I – BOB. DNK REPLIKATSIYASINING MOLEKULYAR MEXANIZMI 2.1 DNK replikatsiyasi
DNK replikatsiyasi yarim konservativ hisoblanadi. Qoʻsh spiralning har bir zanjiri oʻziga komplementar yangi zanjir sintez qilinishi uchun andoza boʻlib xizmat qiladi.
Bu jarayon natijasida bitta boshlangʻich molekuladan ikkita “qiz” molekula hosil boʻladi va har bir yangi hosil boʻlgan qoʻsh spiral bitta yangi va bitta eski ipdan iborat boʻladi.
1 - rasm
Uotson va Krikning DNK replikatsiya modeli sxemasi.
DNK qoʻsh spirali.
Vodorod bogʻlari uzilishi va spiralning ochilishi.
DNKning har bir zanjiri yangi, komplementar zanjir sintezi uchun andoza boʻlib xizmat qiladi.
Replikatsiya natijasida bitta eski va bitta yangi zanjirga ega boʻlgan ikkita bir xil qoʻsh spiral hosil boʻladi.
Qaysidir maʼnoda, DNK replikatsiyasi shuning oʻzidangina iborat! Ammo aslida bu jarayonning eng qiziq tomoni uning hujayrada qanday amalga oshirilishidir.
Hujayralar DNKni juda tez va juda kam xatolar bilan nusxalashi kerak (aks holda, saraton xavfi paydo boʻladi). Buning uchun hujayralar DNK replikatsiyasining muammosiz va aniq bajarilishini taʼminlash maqsadida birgalikda faoliyat koʻrsatuvchi turli xil ferment va oqsillardan foydalanadi.
DNK polimeraza DNK replikatsiyasidagi eng asosiy molekulalardan biri DNK polimeraza fermenti hisoblanadi. DNK polimeraza DNK sinteziga javobgar: u andoza zanjirdagi ketma-ketlikka asosan yangi hosil boʻlayotgan DNK zanjiriga nukleotidlarni bittadan biriktiradi.
2– rasm. DNK polimiraza
DNK polimerazaning asosiy xususiyatlari:
DNK zanjirini noldan boshlab sintezlay olmaydi, ammo oldindan mavjud boʻlgan zanjir yoki praymer deb nomlanuvchi qisqa nukleotid fragmentlaridan foydalanadi.
Ular tahrir qiladi yoki oʻz ishlarini qayta tekshirib, zanjirga tasodifan qoʻshilgan “notoʻgʻri” nukleotidlarning katta qismini olib tashlaydi
Yangi hosil boʻlayotgan zanjirga nukleotidlar qoʻshilishi energiya talab qiladi. Bu energiya nukleotidning oʻzidan kelib chiqadi, ularga uchta fosfat birikadi (ATF molekulasi kabi). Fosfatlar orasidagi bogʻ uzilganda, ajralib chiqadigan energiya nukleotid va oʻsib borayotgan zanjir oʻrtasidagi bogʻlanish uchun ishlatiladi. (Polimerlash reaksiyalari 1- ilova) E. coli kabi prokariot hujayralarda DNK replikatsiyasini amalga oshiruvchi ikkita asosiy DNK polimerazasi mavjud: DNK polimeraza III (asosiy DNK hosil qiluvchi) va DNK polimeraza I (qoʻshimcha yordamchi vazifasini bajaradi).
1.2. DNK replikatsiyasining boshlangʻich nuqatasi