Eng koʻp tarqalgan post-translyatsion modifikatsiyalardan biri bu fosforillanish hisoblanadi, bunda oqsilga fosfat guruhi birikadi. Fosforillanish xususiyati oqsillar oʻrtasida oʻzgaruvchan hisoblanadi: baʼzilari fosforillanish natijasida aktivlanadi, boshqalari esa aktivligini yoʻqotadi va yana baʼzilari oʻz faoliyatini oʻzgartiradi (boshqa moddalar bilan taʼsirlashadi yoki hujayraning turli qismiga yoʻnaladi).
21 – rasm
Rasmda fosfat guruhi birikkan oqsil tasvirlangan, unda manfiy zaryadga ega boʻlgan fosfat guruhining kimyoviy strukturasi keltirilgan.
Bunga misol sifatida eIF-2 ning fosfat guruhi bilan taʼsirlashishi natijasi (translyatsiya bloklanishi)ni yuqorida koʻrib oʻtdik. Lekin aksariyat oqsillar hujayradagi vazifasiga bogʻliq ravishda tanlanib, fosforillanadi.
Ubikvitinlash
Oqsillarga ubikvitin deb nomlangan kimyoviy yorliq birikishi orqali ularning parchalanishi belgilanadi. Ubikvitin bilan nishonlangan oqsillar “qayta ishlash markazi” boʻlgan proteosomaga joʻnatiladi va tarkibiy qismlarga parchalanadi. Ubikvitinlash hujayrada oqsil miqdori doimiyligini nazorat qilishning muhim usuli hisoblanadi.
22 – rasm
Oqsilning ubikvitin bilan nishonlanishi qanday amalga oshadi va oqsil qanday qilib parchalanadi? Dastlab ubikvitin oqsilga birikadi. Keyin oqsil proteosomaga yoʻnaladi va u yerda parchalanib, qayta ishlov berish uchun qismlarga ajraladi.
XULOSA Demak DNK sintezini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu jarayon ko‘p hujayrali organizmlarda interfaza bosqichida bo‘lib o ‘tadi. DNK molekulasining replikatsiyasi to ‘g‘risida uch xil faraz ilgari surilgan. Bular konservativ — turg‘un, polikonservativ — yarim turg‘un va dispersion farazlardir. Konservativ farazga ko‘ra replikatsiya davrida DNK molekulasidagi qo‘sh spiral o ‘zgarmaydi, shu holatda u o’ziga aynan o'xshash molekulani sintezlaydi. Binobarin ikki D N K molekulasining biri eski, ikkinchisi to‘lig‘icha yangi bo‘ladi. Yarim konservativ faraz bo‘yicha replikatsiya davrida DNK molekulasining qo‘sh zanjiri bir-biridan ajralib ikkiga bo‘linadi va har bir zanjir komplementar zanjirning hosil bo‘lishi uchun matritsa vazifasini o ‘taydi. Natijada hosil bo‘lgan ikkita DNK qo‘sh zanjirining biri eski, ikkinchisi yangi bo‘ladi. Replikatsiyaning dispersion usulda DNK molekulasining ikkilanish jarayonida hosil qiluvchi zanjirlar uzilib parchalanadi. Shundan so‘ng har bir DNK fragmenti o ‘ziga o ‘xshash fragmentni hosil qiladi va ular o‘zaro birlashib yangi DNK molekulasining tiklanishiga sababchi bo‘ladilar.
Genetik reparatsion sistema alohida fermentlar kolleksiyasidan tashkil topgan. Shunday fermentlar qatoriga DNK endonukleazalar, DNK polimeraza, DNK ligaza fermentlari kiradi. DNKning ayrim qo‘sh zanjirining bir tomonida shikastlanish fotoliaza, markazda esa DNK qo‘sh zanjirining birida shikastlangan nukleotidlar endonukleaza fermenti faolligida olib tashlanishi, DNK polimeraza fermenti ishtirokida esa “teshikcha”ga yangi nukleotidlar joylashtirilganligi, hamda tuzatilgan nukleotidlar saytidagi uzilish DNK — ligaza yordamida tikib qo‘yilishi berilgan. Rasmning o‘ng tomonida DNK replikatsiya mobaynida shikastlangan alohida-alohida DNK zanjirlari o‘zaro rekombinatsiyalanishi tufayli komplementarlik prinsipiga ko‘ra shikastlangan qismlar tiklanganligi ko‘rsatilgan.