I bob. Dnk replikatsiyasining molekulyar mexanizmi


DNK replikatsiyasining boshlangʻich nuqatasi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə5/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#128876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Azimjon

DNK replikatsiyasining boshlangʻich nuqatasi
DNK polimeraza va boshqa replikatsiya faktorlari qaysi nuqtadan boshlashni qanday belgilaydi? Replikatsiya har doim replikatsiya boshlanish nuqtasi deb nomlangan maxsus ketma-ketlikdan boshlanadi.
Barcha bakteriyalardagi singari E. coli hujayrasining xromosoma tarkibida bunday nuqta bitta va 245245245 juft asosni oʻz ichiga oladi. A/T asos juftliklarining koʻproq (chunki bu juftlik G/S juftligiga qaraganda kamroq vodorod bogʻi tutadi) boʻlishi zanjirning oson ajralishiga yordam beradi.
Boshlanish nuqtasini tanib oluvchi oqsillar unga birikadi va DNKning ochilishi boshlanadi. DNK ochilishi jarayonida ikkita Y shaklidagi replikatsiya vilkasi hosil boʻladi, ikkalasi zanjirning ikki tomonida birgalikda replikatsiya pufagini hosil qiladi. Replikatsiya davomida replikatsiya vilkalari qarama-qarshi yoʻnalishda harakat qiladi.

3 – rasm Diagramma “Reece et al”dagi chizmaga asoslangan. 22squared.


Bakterial xromosoma. Aylana shaklidagi bakteriya xromosomasining ikki qatorli DNKsi replikatsiyaning boshlanishida ochilib, replikatsiya pufakchasini hosil qiladi. Pufakchaning har bir uchi replikatsiya vilkasi – Y shaklidagi birlashma boʻlib, unda ikki qatorli DNK ikkita bir qatorli shaklga boʻlinadi. Har bir ip uchun qoʻshimcha DNK har bir replikatsiya vilkalarida sintezlanadi. Ikkita replikatsiya vilkasi bakterial xromosoma boʻylab qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib, ikkala uchida borgan sari kattalashib boradigan replikatsion pufakchani hosil qiladi.
Replikatsion vilkalarda replikatsiya jarayoni qanday kechadi? Helikaza – boshlanish nuqtasida ish boshlovchi ilk ferment33cubed. Helikazaning vazifasi DNKni “ochish” (azotli asos juftliklari orasidagi vodorod bogʻlarini uzish) orqali replikatsiya vilkalarini oldinga siljitishdan iborat.
Bir qatorli bogʻlovchi oqsillar deb ataladigan oqsillar replikatsiya vilkalarining atrofida DNKning ajratilgan zanjirlarini alohida-alohida qoplaydi va bu ularning bir-biriga (qayta spiral shaklida) oʻralishiga toʻsqinlik qiladi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin