Kalorimetrik o‘lchashlar uchun Bekman Termometrini sozlash Bekmanning metastatik termometri temperaturaning kam o‘zgarishlarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bekman termometri kapillyarining yuqori qismida simob uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha rezervuar borligi uni oddiy termometrlardan farqlaydi. Ushbu qo‘shimcha rezervuar termometrning pastdagi asosiy rezervuarida simobning miqdorini o‘zgartirishga va shu orqali o‘lchanishi mumkin bo‘lgan temperaturalar oralig‘ini kengaytirishga imkoniyat beradi. Bekman termometrining 25-30 sm uzunlikdagi shkalasi 5-6 gradusga mos keladi va har bir gradus 0,01 ga teng bo‘laklarga bo‘lingan bo‘ladi. Shuning uchun lupadan foydalanib 0,002-0,003 gradus aniqlikda o‘lchashlar o‘tkazish mumkin. Ishni boshlashdan avval termometr kapillyaridagi simob sathi tajriba o‘tkazilayotgan temperaturada termometr shkalasi chegarasida bo‘lishiga erishish kerak. Buning uchun pastki rezervuardan ortiqcha simob yuqoridagi qo‘shimcha rezervuarga yoki aksincha, agar yuqoridagi rezervuarda ortiqcha simob bo‘lsa, pastki asosiy rezervuarga o‘tkaziladi.
Kalorimetrik o‘lchashlar uchun Bekman termometrini sozlash Bekman termometri Bekmanning metastatik termometri temperaturaning kam o‘zgarishlarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bekman termometri kapillyarining yuqori qismida simob uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha rezervuar borligi uni oddiy termo-metrlardan farqlaydi. Ushbu qo‘shimcha rezervuar termometrning pastdagi asosiy rezervuarida simobning miqdorini o‘zgartirishga va shu orqali o‘lchanishi mumkin bo‘lgan temperaturalar oralig‘ini kengaytirishga imkoniyat beradi. Bekman termometrining 25-30 sm uzunlikdagi shkalasi 5-6 gradusga mos keladi va har bir gradus 0,01 ga teng bo‘laklarga bo‘lingan bo‘ladi. Shuning uchun lupadan foydalanib 0,002-0,003 gradus aniqlikda o‘lchashlar o‘tkazish mumkin. Ishni boshlashdan avval termometr kapillyaridagi simob sathi tajriba o‘tkazilayotgan temperaturada termometr shkalasi chegarasida bo‘lishiga erishish kerak. Buning uchun pastki rezer-vuardan ortiqcha simob yuqoridagi qo‘shimcha rezervuarga yoki aksincha, agar yuqoridagi rezervuarda ortiqcha simob bo‘lsa, pastki asosiy rezervuarga o‘tkaziladi.
Kalorimetrik o‘lchashlar uchun Bekman termometrini sozlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
– kalorimetrik o‘lchashlarda termometrning nol nuqtasi xona temperaturasida (ya’ni tajriba o‘tkazilayotgan temperaturada) o‘rnatilishi bilan krioskopik o‘lchashlardan farqlanadi. Shuning uchun muvozanat o‘rnatilayotganda kapillyardagi simobning sathi xuddi shu temperaturada shkalaning o‘rta qismida to‘xtatilishi kerak;
– ekzotermik jarayonlar kutilayotgan bo‘lsa simobning sathini shkalaning pastki qismida, endotermik jarayonlarda esa – shkalaning yuqori qismida o‘rnatish maqsadga muvofiq.
Kalorimetrik o‘lchashlar uchun termometrning nol nuqtasini o‘rnatayotganda, uni xona temperaturasida kalorimetrik suyuqlikka (odatda, distillangan suv) tushiriladi. Agar termostatlangandan so‘ng, kapillyardagi simobning sathi shkaladan pastda bo‘lsa, simob yuqori rezervuardan pastki rezervuarga o‘tkazilishi kerak. Buning uchun termometr to‘nkariladi va uni ikki qo‘l bilan ushlagan holda engil silkitish orqali pastdagi rezervuar simobining kapillyar bo‘ylab harakatlanishiga erishiladi. Simob kapillyarni to‘ldirib yuqori rezervuardagi simob bilan qo‘shilganda, kapillyardagi simob bilan qo‘shimcha rezervuardagi simobning uzilishiga yo‘l qo‘ymas-dan, termometr ehtiyotlik bilan aylantirilib, qo‘shimcha rezervuar pastki asosiy rezervuardan bir oz yuqori bo‘lgan holatga keltiriladi. Bunda simob yuqori rezervuardan pastki asosiy rezervuarga oqib o‘ta boshlaydi. Jarayonni tezlashtirish uchun pastki rezervuarni vodoprovod suvida sovutish mumkin, so‘ngra qo‘shimcha rezer-vuarda simob kamayganda termometrni ehtiyotlik bilan vertikal holatga keltiriladi va xona temperaturasidagi distillangan suvga tushiriladi. Bunda termometr stakan devorlariga va idish tubiga tegmasligi kerak, buning uchun termometrni vertikal holatda shtativga o‘rnatiladi. 5-10 minut termostatlangandan so‘ng termo-metr distillangan suvdan chiqariladi va o‘ng qo‘l bilan termometr-ning o‘rta qismini chap qo‘lning bosh barmog‘iga qisqa, kuchsiz urish orqali simob ustuni kapillyar bilan qo‘shimcha rezervuar ulangan joydan uzilishiga erishiladi. So‘ngra termometr yana distil-langan suvga tushiriladi va kapillyardagi simobning muvozanat holati kuzatiladi. Agar kapillyardagi simob shkaladan yuqorida bo‘lib qolsa, termometr distillangan suvdan chiqariladi, pastki rezer-vuar qo‘l bilan bir oz isitiladi va kapillyar bilan qo‘shimcha rezer-vuar ulangan joyda to‘planib qolgan simobni qisqa, engil silkitish orqali yuqori rezervuarga tushirib yuboriladi. Termometrni distillan-gan suvga qaytadan tushirib, simobning kapillyardagi muvozanat holati tekshiriladi. Kapillyardagi simob Bekman termometri shkala-sining o‘rta qismida o‘rnatilguncha ushbu amallar qaytariladi. Simobning muvozanat holati o‘rnatilgandan so‘ng oddiy termometr yordamida Bekman termometri shkalasidagi graduslarga mos keladigan Selsiy graduslaridagi temperatura tekshiriladi. Sozlangan termometrga ehtiyot muomala qilinadi, uni vertikal holda shtativga mahkamlab distillangan suv solingan stakanda saqlanadi. Bekman termometrini sozlagandan va kalorimetrik qurilmani yig‘gandan keyin termometrning nolinchi nuqtasi bilan yakunlovchi davrdan keyin o‘rnatilgan muvozanatga mos keluvchi nuqta orasidagi farqni aniqlashga o‘tiladi:
ΔT=Tyakuniy - Tdastlabki.
Issiqlik almashinishi bilan bog‘liq jarayonlarga tuzatmalarni (issiqlik almashinishida yo‘qotilgan va aralashtirish tufayli isiganda olingan) Lange-Mishchenko usulida dastlabki, asosiy va yakuniy davrlar uchun T=f (τ) bog‘liqlikni o‘rganish orqali grafik yordamida aniqlanadi.