I bob ishsizlikni kamaytirish va bandlikni ta'minlashning nazariy uslubiy asoslari



Yüklə 205,25 Kb.
səhifə8/11
tarix20.12.2023
ölçüsü205,25 Kb.
#187376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Davlatbekov kurs ishi

rasmiy

norasmiy

rasmiy

norasmiy

rasmiy

norasmiy

O'zbekiston Respublikasi

40.5

59.5

39.1

60.9

42.3

57.7

Qoraqalpog'iston
Respublikasi

42.0

58.0

42.5

57.5

41.2

58.8

Andijon

33.2

66.8

31.2

68.8

36.3

63.7

Buxoro

38.9

61.1

41.3

58.7

46.9

53.1

Jizzax

42.0

58.0

37.5

62.5

37.6

62.4

Qashqadaryo

35,8

64,2

38,9

61,1

35,6

64,4

Navoiy

53,3

46,7

56,5

43,5

67,0

33,0

Namangan

32,9

67,1

29,7

70,3

31,9

68,1

Samarqand

34,4

65,6

32,2

67,8

33,2

66,8

Surxondaryo

40,6

59,4

32,2

67,8

32,2

67,8

Sirdaryo

52,8

47,2

45,4

54,6

46,8

53,2

Toshkent

37,9

62,1

38,8

61,2

47,4

52,6

Farg'ona

39,0

61,0

34,4

65,6

35,9

64,1

Xorazm

38,3

61,7

34,4

65,6

37,2

62,8

Toshkent shahri

64,9

35,1

69,2

30,8

81,0

19,0



1-jadval. Hududlar kesimida bandlarning rasmiy va norasmiy sektorlar bo‘yicha taqsimlanishi.
1-jadval ma’lumotlari shuni ko‘rstmoqdaki, rasmiy sektordagi band aholi soni 2021- yilda 2020-yilga nisbatan 8,5 % ga, 2019- yilga nisbatan 8,2 % ga oshgan. Norasmiy sektorda ishlovchilar esa 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 5,2% ga kamaygan va 2019- yilga nisbatan 0,6 % ga oshgan. 2021-yilda rasmiy sektorda band bo‘lgan aholining jami bandlardagi eng yuqori ulushi Toshkent shahri (81 % ), Navoiy (67 %), Toshkent (47,4 %) va Buxoro (46,9 %) viloyatlariga to‘g‘ri keldi. Norasmiy sektorda bandlarda esa eng yuqori ko‘rsatkichlar Namangan ( 68,1%), Surxondaryo ( 67,8 %), Samarqand (66,8 %) va Qashqadaryo (64,4 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
2.2.Mamlakatimiz mehnat bozorida ishsizlik va ish bilan bandlik holati tahlili
Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishni har tomonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash, ayniqsa mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi mehnatga layoqatli yoshlar, aholi bandligini ta’minlash dasturi samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 2017- yil 24- maydagi PQ- 3001- son qarori qabul qilindi. Qaror bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajarish yo‘lga qo‘yilgan:

  • Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansining prognoz parametrlariga muvofiq ta’lim muassasalarida kadrlarni kasbga tayyorlash yo‘nalishlarini takomillashtirish va ularga tuzatishlar kiritish;

  • Aholi bandligini ta’minlash, birinchi navbatda, mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi mehnatga layoqatli yoshlarni ishga joylashtirish hududiy va tarmoq dasturlari ko‘rsatkichlarini shakllantirishda mehnat resurslari, bandlik va aholini bandligini ta’minlash dasturi loyihasini har yili 1 oktabrgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Rasmiy ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki 2019- yilda bandlarning davlat sektoridagi jamiga nisbatan eng yuqori ulushi Navoiy (38,5 %), Toshkent shahri (28,1 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (21,0 %), Sirdaryo (19,1 %) va Buxoro (18,0 %) viloyatlariga to‘g’ri kelmoqda. Nodavlat sektordagi eng yuqori ko‘rsatkichlar Andijon (85,9 %), Namangan (85,1 %), Samarqand (85 %), Farg’ona (84 %) va Xorazm (83,5 %) viloyatlarida kuzatildi.
2-rasm. Hududlar kesimida bandlarning davlat va nodavlat sektorlar bo‘yicha taqsimlanish

Ishsizlik deganda bir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga tushuniladi. Oʻzbekistonda ishsizlik tushunchasi rasman 1992-yilda "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida"gi qonunining qabul qilinishi bilan meʼyoriy kuchga ega boʻldi (1998-yil 1-mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi).


Ishsizlar - qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar, shuningdek, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashg’ulotga ega bo‘lmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli yoshdagi vaqtincha mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar.
Ishsizlik inson manfaatlariga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ish joyini yoʻqotish koʻp kishilar uchun oilaviy turmush darajasining pasayishini, shaxsiy hayotining notinchligini keltirib chiqaradi, kishiga jiddiy ruhiy taʼsir koʻrsatadi.
Amaldagi iqtisodiy hayotda ishsizlik ishchi kuchi taklifining unga boʻlgan talabdan oshib ketishi tarzida namoyon boʻladi. Ishsizlik sababi turlicha: texnika rivojlanish bilan mehnat unumdorligi ortadi. Iqtisodiyotda jami talab va taklif muvozanati buziladi, tovarlarga bozor talabining qisqarishi ishchi kuchiga talabni ham qisqartirib yuboradi, natijada ishchi kuchining bir qismi ortiqcha boʻlib qoladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan malakali ishchi kuchiga talab oshib, malakasizlar kerak boʻlmay qoladi; aholi ishchilarga nisbatan tez oʻsgan kezlarda, uning bir qismi ortiqcha bo‘lib, ishsiz qoladi.
Respublika davlat statistika qo‘mitasi rasmiy ma’lumotlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ishsizlik darajasi 2019- yilda 2016- yilga nisbatan 3,8 % ga, 2017 yilga nisbatan 3,2 % ga o‘sgan va 2018 yilga nisbatan 0,3 % ga kamaygan. 2019- yilda ishsizlik darajasining eng yuqori ko‘rsatkichlari Qashqadaryo (9,3%), Sirdaryo (9,3 %), Surxondaryo (9,3 %), Farg‘ona (9,3 %) Samarqand (9,3 %) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Eng past ko‘rsatkichlar esa Toshkent shahri (7,4%), Navoiy (8,5 %), Toshkent (8,9 %) va Buxoro (8,9 %) viloyatlariga to‘g’ri kelmoqda.







Yüklə 205,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin