I. Bob islom dining vujudga kelishi va qo‘qon xonligining tashkil topishining ilmiy manbalarda tavsifi



Yüklə 183,51 Kb.
səhifə3/19
tarix24.10.2023
ölçüsü183,51 Kb.
#160101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
I. bob islom dining vujudga kelishi va qo‘qon xonligining tashki-fayllar.org

Mavzunig manbaviy asoslari: XIX asrda Qo‘qon xonligi muarrixlari tomonidan madaniy hayotda islom dinining o‘rni mavzusidagi qo‘lyozma asarlari, arxiv xujjatlari, Qo‘qon hukmdorlari tomonidan berilgan yorliqlar, inoyatnomalar, XVIII-XIX asrlar davomida xonlikka tashrif buyurgan sayyohatchilar, harbiylar, elchilar, savdogarlar va boshqa shaxslarni esdaliklar va ko‘rsatmalari tashkil etadi. Mirzo Qalandar Mushrif Isfaragiyning “Shohnomayi Umarxoniy”, Dilshodi Barnoning “Tarixi muhojiron”, Muhammad Hakimxonning “Muntaxab ut-Tavorix”, Mulla Niyoz Muhammadning “Tarixi Shohruxiy”, Mirzo Olim Mushrifning }Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin”, Abu Ubaydulloning “Xulosat ul-ahvol”, Muhammad Solixh Toshkandiyning “Tarixi jadidayi Toshkand”, Muhammad Yunus Toyibning “Tarixi Alimquli Amirlashkar”, Avaz Muhammad Attorning “Tarixi jahonnamoyi”, Tojirning “G‘aroyibi sipoh”,
Muhammad Aziz Marg‘iloniy “Tarixi Aziziy”, Ishoqxon Ibratning “Tarixi Farg‘ona”, Mulla Olim Maxdum Hojining “Tarixi Turkiston”, Mahmud Hakim Yayfoniyning “Xullas at-Tavorix”, Muhammad Fozilbekning “Mukammal tarixi Farg‘ona”, Mullo Muso Sayramiyning “Tarixi Xamidiy” kabi asarlarni keltirish mumkin. Ularda Qo‘qon xonligining XVIII-XIX asrlardagi xonlikning madaniy hayotida islom dinining o‘rni, jumladan, turli hukmdorlar, ular yuritgan madaniy islohotlar masalalari umumiy tarzda o‘z ifodasini topgan9

Tadqiqotning davriy chegarasi: Bitiruv malakavi ishida Qo‘qon xonligi madaniy hayotida islom dining o‘rniga bag‘ishlangan bo‘lganligi uchun tadqiqotning davriy chegarasini 1709-1876 yillar etib belgilandi. Qo‘qon xonligi siyosiy tarixi va davlat boshqaruv tizimi aynan shu yillardagi tarixi hamda Buxoro va Xiva xonliklaridagi davlat boshqaruv tizimidagi o‘xshash va farqli jihatlar yoritilib o‘tilgan.

Tadqiqotning maqsad va vazifalari: Bitiruv malakaviy ishida Qo‘qon
xonligi siyosiy tarixi va davlat boshqaruv tizimi tahlilini amalga oshirish asosiy maqsad sifatida qo`yilgan va bunda nafaqat Qo‘qon xonligi tarixi, davlat boshqaruv tizimi, Buxoro va Xiva xonliklaridagi o‘xshash va farqli jihatlarni yoritib berish ko`zda tutilgan. Ishni bajarishda esa quyidagi jihatlarini amalga oshirish asosiy vazifalar sifatida belgilangan:
―Qo‘qon xonligi boshqaruv tizimining tarixshunoslik jarayonlari haqida ma`lumotlarni yoritish;
Markaziy boshqaruv tizimida - dargoh va devon faoliyatini tahlil etish;
―markaziy boshqaruv tizimida unvon va mansablar tavsifini keltirish;
Xonlik madaniy hayotida islom dinining o‘rnini yoritib berish;
Islom dini tizimida mansab va unvonlar faoliyatini o‘rganish;

Xonlik madaaniy hayotinining Buxoro va Xiva xonligiga nisbatan farqli


jihatlari;
Tadqiqot yuzasidan umumiy xulosalarni yoritib berish.
―Qo‘qon xonligi boshqaruv tizimining to‘laqonli tahlilini amalga oshirish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish asosiy vazifa sifatida bajarilishi ko‘zda tutilgan.


Yüklə 183,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin