2.2. Transkripsiyadan keyingi regulyatsiya
Gen transkripsiyasi amalga oshgandan keyin ham gen ekspressiyasining regulyatsiyasi turli darajada davom etishi mumkin.
Baʼzi transkriptlar alternativ splaysing jarayonidan oʻtadi, bunda bitta tRNKdan har xil iRNK va oqsil hosil boʻladi.
Baʼzi iRNKlar kichik oʻlchamdagi regulyator mikroRNKlar nishoniga aylanadi, bu esa ularning parchalanishiga yoki translyatsiyaning bloklanishiga sabab boʻladi.
Oqsillarning faolligi regulyatsiyasi translyatsiyadan keyin ham amalga oshirilishi mumkin, masalan, aminokislotalarni olib tashlash yoki kimyoviy guruhlar qoʻshish orqali.
Eukariot hujayralarda faol holatda boʻlgan genlar ularning oʻziga xosligi va xususiyatlarini belgilashda katta ahamiyatga ega. Misol uchun, koʻzdagi fotoretseptor hujayralar yorugʻlikka nisbatan sezgir, chunki bosh miyaga signal yetkazib beruvchi nerv hujayralaridagi neyromediator genlari faol boʻlgani singari, fotoretseptor hujayralarda yorugʻlik sezuvchi oqsillarning genlari faol holatda boʻladi.
Fotoretseptorlar singari eukariot hujayralarda gen ekspressiyasi dastlab transkripsiya bosqichida regulyatsiya qilinadi. Ammo bu transkripsiya regulyatsiyaning soʻnggi bosqichi degani emas. Gen ekspressiyasi regulyatsiyasi keyingi bosqichlarida ham davom etishi mumkin. U quyidagicha boʻladi:
Splaysing, qalpoq va poli-A dum biriktirish kabilarni oʻz ichiga oluvchi RNK protsessing jarayoni
Informatsion RNK (iRNK) translyatsiyasi va sitozoldagi yashash vaqti
Oqsil modifikatsiyalari (kimyoviy guruhlar biriktirish)
Quyidagi boʻlimlarda RNK transkripsiyasidan keyin sodir boʻladigan gen regulyatsiyasining umumiy turlari haqida gaplashamiz.
RNK protsessingi regulyatsiyasi
Eukariot hujayra geni yadroda transkripsiya qilingach, hosil boʻlgan birlamchi (yangi sintezlangan) RNK hali yetilmagan hisoblanadi. Bunday molekula pre-iRNK deb nomlanadi.
Pre-iRNK bir qancha kimyoviy modifikatsiyalardan keyin yetilgan iRNKga aylanadi va translyatsiya jarayonini amalga oshirish uchun yadrodan tashqariga chiqariladi. Bu splaysing, qalpoq va poli-A dum biriktirish kabilarni oʻz ichiga oladi. Bu jarayonlar regulyatsiya qilinishi – tezlashtirilishi, sekinlashtirilishi yoki yangicha mahsulot olish uchun oʻzgartirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |