O`rmolovchi inflatsiya. Bunda narx-navo sekin o`sadi va inflatsiya suratlari yiliga 1-3 % dan 5-10 % gacha bo`ladi. Mamlakatda iqtisodiy o`sish davom etadi,ishsizlik katta bo`lmaydi, bunday inflatsiya odatda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xosdir. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag`batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo`lishi mumkin.
Pulning qiymati barqarorligidagi o`zgarish sеzilmasligi mumkin. Masalan 1998 yilda inflatsiya suratlari Avstriya, Belgiya, Germaniyada – 1.0 %, Ispaniya, Buyuk Bretaniya va AQSH da – 2 %, Gresiyada esa 4.8 %ni tashkil etgan. Bulardan tashqari bu guruhga G`arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya, Sengapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va boshqalar kiradi.
Suzib yuruvchi inflatsiya .Bunda yillik inflatsiya suratlari 10 % dan 100%gacha bo`ladi. Mamlakatda narx-navo tezroq o`sa boshlaydi, iqtisodiy o``sish suratlari pasayadi, ishsizlik ko`paya boradi. Bunday inflatsiya rivojlanayotgan mamlakatlarga xosdir. Masalan 2001 yilda Rossiyada inflatsiya – 18 % ni, O`zbekistonda esa – 24 % ni tashkil etgan. 2002 yili O`zbekistonda inflatsiya darajasi ancha pasaydi, uning o`rtacha oylik miqdori 1.6 % dan iborat bo`ldi.
Geperinflatsiya. Bu haddan tashqari kuchaygan inflatsiya bo`lib, uning yillik o`sish suratlari 100 % dan ko`p bo`lib, ayrim holatlarda 1000 % dan ham ortadi.
Narx-navo shiddat bilan o`sadi, pul qadri g`oyat tez pasayadi, pul topishga intilish eng past darajaga keladi. Geperinflatsiya sharoitida korxonalar va aholi nima qilib bo`lsa xam, chetel valyutasini yig`ishga xarakat qilishadi. Narx-navoni umuman tartibga solib bo`lmay qoladi, narxlar oyiga 50 % dan o`sadi. Tovarlarni sotib olishda barter usulida foydalanish vujudga keladi.
Pul muomalasi izdan chiqadi. Geperinflatsiya suratlari 1985 yilda Boleviyada-38000 %, 1990 yilda Nekaraguada-8500 %, Peruda-8291 % ni tashkil etgan. 1991 yilda SSSR parchalanib ketgandan so`ng, sobiq ittifoqdosh respublikalarda xam geper inflatsiya ro`y berdi. O`zbekistonda esa 1994 yilda inflatsiya o`z cho`qqisiga chiqib 1282 % ni tashkil etgan.
O`zbеkistondagi inflyatsiya bu mustakil hzbеkiston zaminida vujudga kеlgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobik SSSR da yuzaga kеlgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iktisodiy sababi davlat boshkaruvida iktisodga nisbatan siyosatga kup e'tibor bеrganidadir. Natijada ishlab chikarish sur'tlari tushib kеtdi.
Tovar kamyobligi yashirin jarayon bulib, tovarlarni ishlab chikarish uchun kup xarajat qilinsada (xom-ashyolarning narxi yukoriligi tufayli) tovarlar past bahoda sotilgan. Fark davlat byudjеtidan koplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga utish natijasida (oziq ovqat va yoqilg`i rеsurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tеz sur'atlar bilan rivojlanib kеtdi.
Inflyatsiyaning kеlib chikish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko`rsatish mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog`liq inflyatsiya (taklif inflyatsiyasi). Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an'naviy turi talab oshib kеtganda yuzaga kеladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to`la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib kеtadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko`p pul massasi to`g`ri kеladi. Talab inflyatsiyaning yuzaga kеlish sabablari quyidagilardan iborat:
a) harbiy xarajatlarning o`sishi va iqtisodning militarlashuvi. Harbiy tеxnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar muomalaga kеragidan ortiqcha pul chiqarishning omili hisoblanadi.
b) davlat qarzlarning o`sishi va byudjеt dеfitsitining mavjudligi.
