I bob. Dnk replikatsiyasining molekulyar mexanizmi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə15/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#128876
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Azimjon

RNK stabilligi. Sitozoldagi iRNK molekulasining umr koʻrish muddati undan qancha oqsil ishlab chiqarilishiga taʼsir qiladi. miRNK deb nomlangan kichik tartibga soluvchi RNKlar iRNKlarga bogʻlanib, ularning parchalanishiga sabab boʻlishi mumkin.

  • Translyatsiya. iRNK translyatsiyasi regulyatorlar tomonidan kuchaytirilishi yoki susaytirilishi mumkin. Masalan, miRNKlar baʼzan oʻzining nishoni boʻlgan iRNKlarning translyatsiyasini (parchalashdan koʻra) bloklab qoʻyadi.

  • Oqsillar aktivligi. Oqsillar turli modifikatsiyalarga uchrashi, yaʼni parchalanishi yoki turli kimyoviy guruhlar biriktirishi mumkin. Bu modifikatsiyalar regulyatsiya qilinishi va oqsillar aktivligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin.

    Gen ekspressiyasining barcha bosqichlari regulyatsiya qilinishi mumkin boʻlsa-da, koʻplab genlar uchun asosiy nazorat nuqtasi – transkripsiya. Regulyatsiyaning keyingi bosqichlari koʻpincha transkripsiya paytida genlarda yuzaga kelgan “qoʻpol” xatoliklarni toʻgʻrilaydi.
    Toʻliq maʼlumot uchun transkripsiya faktorlari va transkripsiyadan keyingi regulyatsiya maqolasi bilan tanishing.

    Gen regulyatsiyasidagi tafovutlar koʻp hujayrali organizmdagi hujayralarni (masalan, odam hujayralari) funksiyasi va tuzilishining oʻziga xos boʻlishini taʼminlaydi. Agar kengroq olib qarasak, genlar regulyatsiyasi nisbatan oʻxshash genlar ketma-ketligiga ega turlar orasidagi shakl va vazifalardagi ayrim farqlarni tushuntirishga yordam beradi.
    Masalan, odam va shimpanze genomi DNK darajasida 98,8%98,8%start text, 98, comma, 8, end text, percent bir-biriga oʻxshaydi. Ayrim genlarning oqsillarni kodlash ketma-ketligi odamlar va shimpanzelarda farq qiladi, bu turlar oʻrtasidagi farqlarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, tadqiqotchilar genlar regulyatsiyasidagi oʻzgarishlar ham odam va shimpanzening bir-biridan farq qilishida katta rol oʻynaydi deb hisoblaydi. Masalan, shimpanze genomida boʻlgan, ammo inson genomida boʻlmaydigan DNK zanjirida regulyatsiya ketma-ketlik mavjud boʻlib, ular gen qachon yoki qay darajada ekspressiya qilinishini boshqaradi.

    Yüklə 1,87 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin