I bob. Jahon iqtisodiyotida O’zbekistonning rivojlanish bosqichlari va yo‘nalishlari


II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JAHON BOZORIGA CHIQISH MUAMMOLARI , XALQARO REYTINGLAR VA ULARNING TAHLILI



Yüklə 324,87 Kb.
səhifə5/12
tarix22.06.2023
ölçüsü324,87 Kb.
#134124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Yangi O\'zbekiston iqtisodiyoti tarkibini qayta qurishda xalqaro moliyaviy tashkilotlarnini ro\'lini oshirish masalalarini tahlili.

II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JAHON BOZORIGA CHIQISH MUAMMOLARI , XALQARO REYTINGLAR VA ULARNING TAHLILI .
2.1 Oʻzbekistonni jahon bozoriga kirib borishdagi mavjud muammolari , ularning yechimlari va tahlili
Jahon banki jamoasi fikriga ko‘ra, kreditlarning davomli va haddan tashqari o‘sishi inflatsiya bosimini kuchaytiradi va bu makroiqtisodiy barqarorlik uchun asosiy xavflardan biridir. Davlatning ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarishlari kam daromadli oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini yanada kengaytirish orqali
qashshoqlikni kamaytirishi mumkin. 2019 yilda O‘zbekiston hukumati ijtimoiy himoya xarajatlarini 50 foiz oshirdi.
2 .1.1-jadval. Eksport hajmining o‘sish sur’ati

O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi bilan uning bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyoti borgan sari shakllana boshladi. Milliy iqtisodiyot- bu ma’lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan, bir-biri bilan maqsadi va mehnat taqsimoti bog’liq bo’lgan tarmoqlarning yig’indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot o’ziga xos bo’lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi va mustaqil qonunchiligiga ega bo’lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi. Har bir yirik davlatlar kabi O’zbekiston ham jahon iqtisodiyotiga o’z hissasini qo’shmoqda. Jahon iqtisodiyotiga hissasini qo’shish deganda faqat eksport mahsulotlarini sotish emas, balki import mahsulotlari qabul qilish ham nazarda tutiladi. Albatta mamlakatda eksport hajmi import hajmidan ko’p bo’lishi uchun mamlakatning iqtisodiyotiga foyda keltiradi. Ammo boshqa tarafdan olib qaraganda mamlakat ichki mahsulotlarining haddan ziyod tashqi bozorga chiqishi davlatning ichki bozoriga salbiy ta’sir qilishi ham mumkin. Shuning uchun ko’pgina davlatlar iqtisodiyotida ba’zan import hajmi eksport hajmidan ko’proq bo’ladi , ba’zida esa teskari hodisa kuzatiladi . Tashqi savdo deganda esa import va eksport hajmlarining umumiy yig’indisi nazarda tutiladi. Raqamlarga e’tibor beradigan bo’lsak, 2022-yilning yanvar-iyun holatiga ko’ra O’zbekistonda import hajmi eksport hajmiga nisbatan anchagina oshganligini kuzatamiz.


Hozirda eksportni rag’batlantirish agentligi tomonidan o’z mahsulotlarini ro’yxatdan o’tkazmoqchi bo’lgan 70 ta mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga umumiy hisobda 4,6 mlrd. so’m miqdorda moliyaviy yordam ko’rsatilmoqdir. O’zbekistonning shu yilgi iqtisodiyotiga ayni damdagi voqealar ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Xususan, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Rossiya investitsiyalar va pul o’tkazmalarining qisqarishi tufayli 2022-yilda O’zbekiston iqtisodiyotining o’sishi prognozini aprel oyida kamaytirdi. 2022-yilda O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining (YaIM) o’sishi 4 foizni tashkil etadi, bu 2021-yilga nisbatan (7,4%) ancha pastdir. Biroq, 2023-yilda YaIM darajasi 4,5 foizgacha ko’tarilishi kutilmoqda. Xalqaro munosabatlar – davlatlar o’rtasidagi real aloqalar tizimi bo’lib, jahon siyosatidagi hudud, o’ziga xos muhit va ular harakatlari samarasi sifatida namoyon bo’ladi. O’zbekistonning jahon iqtisodiyotidagi hissasini eksport va import hajmi bilan aniqlash mumkin. Lekin bu ko’rsatkichlarni to’liqroq o’rganish orqali xalqaro munosabatlarda O’zbekistonning rolini ham ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston bir nechta yirik davlatlar bilan eksport va import mahsulotlarini almashishni allaqachon yo’lga qo’ygan. Xalqaro munosabatlar qanchalik yaxshi o’rnatilganini butun dunyo bo’yicha nafaqat tashqi savdo balki xalqaro munosabatlar ham eng chigallashgan davr misolida ko’rib chiqamiz. 2020-yil butun dunyo bo’yicha karantin o’rnatilgan vaqtda O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $36,3 mlrd. ni tashkil etgan . Albatta bu ko’rsatkich 2019-yilga nisbatan 13,1% ga pasaygan ammo baribir bu davr uchun yaxshi ko’rsatkich deyish mumkin.

Yüklə 324,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin