NAZARIY VA TASHKILIY -HUQUQIY ASOSLARI 1.1. Davlat byudjeti ijrosini tashkil etishning nazariy asoslari
Bugungi kunda davom etayotgan va tobora jiddiylashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi har bir mamlakat xukumati oldiga makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan izchil iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo‘ymoqda. ―Bunda samarali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan fiskal siyosat yuritish masalasi markaziy o‘rinni egallamoqda. Shu bilan birga umumiy iqtisodiy muvozanatni ta’minlashga yo‘naltirilgan yaxlit davlat siyosati bilan bog‘liq muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrumentlariga bog‘liq bo‘lmoqda‖1.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni, xususan, davlat moliyasini tubdan isloh qilish jarayonlarini davlat tomonidan boshqarish, monitoringini olib borish va nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi byudjet jarayonining muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan byudjetni ijro etishni tashkil etish dastak va vositalarini o‘rganishga bag‘ishlangan ekan, dastavval byudjet jarayonining bosqichlarini, ularda byudjetni ijro etishning zarurligi, ahamiyati va vazifalarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Avvalo, byudjet jarayoni tushunchasining mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, byudjet jarayoni - byudjet loyihasini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishi bilan bog‘liq bo‘lgan davlat hokimiyati va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda boshqa byudjet jarayoni ishtirokchilarining maqsadli faoliyatidir. Uning mazmuni mamlakatning davlat va byudjet qurilishi, tegishli vakolatli organlar va yuridik shaxslarning byudjet huquqlari bilan belgilanadi.
Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining quyidagi to‘rt bosqichini o‘z ichiga oladi (1.1-rasm):
byudjet loyihasini tuzish; byudjetni ko‘rib chiqish va tasdiqlash; byudjetni ijro etish;
byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash.
Byudjet jarayonining davomiyligi yuqoridagi to‘rt bosqichning barchasidan iborat bo‘lib, odatda, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yilga yaqini byudjet loyihasini ishlab chiqish, uni ko‘rib chiqish va tasdiqlashga, bir kalendar yili (1 yanvardan 31 dekabrgacha) byudjetni ijro etishga (byudjet yili) va sakkiz oyga yaqini byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to‘g‘ri keladi.
Byudjet jarayonini boshqarish va tashkil qilishda quyidagi vazifalarning bajarilishi talab etiladi2:
muvozanatlashtirilgan bozorga kirib borishda barqaror taraqqiyotga erishish maqsadida maksimal darajada moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish; alohida soliqlar va boshqa to‘lovlarning, shuningdek ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish prognozlari va maqsadli dasturlarning samarali bajarilishini ta’minlovchi byudjet daromadlarining umumiy hajmini aniqlash; byudjetda ko‘zda tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega barcha tadbirlarni uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda, byudjet xarajatlari va ularning umumiy hajmini belgilash;
iqtisodiyotdagi inflyatsion tendensiyalar va pul-kredit nobarqarorligini bartaraf etishga, milliy pul birligining barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan moliyaviy barqarorlashtirishning umumiy dasturini byudjet bilan
muvofiqlashtirish;
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan manbalar
hisobidan byudjet defitsitiga barham berish yoki uni qisqartirish; iqtisodiy mintaqalar, xo‘jalik sohalari va byudjetlar o‘rtasida davlat daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo‘li bilan turli darajadagi byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjetni tartibga solishni amalga oshirish;
keng masshtabli barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning balansliligi va proporsionalligini ta’minlashga imkon beradigan byudjetni o‘rta va uzoq istiqbolga mo‘ljallab rejalashtirishning rolini oshirish;
soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqarolar daromadlari va yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’minlash; zamonaviy elektron-hisoblash texnikalaridan keng foydalanish asosida va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish orqali byudjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar.
Byudjet jarayonini tashkil qilishda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi3:
yagonalik – yagona huquqiy baza, yagona byudjet tasnifi, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va hududlar byudjetlarini tuzishda statistik axborot tuzish uchun zarur bo‘lgan byudjet xujjatlari shaklining yagonaligi;
har bir qonun chiqaruvchi va ijroiya xokimiyati organi byudjet jarayonining mustaqilligi - o‘z daromad manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash huquqi bilan ta’minlanadi;
balans usuli – jami byudjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasida, shuningdek, moddiy va moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasida to‘g‘ri nisbatlarni belgilashni nazarda tutadi.
Byudjetni ijro etish uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagandan va mamlakat Prezidenti imzolagandan so‘ng boshlanadi. O‘zbekiston hukumati quyi ijroiya organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari bilan muvofiqlashtirilgan holda byudjet ijrosi tartibini tashkil qiladi. Byudjet jarayonining bu bosqichi o‘z ichiga byudjetning daromadlar va xarajatlar bo‘yicha ijro etishni qamrab oladi.
Byudjetni ijro etish ikkiyoqlama xarakterga ega bo‘lib, bir tomondan, soliqlar va boshqa to‘lovlarning turlari va manbalari bo‘yicha to‘liq va o‘z vaqtida tushib turishini ta’minlashni, ikkinchi tomondan, tegishli byudjet tasdiqlangan moliyaviy yil davomida byudjetda tasdiqlangan summalar doirasida barcha davlat tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlashni nazarda tutadi.
Byudjet ijrosi davomida davlat ishlab chiqarishni intensiv ravishda rivojlantirish va samaradorligini oshirish evaziga davlat moliyaviy resurslarining oshishidan, mablag‘larni sarflashda iqtisod rejimiga rioya qilinishidan, soliqli daromadlarning to‘liq jalb qilinishidan manfaatdordir.
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlashda quyidagi masalalar hal etiladi.
Byudjet ijrosiga oid bevosita ishlar Moliya vazirligi va uning tegishli bo‘linmalari hamda quyi organlari, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va ularning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, bu jarayonda Moliya vazirligining muhim tarkibiy tuzilmalaridan biri bo‘lgan Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari alohida o‘rin egallaydi.
G ‘aznachilik byudjet ijrosi bo‘yicha quyidagilarni amalga oshiradi: byudjet daromadlarining tushishini qayd etish;
byudjet majburiyatlarini, ya’ni qonunga muvofiq ravishda ma’lum muddat davomida vujudga keladigan xarajatlarni sarflash
majburiyatini qabul qilish muddatlari va hajmlarini tartibga solish;
ajratilgan byudjet majburiyatlari limiti doirasida xarajatlarni amalga oshirish huquqiga ruxsat yozuvlarini amalga oshirish; byudjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan to‘lovlarni amalga oshirish
va boshqa funksiyalar.
1.1-rasm. Byudjet jarayoni bosqichlari4
Byudjet ijrosi davomida amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar va byudjetning mablag‘lari G‘aznachilikning yagona hisobraqamlarida aks ettiriladi. Bu hisobraqam hamda G‘aznachilik hududiy bo‘linmalarining hisobraqamlari Markaziy bank va boshqa bank muasasalarida joylashgan. G‘aznachilik tizimi byudjet mablag‘lariga nisbatan kassaning yagonaligi prinsipini ta’minlaydi. Bu prinsip barcha daromadlar va byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushumlarni hamda ko‘zda tutilgan barcha xarajatlarni amalga oshirishni byudjetning yagona hisob varag‘idan amalga oshirilishini taqozo etadi. Mamlakat byudjet tizimining barcha darajadagi byudjetlari kassaning yagonaligi prinsipi asosida ijro etishlishi kerak.
Byudjetning daromadlar bo‘yicha ijro etilishi quyidagilarni ko‘zda tutadi:
daromadlarni byudjetning yagona hisobraqamiga o‘tkazish;
tasdiqlangan byudjetga muvofiq ravishda tartibga soluvchi
d aromadlarni taqsimlash; byudjetga ortiqcha to‘langan daromadlar summasini qaytarish;
byudjet daromadlarini hisobga olish va daromadlar to‘g‘risida
hisobotni tuzish.
Xarajatlar bo‘yicha byudjetlar ijrosi byudjetning yagona hisobraqamida byudjet mablag‘larining haqiqatda mavjudligi doirasida hamda moliyalashtirishning ketma-ket majburiy amalga oshiriladigan tartiblariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Byudjet xarajatlari ijrosining asosiy bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:
byudjet xarajatlari ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash; byudjet ajratmalari to‘g‘risidagi xabarnomani tasdiqlash va ularni byudjet mablag‘larini oluvchilar hamda taqsimlovchilarga yetkazish, shuningdek byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘larini
taqsimlovchilarning daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
byudjet majburiyatlarining limitlari to‘g‘risidagi xabarnomani tasdiqlash va uni byudjet mablag‘larini oluvchilar va taqsimlovchilarga yetkazish; byudjet mablag‘larini oluvchilarning pulli majburiyatlarini
qabul qilish.
Byudjet daromadlar qismining ijrosini O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi hamda ularning quyi organlari ta’minlaydi.
Ma’lumki, moliyaviy yil joriy yilning 31 dekabrida nihoyasiga yetadi. Byudjet majburiyatlarining limitlari ham o‘z harakatini 31 dekabrda to‘xtatadi. Odatda, 25 dekabrdan so‘ng pulli majburiyatlarning qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Byudjetning ijrosiga oid foydalanilgan hisob varaqlari 31 dekabrda yopilishi zarur. Bunda hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning 31 dekabrigacha Davlat byudjetiga to‘lanmagan daromadlar kelgusi yilda Davlat byudjetiga o‘tkazilishi kerak.
Tasdiqlangan byudjet mablag‘lari doirasida va xarajatlar smetasiga muvofiq davlat byudjeti mablag‘lari byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan moliya yili mobaynida bosqichma-bosqich, tayinlash sertifikatini muayyan davrga va tegishli summaga rasmiylashtirish yo‘li bilan:
respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar
bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan yoki mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha – tegishli moliya organlari tomonidan sarflanadi.
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlash jarayonida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va barcha darajadagi mahalliy byudjetlar shaxsiy hisob varaqlaridagi byudjet mablag‘lari qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablag‘i me’yorini shakllantirishga yo‘naltirilishi kerak. Qoldiqlarning aylanma kassa mablag‘i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda tegishli hokimliklarning qaroriga ko‘ra qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Byudjet tashkilotlarining g‘aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaraqlaridagi byudjet mablag‘lari qoldiqlari olib qo‘yilmasligi kerak va ular byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazilmog‘i lozim (kapital quyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno). Byudjet tashkilotlarining maxsus mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ayrim vaziyatlarda turli sabablarga ko‘ra, yil boshlangunga qadar kelgusi moliya yili uchun davlat byudjeti qabul qilinmasligi mumkin. U holda Davlat byudjeti qabul qilingungacha bo‘lgan davr ichida davlat xarajatlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda, amalga oshirilishi mumkin:
boshlangan moliya yilidagi xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda byudjet mablag‘larining avvalgi moliya yili so‘nggi 3 oyining uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda har oyda amalga oshirilmog‘i lozim; avvalgi moliya yilida qilinmagan byudjet xarajatlari amalga
oshirilmasligi kerak;
avvalgi moliya yilida amalda bo‘lgan soliqqa tortish va majburiy to‘lovlar to‘lash tartibi davlat byudjeti qabul qilingunga qadar o‘z kuchini yo‘qotmasligi zarur.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, davlat byudjeti moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan holda xarajatlarning umumiy summasi moliya yili davomida qabul qilingan davlat byudjeti ko‘rsatkichlariga muvofiqlashtirilishi kerak.
Ba’zi hollarda Davlat byudjetining ijrosi davomida byudjetdan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish zaruriyati paydo bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda byudjetdan ajratiladigan mablag‘larga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritish bir byudjet mablag‘lari oluvchisi uchun byudjet mablag‘larining kamaytirilishi boshqa byudjet mablag‘lari oluvchisi uchun byudjet mablag‘larining tegishli ravishda ko‘paytirilishini nazarda tutgan tartibda:
tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining 10 foizga qadari:
davlat byudjetida ko‘rsatib o‘tilgan byudjet mablag‘lari oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘lari oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘lari oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tegishli moliya organlarining taqdimnomasiga binoan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan (kapital quyilmalar moddalari bundan mustasno);
tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining 10 foizidan ortig‘i:
davlat byudjetida ko‘rsatib o‘tilgan byudjet mablag‘lari
oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan;
respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘lari oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘lari oluvchilar uchun – tegishli moliya organlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi hamda joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan (kapital quyilmalar moddalari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Davlat byudjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish alohida ahamiyatga ega. Shu sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari, agar muayyan harakatlari byudjet taqchilligining qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori darajasidan oshib ketishiga olib keladigan bo‘lsa, Davlat byudjeti daromadlarini qisqartiruvchi yoki xarajatlarini oshiruvchi biror-bir harakat qilishga haqli emaslar. Shunga mos ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti hamda mahalliy byudjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida ayrim turlar bo‘yicha byudjet daromadlarini qisqartirishga olib keluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori, agar unda boshqa turlar bo‘yicha daromadlarni ko‘paytirish va (yoki) byudjet xarajatlari tegishli miqdorda qisqartirilishi kerak bo‘lgan moddalar nazarda tutilgan taqdirdagina, qabul qilinishi va amalga kiritilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli byudjet xarajatlari qisqartirilishiga va (yoki) daromadlari ko‘payishiga olib keluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori qabul qilinganda hosil bo‘ladigan ortiqcha mablag‘lar mazkur qaror qabul qilingan darajadagi byudjetga mablag‘larni qayta taqsimlash uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olib qo‘yiladi.
Agar Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili davomida Davlat byudjetidan olingan byudjet mablag‘larini ko‘paytirish (kamaytirish) to‘g‘risida qaror qabul qilinadigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya organlari tomonidan tegishli darajadagi byudjetlar hajmiga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Xarajatlarni ko‘paytirish yoki ularni qisqartirish byudjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘z navbatida, byudjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Soliqlar va byudjet to‘lovlari intizomini mustahkamlash yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga tasdiqlangan ko‘rsatkichlardan tashqari tushgan qo‘shimcha daromadlar aylanma kassa mablag‘i me’yori tasdiqlanganidan kam bo‘lmagan miqdorda saqlanib qolgan taqdirda qabul qilingan byudjetdagidan tashqari xarajatlarga yo‘naltirilishi mumkin. Ushbu masalaga doir tegishli qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan qabul qilinadi.
Byudjet ijrosini ta’minlashda Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat byudjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi byudjetlarning qonun hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir. Shuning uchun ham davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar yil mobaynida davlat daromadlari ancha qisqargan va davlat byudjetining oldindan belgilangan taqchilligi qonun hujjatlarida belgilangan chegara miqdoridan oshadigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetining xarajatlarini alohida moddalar bo‘yicha qisqartirish to‘g‘risida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taklif kiritadi.
Turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni to‘g‘rilash maqsadida moliya yili davomida ularga tegishli byudjetlardan byudjet ssudalari ajratilishi mumkin. Byudjet ssudalarini berishning eng kech muddati va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Shuningdek, turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik farqni moliya yili davomida aylanma kassa mablag‘i me’yori hisobiga uni moliya yili oxirigacha tasdiqlangan hajmga qadar tiklagan holda, byudjet mablag‘larining foydalanilmagan qoldiqlari hisobiga va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hisobiga ham qoplash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |