I bob. Davlat byudjeti xarajatlari ijrosining 3


Byudjet xarajatlari ijrosida yuridik va moliyaviy



Yüklə 132,21 Kb.
səhifə6/11
tarix10.05.2022
ölçüsü132,21 Kb.
#57415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Vahobov SH.2 O‘zbekiston Respublikasida byudjet ijrosini tashkil etishda g‘aznachilik faoliyatining zarurligi, xususiyatlari va ahamiyati

1.3. Byudjet xarajatlari ijrosida yuridik va moliyaviy


majburiyatlarni ro‘yxatga olish hamda to‘lovlarni amalga oshirish

tartibi


Yuqoridagi bob va paragraflarda nomi keltirilgan 2007-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan ―Davlat byudjetining g‘azna ijrosi Qoidalari‖ga muvofiq, byudjet tizimining tegishli bo‘g‘inidan (respublika byudjeti, viloyat, tuman va shahar byudjetlaridan) mablag‘ oluvchilarning byudjet hisobidan mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek kapital qurilish buyurtmachilarining shartnomalari g‘aznachilik bo‘linmalarida majburiy tartibda ro‘yxatga olinadi.

Bunda, byudjet mablag‘lari hisobidan byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish bo‘yicha tuzadigan shartnomalarida, qoidaga ko‘ra, 15 foiz miqdorda oldindan to‘lov amalga oshiriladi.

Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning ikkinchi tomon oldidagi yuridik majburiyatlari tuzilgan shartnomalar (kontraktlar), qonun hujjatlari (misol uchun yig‘imlar, badallar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha yuridik majburiyatlar) asosida yuzaga keladi.

Byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi, qoidaga ko‘ra, ular iqtisodiy tasnifning tegishli moddalari bo‘yicha xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, ajratilgan byudjet mablag‘lari bilan, kapital qo‘yilmalar xarajatlari bo‘yicha esa – har bir ob’ekt bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan kapital qo‘yilmalar bilan chegaralanadi.

Byudjetdan mablag‘ oluvchilar mahsulot yetkazib beruvchilar bilan vaqtinchalik smetada nazarda tutilgan summalardan oshmagan summalarga shartnomalar tuzadilar. Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning asosiy smetasi ro‘yxatga olingandan so‘ng, oldingi qabul qilingan yuridik majburiyatlar summasini hisobga olgan holda, oldingi shartnomalarga qo‘shimcha kelishuvlar tuzishi mumkin.

I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni to‘lash uchun naqd pul olishga so‘rovnomalar asosida ro‘yxatga olinadi.

Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjet mablag‘lari hisobidan shartnomalari faqat xarajatlarni qoplashga manbaning mavjudligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma va ushbu maqsadlarga ajratilgan byudjet mablag‘lari (limitlari) mavjud bo‘lgan xarid hajmigagina tuzilishi mumkin.

Byudjetdan mablag‘ oluvchilar bilan mahsulot yetkazib beruvchilar (pudratchilar) o‘rtasidagi shartnomalarning amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31 dekabridan kechikmagan muddatga tuzilishi lozim, bajarish muddati bir necha yilni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan (kapital qo‘yilmalarning bir necha yilga mo‘ljallanganligini tasdiqlovchi manzilli ro‘yxatlar asosida) kapital qo‘yilmalar (kapital qurilish, rekonstruksiya) bo‘yicha shartnomalar bundan mustasno.

Byudjetdan mablag‘ oluvchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagi talablarga rioya qilingan holda taqdim qilinadi:



  • 100 ming AQSh dollariga teng miqdordan kam bo‘lgan shartnomalarni mahsulot yetkazib beruvchini tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan eng yaxshi konkurs takliflarini tanlab olish hujjatlari ilova qilingan holda taqdim qilinadi. Bunda, konkurs takliflari tanlovini o‘tkazish, mahsulot yetkazib beruvchini tanlash bo‘yicha kamida ikkita konkurs taklifi bo‘lganda, qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari, konkurs takliflarini ko‘rib chiqish asosida konkurs takliflari tanlovi bayonnomasini rasmiylashtirish asosida amalga oshiriladi.

  • 100 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan miqdoridan ortiq bo‘lganda, qonunchilikka muvofiq o‘tkazilgan tender savdolari bo‘yicha hujjatlarni shartnomaga ilova qilgan holda taqdim qilinadi.

Byudjetdan mablag‘ oluvchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar bilan byudjet mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalar faqat ularning g‘aznachilik bo‘linmalarida majburiy ro‘yxatga olinganidan so‘ng kuchga kiradi.

Byudjetdan mablag‘ oluvchilar mahsulot yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzishda va ularni g‘aznachilik bo‘linmalariga ro‘yxatga olish uchun taqdim qilishda quyidagi talablarga amal qilishlari lozim: shartnomalar mahsulot yetkazib beruvchi va buyurtmachi (byudjetdan mablag‘ oluvchilar) tomonidan imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan imzolanadi va ikki tomonning muhrlari bilan tasdiqlanadi; buyurtmachi (byudjetdan mablag‘ oluvchilar) ning rekvizitlarida, shuningdek buyurtmachi (byudjetdan mablag‘ oluvchi) ning xarajatlari to‘lovi amalga oshiriladigan tegishli g‘azna hisobvarag‘i ham ko‘rsatiladi.

Byudjet mablag‘lari hisobidan, g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan g‘azna hisobvaraqlari orqali to‘lanadigan, byudjetdan mablag‘ oluvchilar bilan mahsulot yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarda tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlarini to‘ldirish namunalari mazkur kurs ishning 1- va 2–ilovalarida keltirilgan.

Shartnomani ro‘yxatga olish uchun byudjetdan mablag‘ oluvchi g‘aznachilik bo‘linmasiga shartnomaning ikki asl nusxasini va bitta ko‘chirma nusxasini taqdim qiladi. Shartnomalarga 3-ilovadagi shaklga muvofiq to‘lovlar jadvali ilova qilinishi hamda barcha o‘rnatilgan talablarga rioya qilish shart.

Byudjetdan mablag‘ oluvchilar shartnomalarni g‘aznachilik bo‘linmalariga ro‘yxatga olish uchun ular tuzilgandan so‘ng 20 ish kuni mobaynida, biroq joriy moliya yilining 25 dekabridan kechikmasdan taqdim etishlari lozim.

Byudjetdan mablag‘ oluvchi tomonidan shartnomalar tuzilib, 20 ish kuni o‘tgandan so‘ng taqdim qilingan hollarda, shartnoma byudjetdan mablag‘ oluvchiga g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatga olinmasdan qaytariladi.

G‘aznachilik bo‘linmalari shartnomalarni mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asl nusxalari va ko‘chirma nusxasining barcha varaqlariga ―Ro‘yxatga olingan‖ shtampini qo‘yish va ro‘yxatga olingan raqami va sanasi ko‘rsatilib, ularni g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli shaxsi imzosi va g‘aznachilik bo‘linmasining muhri bilan tasdiqlash orqali ro‘yxatga oladi.

Ro‘yxatga olingandan so‘ng, shartnomaning ikki asl nusxasi byudjetdan mablag‘ oluvchiga qaytariladi, ro‘yxatga olingan shartnomaning ko‘chirma nusxasi g‘aznachilik bo‘linmasida hisobga olish va saqlash uchun qoldiriladi.

Shartnomalar hisobi G‘aznachilik dasturiy majmuida elektron tarzda byudjetdan mablag‘ oluvchining nomi va rekvizitlari, shuningdek shartnoma summasi, uning raqami va tuzilgan sanasi, g‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan ro‘yxatga olingan raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalarini ro‘yxatga olish kitobida mazkur ishning 4ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha amalga oshiriladi.

Demak, yuridik majburiyat byudjet tashkiloti bilan kontragent o‘rtasida ma’lum bir muddatdan so‘ng ma’lum bir tovarni yetkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) to‘g‘risida shartnoma imzolanganidan va bu shartnoma tegishli tartibda G‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin vujudga kelar ekan.

Moliyaviy majburiyat esa ana shu shartnomaga muvofiq tovarlar yetkazib berilganidan (ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilganidan) keyin vujudga keladi. Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishini talab etadi. Masalan, schet-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari (akt priema-sdachi), ish haqi qaydnomalari (vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlar. Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga ega bo‘lgan mas’ul shaxslar tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi shart. Amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra byudjet tashkilotlari oldindan eng kamida 20 foiz to‘lovni amalga oshirishlari talab qilinadi.

Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish chog‘ida G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladigan nazorat quyidagilarni o‘z ichiga oladi (2.2-rasm):

Yuqorida ta’kidlangan ―Qoidalar‖ga muvofiq, Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning ikkinchi tomon oldidagi moliyaviy majburiyatlari ularga tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni hisoblash vedomostlari asosida qabul qilinadi8.

Moliyaviy majburiyatlar, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar, shuningdek sud qarorlari bo‘yicha to‘lovlar, yig‘imlar, badallar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan tashqari, oldin tuzilgan shartnomalar va yuridik majburiyatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar doirasida qabul qilinadi.

I va II guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar to‘lovi uchun naqd pul mablag‘larini olishga so‘rovnoma, shuningdek ushbu guruhlar xarajatlari bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari asosida ro‘yxatga olinadi.

G‘aznachilik bo‘linmalari g‘azna hisobvaraqlaridan to‘lov topshiriqnomalar asosida tashkilot va muassasalarni saqlash, markazlashtirilgan tadbirlarni o‘tkazish, kapital qo‘yilmalar va boshqa maqsadlar uchun to‘lovlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasi va kapital qo‘yilmalar limitlari doirasida amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli ―Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida‖9gi qaroriga muvofiq, byudjetdan mablag‘ oluvchilarni Davlat byudjetidan xarajatlarning to‘rt guruhi bo‘yicha moliyalashtirish tartibi belgilangan:


  1. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);

  2. Ish haqiga qo‘shimchalar;

  3. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq);

  4. Boshqa xarajatlar (oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va boshqa xarajatlar).

Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning I va II guruh bo‘yicha xarajatlar to‘lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda, I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari to‘lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi.

Tegishli byudjet bo‘yicha I va II guruh xarajatlari to‘lovi uchun g‘azna hisobvaraqlarida zarur mablag‘larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo‘lganda, I va II guruh xarajatlarini to‘liq amalga oshirgan tashkilotlar bo‘yicha IV guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lash tartibi sxematik tarzda 5-ilovada aks ettirilgan.

IV guruh ―Boshqa xarajatlar‖ bo‘yicha mablag‘larning sarflanishi o‘rnatilgan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi: ovqatlantirish; dori-darmonlar; kommunal xizmatlar; boshqa xarajatlar.

HG‘Hda ovqatlantirish xarajatlari bo‘yicha to‘lanmagan mablag‘lardan oshiqcha mablag‘lar mavjud bo‘lgan hollarda, ushbu oshgan mablag‘lar doirasida dori-darmonlar bo‘yicha (to‘rtinchi guruhning boshqa xarajat turlari bo‘yicha ham) xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Byudjet tashkilotlarining ishchilariga ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlari ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Byudjet tashkilotlarining shaxsiy hisobvaraqlarida chorak (yil) oxirida qolgan, iqtisod qilingan byudjet mablag‘lari (kapital qo‘yilmalarning to‘lovi uchun nazarda tutilgan ajratilgan mablag‘lar bundan mustasno) Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi va qonunchilikda belgilangan tartibda sarflanadi.

Iqtisod qilingan mablag‘larning o‘tkazilishi byudjet tashkilotlari tomonidan yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band qilinmagan ajratilgan byudjet mablag‘lari doirasida hisobot choragining keyingi oyi davomida amalga oshiriladi. Byudjet mablag‘larining iqtisodi tegishli o‘tgan davr uchun aniqlangan byudjet mablag‘lari limitlari va qabul qilingan yuridik majburiyatlar o‘rtasidagi farq doirasida aniqlanadi. Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar yuridik majburiyatlardan ortiq bo‘lgan hollarda, byudjet mablag‘larining iqtisodi tegishli o‘tgan davr uchun aniqlangan byudjet mablag‘lari limitlari va qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar o‘rtasidagi farq doirasida aniqlanadi.

Agar shartnomaga uning amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv tuzilmagan bo‘lsa, shartnomaning muddati tugashi bilan mahsulot yetkazib beruvchi (pudratchi) tomonidan tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish bo‘yicha majburiyatning bajarilishi tugatiladi. Bunda, amal qilish muddati joriy yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan shartnomalar muddatini uzaytirish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi (kapital qo‘yilmalar bo‘yicha shartnomalardan tashqari). Amal qilish muddati tugagan shartnomalar bo‘yicha mahsulot yetkazib beruvchilarning yetkazib bergan tovar (ish, xizmat)lari uchun kreditorlik qarzlari o‘rnatilgan tartibda hisobvaraq-fakturalar va o‘zaro qarzdorlikning solishtirma dalolatnomasi asosida to‘lab beriladi. Mahsulot yetkazib beruvchilardagi mavjud debitorlik qarzlari buyurtmachiga – byudjetdan mablag‘ oluvchining tegishli g‘azna hisobvarag‘iga qaytariladi.

Agar mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan o‘tgan moliya yilining debitorlik qarzlari keyingi yilda (keyingi yillarda) qaytarilsa, u holda g‘azna hisobvarag‘iga tushgan debitorlik qarzlari summasi tegishli byudjet daromadlariga tiklanadi.

Amaldagi shartnomalar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar miqdori ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlar summasiga nisbatan kam qabul qilinishi natijasida byudjet mablag‘larining iqtisodi yuzaga kelganda, byudjet tashkilotlari tegishli hisobot davri uchun shartnomalar summasini qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirish uchun, ularni kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv tuzishlari lozim.

Amal qilish muddati tugagan shartnomalar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar miqdori ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlar summasiga nisbatan kam qabul qilinishi natijasida byudjet mablag‘larining iqtisodi yuzaga kelgan xollarda, yuridik majburiyatlar summasi qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga buyurtmachi hamda mahsulot yetkazib beruvchi (pudratchi) o‘rtasidagi solishtirma dalolatnoma asosida muvofiqlashtiriladi.

Xulosa qilib aytganda, g‘aznachilikni joriy etish davlat moliyasini boshqarishning mavjud tizimini yanada takomillashtirishga ko‘maklashadi. G‘aznachilikdan o‘z vaqtida va muhim axborot olinishi tufayli Moliya Vazirligi tomonidan moliya tizimi hamda iqtisodiyotdagi qisqa muddatli kundalik holatlarni tezkor aniqlashga yordam bergan holda, byudjetning ta’sirchan rolini kuchaytiradi. Bunday tizimda byudjet bozorga doir ma’lumotlarga va yuzaga keladigan muammolarga monand ravishda munosabatda bo‘lish, nomaqbul holatlarning oldini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, davlat byudjetini samarali nazorat qilish va uning taqchilligini boshqarish ta’minlanadi.


Yüklə 132,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin