani tarbiyachining o`zi tasvirlab chizadi. U doskaga bo`r bilan ichiga 5 ta qo`ziqorin solingan savatchaning rasmnni chizadi. Bolalar tarbiyachi qanday masalani chizginini topganlaridan keyin, o`zlari xohlagan predmetlari haqida masala tuzadilar. Bolalarni masaalaninig javobi emas, balki masala shartini chizish kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Tarbiyachi tez chiziladigan predmetlarni tanlash haqida maslahat beradi. U bir nechta yaxshi chiqqan va l — 2 ta yaxshi chiqmagan rasmlarni tanlab oladi. Bolalar kim qanday masala tuzganligini topadilar. Ular qaysi rasm bo`yicha masala tuzish mumkin, qaysi masala bo`yicha masala tuzib bo`lmasligini, nima uchun, xatosi nimada ekanligini aniqlaydilar. Rasmda masalada berilgan sonlar ko`rsatilishi kerakligi haqida ishonch hosil qilinadi. O`zaro tekshirish uyushtirilsa yaxshi bo`ladi stol atrofida o`tirganlar o`zaro ramlarini almashtirib o`rtog`ining rasmi bo`yicha masala tuzadilar.
Ayirishga oid masala tuzishda ko`pincha 2 ta rasm chizishga to`g`ri keladi: birida kamayuvchi, ikkinchisida — qoldiq va ayriluvchi chiziladi. Masalan 6 ta archa, ikkinchisida 5 ta archa va 1 ta to`nka chiziladi.
Bolalarga hisoblash usulini o`rgatish. Bolalar arifmetik amallarni ifoda etishga va uni asoslab berishga o`rganib olganlaridan keyin ularni hisoblash usullari bilan tanishitirish mumkin. Ular qo`shish va ayirishni 1 ni qo`shib va ayirib o`rganib olishlari kerak. Ushbu usullarni egallab borishda bolalar qo`shni sonlar o`rtasidagi bog`lanish va munosabatlarni tushunishga hamda sonlarning birliklardan iborat tartibini bilishga tayanishlari lozim.
Arifmetik amallarni ifoda etishga o`rgatish jarayonidagi mashg`ulotlarning bir qismi qo`shni sonlarni solishtirish va sonlarning birliklardan iborat tarkibi haqidagi bilishlarni mustahkamlashga ajratiladi. Bolalarga hisoblash usullarini qanday o`rgatish mumkin? Rasm — illyustratsiya bo`yicha quyidagi masaalani tuzishni taklif etish mumkpn: «Yuqoridagi simga 5 ta chumchuq, pastdagisiga 2 ta chumchuq qo`nib turibdi,. Simlarda nechta chumchuq qo`nib turibdi?» Masalani muhokama qilayotib, bolalar masalani yechish uchun 5 ga 2 ni qo`shish kerakligini aniqlaydilar. Ularing barcha chumchuqlarni biryo`la sanab chiqishlarining odini olib tarbiyachi: «Biz qanday qilib qushamiz?» — deb so`raydi. Bolalar odatda «Sanash kerak» — deb javob beradilar. Tarbiyachi: «Yuqoridagi simda - nechta chumchuq turibdi?» — deb so`raydi. — «5 ta chumchuq». — Agar biz yuqoridagi simda 5 ta chumchuq qo`nib turganini bilsak, sanashning nima keragi bor? 5 ga 2 ni qo`shish kerak: 5 ga 1 ni qo`shsak, 6, 6 ga 1 ni qo`shsak 7, 5 ga 2 ni qo`shsak 7 bo`ladi. Simlarda nechta chumchuq qo`nib turibdi?» Bolalar javob beradilar. Tarbiyachi bittalab qo`shishni o`rganishlarini aytadi va 5 ga 2 ni qanday qo`shish kerakligini esga olishni taklif qkiladi. Bolar bittalab qo`shishni o`rganib olganlaridan keyin ayirishga oid masalalarni yechishda u bittalab ayirishni ko`rsatadi.
Ayirish usulini quyidagicha ifodalash lozim: 1tasi kam 5 — bu 4, 1 tasi kam 4 — bu 3. Keyinchalik bolalar 3 ni qo`shadilar va ayiradilar. Bolalarni arifmetik amallari ifoda etishni hisoblash usullaridan farq qila bilishga o`rgatish uchun qo`shishda — «ga», ayirishda — «dan» qo`shimchalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bolalar hisoblash vaqtida olingan javob bilan birga (5 qo`shuv 3 barobar 8) arifmetik amallarin takrorlaydilar, shundan keyingina ular masala savoliga javob beradilar.
Dastlab bolalar ko`rsatma material asosida, keyinroq — miyada sonlarning to`g`ri va teskari ketma — ketligi haqidagi bilimlari hamda ular o`rtasidagi bog`lanish va munosabatlarni tushunishga asoslanib hisoblaydilar.
Yil oxirida bolalar masala tuzishni, undagi shart va savolni farq qila bilishi, berilgan sonlarni ajratib olishni, ular o`rtasidagi miqdoriy munosabatlarni aniqlashni, arifmetik amallarin to`g`ri to`plashni va ifoda etishni, hisoblash usullaridan foydalanib, harakat natijasini topishni va masala savoliga to`liq javob berishni bilishlari kerak.


    1. Yüklə 56,83 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin