Yangi O\'zbekiston iqtisodiyoti tarkibini qayta qurishda xalqaro moliyaviy tashkilotlarnini ro\'lini oshirish masalalarini tahlili.
Xulosa Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan ustuvor maqsad va vazifalar doirasida xalqaro moliya institutlarining iqtisodiyotimiz taraqqiyoti bo‘yicha prognozi ijobiy. Shu bois ayni yo‘nalishdagi aloqalar tobora chuqurlashmoqda. Milliy iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida ishlab chiqarish salohiyatini oshirish yo‘lidagi bunday ijobiy tendensiya mamlakatimizda raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish, “yashil” texnologiyalarni, innovatsion taraqqiyotni ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sish sur’atini barqarorlashtirish, pirovard natijada aholi turmushi farovonligini oshirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil o’sib bormoqda. 2015-yil yakunlariga ko’ra, bu ko’rsatkich 3 milliard dollardan ziyodni tashkil qilgan. O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning ko‘pgina davlatlari bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Respublikamiz Jahon bozorida ham o‘z o‘rniga ega va o‘zining eksport mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Shu bilan birgalikda Jahon bozoridan o‘zi uchun kerakli tovar va xizmatlarni ham harid qiladi. Prezidentimiz say harakatlari bilan xorijiy hamkorlar bilan iqtisodiy aloqalarni yaxshilash maqsadida tegishli Qonun va Farmonlar qabul qilindi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida xorijiy investorlar uchun qulay investitsion muhit ham yaratildi. Buning natijasida, dunyoning Rossiya, Xitoy, Yaponiya, AQSH va Yevropa ittifoqi davlatlari bilan ikki tarflama kelishuvlar imzolangan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga va jahon xo‘jaligiga chuqurroq integratsiyalashib borishga intilmoqda. Hozirgi kunda jahondagi iqtisodiy munosabatlarda globallashuv jarayoni tobora kuchayib bormoqda.
Prezidentimiz Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek, biz bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan jahon bozorida o‘z o‘rnimizni saqlab qolish, mamlakat hududida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash, xorijiy mamlakatlar bilan mustahkam iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va ichki bozorni himoya qilgan holda eksport va import operatsiyalarini yanada rivojlantirish uchun tinmay xarakatda bo‘lishimiz, o‘qib o‘rganishimiz va asosiysi bor kuch va e‘tiborimiz bilan yurt tinchligini saqlashimiz zarurdir. Chunki tinchlik bo‘lgan joyda rivojlanish va o‘sish bo‘ladi. Shunday ekan, Oʻzbekiston uchun kutiladigan natija nima boʻladi? Albatta, har bir ishning samaradorligi oʻsha -davlat, muhitdagi yaratilgan sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga chambarchas bogʻliq kechadi. Buning uchun:
iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga solish;
narx-navoni tartibga solish va maqbul soliq tizimini vujudga keltirish;
alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash;
tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish;
xorij sarmoyalari jozibadorligini oshirish;
import va eksport boj toʻlovlari tarifini tartibga solish talab qilinadi.
Masalan, transport sohasida yagona aviakompaniya, temir yoʻl kompaniyasi xohlagan narxini oʻrnatadi, jamiyat, -davlatchilik ular bilan samarali kurasha olmaydi. Bundan Oʻzbekiston iqtisodiyoti koʻp yildirki, aziyat chekmoqda.