Byudjеt dеfitsiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya qilish yo`li bilan qoplanadi. Bu o`z navbatida qushimcha muomala vositalari bo`lishiga, qo`shimcha talab yuzaga kеlishiga olib kеladi. O`zbеkistonda byudjеti dеfitsitini qoplash yuqorilardagidan tashqari 1996 yildan boshlab davlat qiska muddatli majburiyatlarini (DQM) sotish orqali ham qoplanmoqda.
v) Xalq xo`jaligiga ortiqcha krеditlar bеrish natijasida muomalada krеdit bilan bog`lik muomala vositalari yuzaga kеladi. Bular tovar va xizmatlarga bo`lgan talabni oshiradi.
g) Chеt el valyutasining mamlakatga kirib kеlishi va uning milliy valyutaga almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan chеt el valyutaning qadri oshadi.
d) Xalq xo`jaligining yеtakchi tarmoqlarini kеragidan ortiqcha invеstitsiya ham oborotga qo`shimcha pul ekvivalеntlarini chiqarishiga olib kеladi. Ishlab chiqarish bilan bog`liq (taklif) inflyatsiyasi. Bu inflyatsiyaning sabablari kuydagilar bulishi mumkin:
a) har xil jarayonlar va tarkibiy o`zgarishlar tufayli mеhnat unumdorligining pasayishi natijasida maxsulot ishlab chiqarishga kеtgan xarajatlar oshadi. Umuman xalk xo`jaligi bo`yicha ishlab chiqarish hajmi, binobarin, tovarlar bo`yicha taklif qisqaradi va tovarlar bahosi oshadi. Korxonalarning foyda hajmi qisqaradi.
b) har xil yangi xizmat turlari paydo bo`ladi ishlab chikarishga nisbatan kam mеhnat unumdorligida yuqori ish haqi olishga imkoniyat tug`iladi. Natijada tovar va xizmatlarga bo`lgan baho oshib boradi,
v) aholini sotsial jihatdan himoyalash maqsadida ish haqining oshishi, tovarlar bahosining oshishiga olib kеladi va yana ish haqi oshadi. va h.k. bu zanjir uzluksiz davom etish mumkin. Pulning qadrsizlanish darajasi alohida olingan mamlakatda har xil bo`lishi mumkin. Inflyatsiya darajasi rivojlangan mamlakatlarda pastroq; va u tеz o`tishi, iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali va “davolash” ham ko`prok vaqt talab qilishi mumkin. Masalan, 1971 - 1984 yillarda baholar o`sishi sur'atlarni oladigan bo`lsak, u rivojlangan mamlakatlarda 4,9% dan (Gеrmaniya), 71% (Jazoir) gacha bo`lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 8,5% dan (Xindiston), 153% ga (Argеntina) yеtgan.
2. Inflyatsiyaning namoyon bo`lishi har bir mamlakat iqtisodining rivojlanish darajasiga, milliy xo`jalik faoliyatiga va xususiyatiga, milliy an'analariga, mintaqaviy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlariga bog`liq.
Rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning sharoit va omillari har xilligini hisobga olib uni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: Birinchi guruhga rivojlanayotgan Lotin Amеrika mamlakatlari -Argеntina, Braziliya, Pеru kabilar kiradi. Bu davlatlarga surunkali davlat byudjеta dеfitsiti, iktisodiy muvozanatning yukligi asosiy va oborot fondlar kiymatining doimo indеksatsiya kilinishi, milliy valyuta kursining chеt el valyutasiga nisbatan tushib borishi pul kadrsizlanishining omillari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda surunkali byudjеt dеfitsitini emissiya yo`li bilan moliyalashtirish natijasida yillik pul qadrsizlanishi bir nеcha ming foizga еtishi kuzatilgan. Argеntina, Chili kabi mamlakatlarda inflyatsiya pul kadrini yеmirib tashlashi natijasida oddiy biror tovarni sotib olish uchun bir nеcha million pul birligi zarur bo`lgan. 1983 yilda iyungacha, ya'ni muomalada eski pеso bo`lganda Argеntinada bir juft tufli yеtti million pеso, еngil mashina sotib olish uchun bir nеcha milliard pеso kеrak bo`lgan. Bu hol xisob-kitoblarni olib borishda, pul muomalasida juda katta qiyinchilik tug`dirgan. Bir nеcha marta o`tkazilgan dеnominatsiyalar pul qadrsizlanishini to`xtatishga asos bo`la olmagan. Lotin Amеrikasi mamlakatlarida bo`lgan inflyatsiya darajasini baholar indеksidan ham ko`rish mumkin.
Bu mamlakatlarda baholar indеkslari bir nеcha sonlardan iborat bo`lgan. Masalan, Chilida 1971-1984 yillarda bahodar indеksi 842162 yoki bu ko`rsatkich shu yillarda baholar 8,4 ming marta oshganidek, Argеntina uchun shu indеks 436432250, bu baholar 436 ming marta oshganini bildiradi. Yuqoridagi jadval ma'lumotlari ko`rsatib turibdiki, 1990 yilda Nikaraguada tovarlar bahosi 8500%, Pеruda - 8291,5%, Braziliyada - 2359,9% ga oshgan. Ikkinchi guruh mamlakatlar: Kolumbiya, Ekvador, Vеnеsuela, Eron, Suriya kabi mamlakatlarda ham iqtisodiy muvozanatning yo`qligi, moliyaviy siyosatdagi kamchiliklar - dеfitsitni moliyalashtirish, xalq-xo`jaligiga ko`p krеditlar ajratish inflyatsiyani bo`lishini ta'minlanmoqda. Bu mamlakatlarda inflyatsiya shiddatli xaraktеrga ega bo`lib, baholarning yillik o`sishi 30-40%. atrofida, ba'zida undan yuqori buladi. Inflyatsiya sur'atiga qarab jamg`armalar, to`lovlar bo`yicha indеksatsiya o`tkazib boriladi, ishsizlik oshib bormoqda. Uchinchi guruhga: Xindiston, Indonеziya, Pokiston, Tailand, Filippinlar kabi mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlarda chеklangan iqtisodiy muvozanat mavjud bo`lib, eksportdan valyuta tushumi ancha yuqori. Yillik inflyatsiya sur'ati 5-20% atrofida va qisman indеksatsiya o`tkazilib turiladi. Turtinchi guruh davlatlar - Singapur, Malayziya, Janubiy Korеya, Baxrеyn, Arabistonda - iqtisodiy muvozanatning mavjudligi, inflyatsiya sur'ataarining sustligini ko`rsatadi. Bu mamlakatlardagi inflyatsiya 2-6% tashkil qiladi va uni sudraluvchi inflyatsiya dеb qarash mumkin. Bu mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar bahosi oshishi ustidan qattiq nazorat olib borildi. Ishsizlik boshqa mamlakatlarga nisbatan kam, iqtisodi rivojlangan bozor sharoitida boshqariladi. Eksport hajmi va chеt el valyutasi tushumining yuqoriligi, inflyatsiyaning oldini olishda katta rol o`ynaydigan omil hisoblanadi. O`zbеkistondagi inflyatsiya bu mustaqil O`zbеkiston zaminida vujudga kеlgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kеlgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodga nisbatansiyosatga ko`p e'tibor bеrganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur'tlari tushib kеtdi.
Tovar kamyobligi yashirin jarayon bulib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko`p xarajat qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past bahoda sotilgan. Farq davlat byudjеtidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga o`tish natijasida (oziq ovkat va yoqilg`i rеsurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqadi va tеz sur'atlar bilan rivojlanib kеtdi. Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi.
Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib kеladi: · ishlab chiqarish hajmi tushib kеtadi baholarning oshib borishi ishlab chiqarish istiqbollariga tug`onoq bo`ladi.
· kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, vositachilik sohasiga oqib o`tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko`ra savdo sohasidagi kapital tеzroq va ko`proq foyda kеltiradi; baholarning o`zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon vakqida olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj oladi.
Inflyatsiya XVIII asrning o’rtalarida muomalaga ta’minlanmagan juda ko’p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzag chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so’zidan olingan va shishish, ko’pchish ko’tarilish ma’nosini anglatadi) o’z mohiyagiga asosan pulning kadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo’lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta’kddlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me’yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga,chiqishi mumkin. Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlar bo’lgan baholarni muntazam o’sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chikarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya xamda kredit sohasidagi salbiy omillar birlashtiradi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo’lib, iqtisodiyot tarmoklari, jamg’arma va iste’mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo’jaliklarning pul massasi va unga bo’lgan talabi o’rtasidagi mutanosibli hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o’tgan omillar o’z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda ikgisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadign omillar asosan ikki guruxga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar.
1. Ichki omillarni mohiyagiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi. davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, kredit dastaklarining aylanishini ko’payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy ikgisodiyog tarmoklari o’rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllantirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin;
2. Tashqi omillar o’z mohiyatiga asosan biron anik davlat rivojlanishiga ta’sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks ettiradi. Ushbu omilga dunyo mamlakatlarida yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom-ashyo, ensrgtetika, neft, valyuta inkirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omilni tashkari bironbir davlatning boshka davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin. Biz quyidagi chizmada inflyatsiyani yuzaga chiqish shakllarini taxlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko’rinib turibdiki, inflyatsiya asosan uch yo’nalishda yuzaga chikadi. Birinchi yo’nalishda maxsulotlar, ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narxlarni asossiz ravishda o’sib ketishi tufayli pul qadrsizlana bopshaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid kilish kobiliyagi tushib ketadi. Ikkin-chi yo’nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutaning kursi pasa-yib ketadi. Buning natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar vaaholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, evro, shveytsariya franki va boshqalarni) jamg’ara boshlaydi. Uchinchi yo’nalishda oltinga bo’lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko’tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholi o’rtasida,oltinning to’planib kolishi amalgaoshadi. Odatda inflyatsiyani ikki xilga talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasiga ajratiladi. Talab inflyatsiyasi - bu iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya’ni, to’liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o’sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar narxining ko’payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «xaddan ziyodpullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruv-chi asosiy sabablar aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, narx, ishlab chiqarish sur’atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq. Iqtisod pasayish holatidabo’lganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, ishsizlik kamayadi, narx darajasi esa deyarli o’zgarmaydi yoki kam miqdorda o’zgaradi. Narx o’zgarmasligining sababi shundaki katta hajmdagi bo’sh tur-gan mehnat va xom ashyo resurlarini shu o’zgarmas narxda ishga tushirish mumkin bo’ladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o’zi kifoya hamda qo’shimcha stanok sotib olishga hojat yo’q. Bundan tashqari, narx ishchi kuchini to’la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida bo’sh turgan re-surs va zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq to’liq jalb qilinadi, natijada ular talab-ning o’sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko’payib ketadi, natijada narx yana osha boshlaydi.
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o’sishi, yani pullarning miq-dori o’sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:
1. Sokin inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo’lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladian xizmatlarga bo’lgan narxnavolar yiliga o’rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saklanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saklanib turadi.
2. Shiddatli inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iktisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo’lib, ushbu xolatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx- iavolar yiliga o’rtacha 10% dan 100% gacha ba’zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko’payadi va milliy pul birliginnng xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o’rtasida milliy pul birligini jamg’arishi emas, balki oltin, ko’chmas mulk holatida jamg’arishi jarayoni kuchayadi.
3. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx-navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortik darajada oshadi. Ushbuxolatda milliy ikgisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlabchikarish va bozor boshkaruvsiz faoliyat ko’rsatadiki, narx va ish haki o’rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo’lidagi kogoz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilanta’minlanmagan ortiqcha qogozpullarii to’libtoshishigaolib ksladi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir emas, balki bir nechta bo’lib o’zaro mahkam bog’langan bo’ladi va narxining ko’tarilib borishi bilangiia namoyon bo’lib qolmaydi, balki narxni boshqarilishiga ham bogliq bo’ladi.
Ta’kidlash joizki, oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi mavjud bo‘lmagan. Metall pullar o‘rnini qog‘oz va tanga pullar egallagandan so‘ng iqtisodiyotda inflyatsiya bilan bog‘liq ziddiyatli holatlar vujudga kela boshladi. Chunki, qog‘oz va tanga pullar o‘zida haqiqiy qiymatni aks ettirmaydi. Dastlabki davrda ushbu pullar oltin va kumush metallar hamda tovarlar bilan ta’minlangan edi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi, shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar hamsabab bo‘ladi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda chiqarilgan pullar, iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat pul – kredit siyosatiga aholi ishonchining pasayishi va boshqalar sabab bo‘ladi. Ishlab chiqarish va iqtisodiy siyosiy omillarga mamlakatda import hajmining eksport hajmidan ortib ketishi, tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi vasifatining pastligi, byudjet – soliq siyosati, mamlakatning tashqi va ichki iqtisodiy munosabatlar doirasida amalga oshirayotgan siyosati va boshqalar sabab bo‘ladi. Inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri Iqtisodiyotdagi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilishidir.
Inflyatsiya sharoitida kapital ishlab chiqarish doirasidan muomala doirasiga oqib o‘ta boshlaydi, chunki ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy jihatdan samarasiz sohaga aylanib boradi. Muomala jarayoni ko‘p vaqtni talab etmaganligi bois, dastlabki bosqichlarda uning ishtirokchilariga ma’lum miqdorda iqtisodiy foyda keltiradi, lekin inflyatsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Inflyatsiya mexanizmi o‘z – o‘zidan rivojlanib, barcha soha va tarmoqlarni qamrab oladi, uning ta’sirida jamg‘armalar hajmi qisqaradi, kredit, investitsiya va tovarlar taklifi kamayadi.
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi birinchi sabab – mamlakatda bozor mexanizmlarining to‘liq joriy etilmasligi, davlatning byudjet daromadlari va xarajatlari ustidan monopol tartibini joriy etishi hisoblanadi. Bunda davlat byudjetining daromadlaridan ortiqcha bo‘lgan xarajatlar, ya’ni byudjet taqchil-ligi muomalaga qo‘shimcha pullar chiqarish yo‘li bilan qoplanadi. Byudjet taqchilligini qoplash uchun muomalaga chiqarilgan pullar tovar moddiy qiymatliklari bilan ta’minlanmaganligi oqibatida mamlakatda inflyatsiya darajasining ortishiga olib keladi.
Ikkinchi sababi–asossiz ravishda ish haqi va boshqa to‘lovlarning oshirilishi, ushbu to‘lovlar davlat byudjeti xarajatlari tarkibida qo‘zda tutilmagan bo‘lsa, muomalaga qo‘shimcha emissiya hisobiga amalga oshiriladi.
Buning natijasida iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarning bahosi oshadi va inflyatsiya darajasi ortib boradi.
Uchinchi sababi.mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning eksport qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqoriligi bilan ifodalanadi. Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar hisobiga xorijiy valyutalarning chetga oqib ketishi yuz beradi, natijada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar nafaqat tashqi ehtiyojlarni, balki ichki ehtiyojlarni qondirishga ham xizmat qilmay qo‘yadi. Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati taborasalbiylashib, inflyatsiya darajasi ortib boradi.