To`rtinchidavr-maktabdavri (7 yoshdan 17 yoshgacha).
Bu davrning o`ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ravishda ro`y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq etakchi rol o`ynaydi.
Bola nutqining rivojlanish jarayoni o`z vaqtida to`g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir.
Buning uchun:
bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog‘ bo`lishi;
normal aqliy qobiliyatga ega bo`lishi;
normal eshitishi va ko`rishi;
etarli darajada ruhiy aktivlikka ega bo`lishi;
gaplashish ehtiyojiga ega bo`lishi;
to`g‘ri nutq muhitiga ega bo`lishi lozim.
Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o`zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Nutqkamchiligi logopediya fanida muayyan tilning me‘yorlaridan chetga chiqish deb ta‘riflanadi.
Nutq kamchiliklari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
Nutq kamchiligi o`z-o`zidan barham topmaydi, balki vaqt o`tgan sari yanada mustahkamlanib, zo`rayib boradi.
Nutq kamchiliklarini kattalarda namoyon bo`lishi ularning yoshiga mos kelmaydi.
Nutq kamchiligiga ega bo`lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj bo`ladilar.
Og‘ir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta‘sir ko`rsatadi.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi.
Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko`rib chiqishda evolyusion-dinamik yondoshiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish jarayonini tahlil qilishdan, anomal rivojlanishining umumiy konuniyatlarini va xar bir yosh davrida Nutqning rivojlanish konuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir (I. M. Sechenov, L. V. Vigotskiy, V. I. Lubovskiy).
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari:
Embrion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar;
Xomiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jaroxatlar, qonning rezus-faktorga mos kelmasligi;
Tug‘ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya;
Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, ensofalit).
Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo`ladigan bosh miya jarohatlari.
Nasliy faktorlar.
Sosial-maishiy sharoitning yomonligi. Bu xolat mikrososial pedagogik qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emosional-irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo`ladi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan sabablar, ayrim xollarda ularning birgalikda qo`shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo`lishi mumkin.
Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko`ra ikki guruxga bo`linadi:
Organik xarakterdagi nutq buzilishlari.
Funksional xarakterdagi nutq buzilishlari.
Organik Nutq buzilishlari o`z navbatida ma‘lum joyning zararlanishiga ko`ra markaziy va periferik xarakterda bo`ladi.