takomillashtirish yo‘llari
Yana bir taktik masala to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq: G‘aznachilik idoralarining asosiy vazifalaridan biri – bu byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi. ―Byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish‖ga g‘aznachilik organlari va byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilari hamkorligida Davlat byudjeti pul mablag‘larini uning daromadlari va xarajatlari mutanosibligini ta’minlagan holda rejalashtirish va boshqarish usulisiz erishib bo‘lmaydi. Shu sababli mantiqiy zanjir tarzida o‘zaro bog‘liq mazkur vazifalar bilan bog‘liq qoidalar bir qator muhim me’yoriy hujjatlarda alohida belgilab qo‘yilganligi bejiz emas.
Davlat byudjeti g‘azna ijrosi borasidagi tajriba va so‘z borayotgan vazifaning bugungi kundagi ijrosi bilan bog‘liq zaruriy shartsharoitlar evaziga ishlab chiqilgan muhim qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 17 iyunda 2112-son bilan ro‘yxatga olingan ―Davlat byudjetining pul mablag‘larini rejalashtirish va boshqarish tartibi to‘g‘risida‖gi Nizomda belgilab qo‘yildi hamda amaliyotga joriy qilinmoqda.
Ushbu muhim vazifalar Davlat byudjeti ijrosi bir necha ishtirokchisining birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshirilishi yangi tartibning o‘ziga xos jihatlaridan hisoblanadi hamda o‘z navbatida har bir ishtirokchidan o‘z vaqtidagi va qat’iy ijroni taqozo qiladi, shunda hozircha amaliyotda kuzatilayotgan ayrim salbiy holatlar (masalan, hududiy davlat soliq xizmati idoralari tomonidan ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim qilinmasligi va boshqalar) oldi olinsa, butun jarayon kechikishi vujudga kelmaydi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, g‘aznachilik bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan eng asosiy vazifalar qatoriga byudjetdan mablag‘ oluvchilar shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’iy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish, xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida tovarlar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi)larning bevosita hisob raqamlariga byudjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash kiradi. Biroq byudjetdan mablag‘ oluvchining xarajatlar smetasida belgilangan mablag‘ doirasida shartnoma imzolanmaydigan va imzolanadigan yo‘nalishlarda yuridik majburiyatlar qabul qilingan yoki ushbu yuridik majburiyatlarning ikkinchi ko‘rinishi yuzasidan tovarlar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi)lar taqdim qilgan turli hisob-kitob hujjatlari asosida moliyaviy majburiyatlar qabul qilingan sharoitlarda to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘ tanqisligi muammosini ko‘pincha ushbu paytda tegishli mahalliy byudjetda vaqtinchalik kassa uzilishlari oqibatida yetarli mablag‘ bo‘lmasligi omili keltirib chiqishi holati amaliyotda ko‘p kuzatilishi barchamizga ma’lum. Shu sababli byudjetdan mablag‘ oluvchining xarajatlar smetasida belgilangan mablag‘ doirasida shartnoma imzolanmaydigan yoki imzolanadigan muayyan xarajat turining ma’lum bir davr (yil yoki oy) uchun summasidan shu davr bo‘yicha sarflanishi mumkin bo‘lgan qismini xarajatlar smetasidan emas, balki mahalliy byudjet bo‘yicha kutilayotgan daromadlar prognozi asosidagi kassali rejalashtirishdan (soddaroq aytganda, mavjud imkoniyatdan) kelib chiqib oldindan belgilab qo‘yish tartibi iqtisodiyotda majburiyatlarning bajarilmay qolishi, xo‘jalik aloqalari va to‘lov intizomi buzilishi, nizolar va ular asosida ortiqcha moliyaviy sanksiyalar yuzaga kelishi, shuningdek, debitorlik qarzlarini undira olmagan tomonning soliqlarni o‘z vaqtida to‘lay olmaslik va boshqa masalalarda qiyinchiliklarga duchor bo‘lishi kabi bir qator salbiy holatlarning oldini oladi.
Davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar pul oqimini rejalashtirishning asosiy maqsadi Davlat byudjeti pul mablag‘larini boshqarish uchun asoslangan hisob-kitoblar ko‘rinishida poydevor bo‘lib xizmat qilish bo‘lsa, o‘z navbatida Davlat byudjeti pul mablag‘larini boshqarishning maqsadlari quyidagilardan iborat:
byudjetlarning daromadlar va xarajatlari o‘rtasidagi
vaqtinchalik kassa uzilishlarini operativ bartaraf etish;
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish;
hududiy (respublika) g‘azna hisobvaraqlaridagi pul mablag‘laridan samarali foydalanish.
Nizomga ko‘ra aniq belgilab berilgan tushuncha – kassali rejalashtirishning mazmuni tushumlarning hajmi va manbalari, shuningdek, to‘lovlarning yo‘nalishi va maqsadlari bo‘yicha respublika va mahalliy byudjetlar kassa rejalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladigan hududiy (respublika) g‘azna hisobvaraqlari orqali o‘tadigan pul mablag‘larining aylanmasini rejalashtirish va boshqarishdan iborat.
Davlat byudjeti ijrosi uchun yangi jarayonni ifodalovchi tushunchalardan biri – xarajatlar to‘lovi ruxsatnomasi (tayinlash sertifikati) (XTR) – xarajatlar to‘lovi ruxsatnomasida ko‘rsatilgan vaqt davridan boshlab, uning doirasida byudjetdan mablag‘ oluvchi yuridik majburiyatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan g‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchiga beriladigan byudjetdan ajratilgan mablag‘lar summasini aks ettiradigan hujjat. Ajratilgan XTR summasi moliya yilining oxirigacha haqiqiy hisoblanadi.
Respublika va mahalliy byudjetlarning yillik kassali rejalashtirilishi tegishli byudjetlarning oylik daromadlar va xarajatlar yoyilmasiga asosan amalga oshiriladi. Nizom orqali joriy kassali rejalashtirilish bilan bog‘liq amaliyotga kiritilgan yangiliklardan biri sifatida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchilarga XTR berilishi asosida respublika va mahalliy byudjetlar ijrosi amalga oshiriladigan sharoitda ushbu ikki darajadagi byudjetlarning oylik daromad prognoziga asosan kassali rejalashtirilishi uchun zarur axborot – kutilayotgan daromadlar tushumi to‘g‘risidagi tezkor (operativ) ma’lumotlardan foydalanilishini alohida ta’kidlab o‘tish kerak.
Hozirgi kunda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda byudjetlarning daromadlar va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini bartaraf etish uchun G‘aznachilik bo‘linmalari tegishli byudjet bo‘yicha mavjud shartsharoitlardan kelib chiqqan holda o‘zlari uchun belgilangan quyidagi imkoniyatlardan samarali va o‘z o‘rnida foydalanishlari muhim ahamiyat kasb etadi:
g‘azna hisobvaraqlaridagi aylanma kassa mablag‘larini belgilangan tartibda ishlatish;
tegishli byudjetlar tomonidan byudjet ssudalari olinishi tashabbusi bilan chiqish;
mablag‘larni jalb qilishda qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa manbalardan (respublika byudjeti bo‘yicha) foydalanish.
Davlat byudjeti pul mablag‘larini boshqarish borasida Nizomdagi alohida ahamiyatli qoidalardan biri shuki, daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi kassa uzilishlarini bartaraf etish maqsadida XTR faqat tegishli davrda HG‘H (RG‘H)ga tushishi kutilayotgan summalar doirasida (ya’ni, ―daromadga qarab buromadtamoyilida) beriladi.
Yuqoridagilarning barchasi, toki davlat mavjudligi uning vazifalari bilan bilan bog‘liq ulkan xarajatlarning hamda ularning moliyaviy manbasi bo‘lmish daromadlarning mutanosibligiga bog‘liq bo‘lar ekan, Davlat byudjetining pul mablag‘larini rejalashtirish hamda boshqarish tartibini doimiy tadqiq qilish va takomillashtirishni taqozo qilishini ko‘rsatadi.
XULOSA
Ma’lumki, 2013 yil 18 yanvar kuni O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2012 yil yakunlari va 2013 yil istiqbollariga bag‘ishlangan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov―Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish nomli ma’ruza qildilar va unda bugungi kundagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotdagi dolzarb muammolar ochib berildi hamda yaqin va o‘rta istiqbolda mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlari belgilab berildi. Prezident tomonidan ushbu ma’ruzada juda murakkab kechgan 2012 yilda ham maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar natijasida byudjet daromadlarining xarajatlardan ortish hajmi YaIMning 0,4 foizi darajasida bo‘lishiga erishildi. Umuman olganda, davlat byudjeti sohasidagi bunday natijalarni qo‘lga kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-bosqich isloh etish va erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo‘lgan bir qancha vazifalarni xususiy sektorga o‘tkazish orqali davlat byudjeti xarajatlarini optimallashtirish ... kabi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatdi10.
Mazkur kurs ishda asosan g‘aznachilik sharoitida davlat byudjetining samarali ijrosini ta’minlash masalalari, g‘aznachilikning faoliyat mexanizmi va uning faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rganildi.
Izlanishlarimiz asosida shakllangan hulosalarimiz quyidagilardan iborat:
Birinchidan, davlat moliyasini isloh qilish doirasida davlat byudjetining g‘azna ijrosini joriy etish, byudjet mablag‘larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini nazorat qilish jarayonlari mukammallashib, takomillashib borayotgan bugungi davrda davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga byudjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlarning ta’sirchan ishlashini ta’minlash zarur.
Ikkinchidan, byudjet ijrosining bir necha yillik ijrosi ma’lumotlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat byudjeti hali ham fuqarolarning Konstitutsiyamiz bilan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirish tadbirlarining asosiy moliyaviy bazasi bo‘lib kelmoqda. 2010-2013 yil byudjet parametrlari tahlili asosida davlat byudjetining qariyb 59-60 foiz mablag‘lari ijtimoiy sohalarni saqlash va aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilganligini ko‘rish mumkin.
Uchinchidan, davlat byudjeti (byudjetdan tashqari fondlar bilan birgalikda) orqali mamlakatimizda ishlab chiqarilgan YaIMning qariyb 34-35 foizi qayta taqsimlanadi. Shunday ekan, barcha jamiyat a’zolarining mablag‘lari hisobiga shakllanayotgan byudjet mablag‘larini samarali ishlatish, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga, ijtimoiy muammolarni yumshatishga, aholi bandligini oshirishga, unga yetarli yashash va mehnat sharoitlarini yaratishga, mehnat haqi darajasini oshirishga va bu bilan mehnatga mas’uliyat va qiziqishni rag‘batlantirishga sarflash lozim.
To‘rtinchidan, mamlakatda iqtisodiy faollikka davlat tomonidan aralashuvning qiymat vositalaridan biri davlat byudjetidir. Shubhasiz, pul mablag‘larini yo‘naltirishning byudjet usuli ularning aniq manzilli bo‘lishini ta’minlaydi, lekin bu usul salbiy oqibatlarga ham olib kelishini yaqin o‘tmish amaliyoti ko‘rsatdi. Bozor iqtisodiyoti amal qilishining jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, byudjet mablag‘larini ajratish shaklidagi davlatning moliyaviy yordami kuchsiz korxonalarga emas, aksincha, iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan baquvat korxonalarga beriladi. Byudjet mablag‘larini esa xo‘jalik faolligining katalizatori sifatida ishlatish maqsadga muvofiq..
Beshinchidan, tahlillarning ko‘rsatishicha, davlatning iqtisodiyotga yo‘naltirilgan xarajatlari kamayib borish tendensiyasiga ega, lekin bu xarajatlarni moliyalashtirishdan to‘liq voz kechish ham maqsadga muvofiq emas. Xatto taraqqiy topgan bozor sharoitida ham davlat mablag‘larini jalb qilish talab qilinadigan sohalar, tarmoqlar amal qiladi. Bu iqtisodiyotning davlat sektorining ma’lum darajada saqlanib qolishi bilan va bu sektorga davlat kapital qo‘yilmalarini safabar etish zarurligi bilan izohlanadi. Shu munosabat bilan davlatning imkoniyatlaridan foydalanib davlat markazlashgan investitsiyalarining sifat tarkibini yaxshilash, mablag‘larni yuqori samarali sohalarga yo‘naltirish, ularni hududlarni iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga safarbar qilish, ekologik maqsadlarga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning maqsadga muvofiq ishlatilishini ta’minlash zarurdir.
Oltinchidan, ma’lumki, uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish aholi turmush darajasini belgilovchi asosiy omillardan hisoblanadi. Keyingi yillarda barchamiz uchun muhim hayotiy ahamiyat kasb etuvchi mazkur sohada yechimini kutayotgan jiddiy muammolar nisbatan barqaror saqlanib qolmoqda. Bu muammolarni faqat byudjet mexanizmlari bilangina yechish imkoniyatlari chegaralanganligi sharoitida kommunal sohani yanada isloh qilish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, bug‘qozonlarni va issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish, bu dasturni moliyaviy ta’minlash masalalarini hal qilish orqali kommunal sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sifati va darajasi oshirish, energiya resurslari tejamkorligini ta’minlash, kommunal xizmat ko‘rsatish xodimlarining mas’uliyatini oshirish, uy-joy kommunal xo‘jaligi faoliyatini takomillashtirish lozim;
Yettinchidan, davlat byudjetining yarmidan ko‘p xarajatlari ijtimoiy maqsadlarga sarflanar ekan, bu xarajatlar oxir-oqibat insonlarning farovon hayotiga, salomatligiga, bilim darajasining yuqori bo‘lishiga, bandlikning ta’minlanishiga, qulay mahnat sharoitlarining yaratilishiga xizmat qilmog‘i lozim, toki oddiy insonlarda olib borilayotgan islohotlarning ijobiy samarasiga bo‘lgan ishonch mustahkamlansin, islohot - islohot uchun emas, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ―inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash uchun‖ ekanligini har bir fuqaro yurakdan xis qilsin.
Dostları ilə paylaş: |