O’zgaruvchi va o’zgarmas miqdorlar. Biz tabiatni kuzatish va o’rganish jarayonida ko’pincha yuza, hajm, vaqt, tempratura, massa va shu kabi miqdorlarga duch kelamiz. Ma’lum sharoitda bu miqdorlar ba’zan turli qiymatlarni qabul qilsa, ba’zan bir xil qiymatlarga teng bo’ladi. Matematikada bir necha o’zgaruvchi miqdorlar hamda bu o’zgaruvchi miqdorlar orasidagi bog’lanishlar o’rganiladi. Masalan, doira radiusi r ham, uning yuzasi ham o’zgaruvchi miqdor bo’lib,
S =πr2 munosabat bu o’zgaruvchilar S orasidagi bog’lanishni ifodalaydi. Bu yerda r−erkli ravishda o’zgaradigan o’zgaruvchi bo’lib, S esa unga bog’liq, erksiz ozgaruvchidir. Shunday qilib, ikki xil: erkli va erksiz o’zgaruvchilar bo’lar ekan.