I. Bob islom dining vujudga kelishi va qo‘qon xonligining tashkil topishining ilmiy manbalarda tavsifi



Yüklə 183,51 Kb.
səhifə2/19
tarix24.10.2023
ölçüsü183,51 Kb.
#160101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
I. bob islom dining vujudga kelishi va qo‘qon xonligining tashki-fayllar.org

Mavzuning tarixshunosligi: Qo‘qon xonligi tarixi chuqur tadqiq etilgan. Dastlabki tarixchilari tomonidan xonlikda islom dini tarixining turli sohalari dastlabki tasavvurlar va ayrim to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar asosida yoritib berilganligi bilan alohida xususiyatga ega. Bunday tarixchilar va tadqiqotchilar qatorida XX asr boshlarigacha ijod qilgan va tarixiy asarlar yozib qoldirgan bir qator rus tarixchilarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Jumladan xonlik hududiga elchilik bilan kelgan kishilar, xususan F.Nazarov, N.I.Potanin, V.V.Velyaminov-Zernovlarning hisobotlari, A.Makshevlarning3 asarlarini va maqolalarini kiritish mumkin. Bir qator tadqiqotchilar esa xonlik tarixini o‘z asarlarida u yoki bu jihatlarini yoritib o‘tishga harakat qilganlar. Bunday tadqiqotchilar tarixchilar qatorida V.Bartold, N.Ostroumov, M.A. Terentev, P.P. Ivanov4 va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ular o‘z asarlarida xonlikning Rossiya imperiyasi tomonidan harbiy bosqinchilik yo‘li bilan bosib olingan jarayonlarni yoritib berganlar.
Sho‘rolar davriga kelib xonlik tarixini o‘rganish borasida tarixshunoslik sohasida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Bunda mualliflar tomonidan xonlikning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganligini emas, balki ― qo‘shib olinganligiga urg‘u berila boshlandi va bu bilan tarixni buzib ko‘rsatish holatlariga yo‘l qo‘yildi. Bunday holatlarni biz K.Usenbayev, A.Xasanov5, asarlarida kuzatishimiz mumkin.
XX asr oxirlariga kelib Qo‘qon xonligi madaniy hayotida islom dining o‘rni tarixini o‘rganish borasida bir qator yangi fikrlar ilgari surila boshlandi. Bunda Rossiya imperiyasi tomonidan xonlikning bosib olnganligi manbalarga asoslanilgan holda yoritila boshlandi. Bunday ma’lumotlarni biz H.Bobobekov, A.O‘rinboyev, H.Ziyoyev6 hamda boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida kuzatishimiz mumkin. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar masalaning mohiyatiga bo‘lgan yondashuv tubdan o‘zgarib, endi tarix haqqoniy ravishda ilmiylikka asoslangan holda yoritila boshlandi. Bu davrda yaratilgan ishlarga H.Z.Ziyoyev, H.N.Bobobekov, Sh.H.Vohidov, Z.Ilhomov, V.Ishquvvatov, Sh.Mahmudovlarning7 ilmiy ishlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. H.Z.Ziyoyevning ―Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash asari, ― “Turkiston chor mustamlakasi davrida” kabi asarlar keyingi yillarda nashr etilgan ishlar orasida o‘zining mukammalligi bilan alohida o‘rin tutadi.
Shuningdek, xonlik madaniy hayotida islom dinining o‘rniga oid tarixi bilan xorijlik bir qator olimlar ham shug‘ullanganlar. Bularning xonlik tarixshunosligining to‘rtinchi guruhiga kiritish mumkin. Ular orasida bizga ma’lum bo‘lgan sifatida D.Berghorn, E.Bekon, R.Konnuest, E.Ollvort, T.Ranovski-Xarmstoun, L.Tillet, D.Xusonlarning ishlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin8.


Yüklə 183,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin