Kurs ishining maqsadi. Mehnat bozorida yoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor bois, jami aholiga nisbatan ish bilan ta'minlash ulushi yuqori bo‘lmoqda. Ularga jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish va tashabbus ko‘rsatib mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar esa, barcha sohalarda o‘z qobiliyatini namoyon etmoqda. Binobarin, mamlakat taqdiri uchun mas'uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vazifasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bundan tashqari alohida ko‘rsatib o‘tish joizki, mehnat resurslarining 75,3 foiz qismi yoki 13,8 mln nafari iqtisodiy faol aholi toifasiga, shundan 13,1 mln nafari ish bilan band aholi toifasiga kiradi. Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiy faol bo‘lgan aholining ish bilan bandlik darajasi 94,8 foizni tashkil etmoqda. Mehnat resurslari tarkibidagi qolgan 4,5 mln nafari iqtisodiy nofaol aholi bo‘lib, ular jami mehnat resurslarining 24,7 foiz qismini tashkil qiladi. Yuqorida keltirganimizdek, 2015 yil yakuniga ko‘ra aholining ish bilan bandlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisabatan 94,8 foizni, mehnat resurslariga nisbatan esa 71,4 foizni tashkil etdi.
Respublikamizda vaqtincha ishsizlik mavjudligi sabablaridan biri - ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikdir. Ya'ni, ish bilan band bo‘lmagan aholining katta qismi malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi marta chiqayotgan yoshlarni tashkil etmoqda. Aksincha, iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori malakaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan kadrlarga talab ortib bormoqda.
Kurs ishining vazifalari. O'zbekiston Respublikasida mavjud ishsizlik sonini batafsil o'rganish,ishsizlikni kamaytirish bo'yicha ilmiy asoslangan chora tadbirlar yaratish va bandlikni ta'minlashning davlat tomonidan tartibga solinishiga to'gri baho berish va qo'llab-quvvatlash muhim vazifalaridan biridir.
Kurs ishining tarkibi.Kurs Ishi Kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.