I-bob. Korxonalarda innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirish tizimini tashkil etishning nazariy-uslubiy asoslari


II-BOB “Andijon don mahsulot” AJda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish tizimi tahlili



Yüklə 483 Kb.
səhifə7/10
tarix20.06.2023
ölçüsü483 Kb.
#133331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BMI mundarija Abduvahobov (3)

II-BOB “Andijon don mahsulot” AJda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish tizimi tahlili.


2.1“Andijon don mahsulot” AJning tashkiliy-iqtisodiy tavsifi.
.
"ANDIJON DON MAHSULOTLARI" AKSIYADORLIK JAMIYATI - oziq-ovqat sanoati korxonasi hisoblanadi. Andijon shahrida joylashgan bo’lib, "O‘zdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tarkibiga kiradi. 1964-yil Andijon un kombinati sifatida tashkil etilgan. 1994-yildan hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Asosan un va chorva uchun aralash yem mahsulotlari ishlab chiqaradi. Bir yilda 68500 tonna un, 73000 tonna aralash yem ishlab chiqarish quvvatiga ega. 1967-yil korxonada elevator (don saqlash bo‘limi), 1968—69-yillarda aralash yem sexi ishga tushirilgan. 1984— 89-yillarda asosiy ishlab chiqarish uskunalari Shveytsariyaning "Byuller" firmasining texnologik liniyalari bilan almashtirildi va ishlab chiqarish quvvatlari oshirildi. Xalqimiz farovonligi, dasturxonlarining to’kinligi azamat dexqonlarimizning mashaqqatli mehnatlari evaziga yetishtirilgan xosilni qayta ishlab, yetkazib berishga bevosita bog’liqdir.
Mamlakatimiz fermer xo’jaliklarida 2022 yilda «deyarli barcha qishloq xo’jalik ekinlari – g’alla, paxta, sabzavot, poliz ekinlari va uzumdan yuqori xosil olindi. Mamlakatimiz dehqonlari mo’l xosil yetishtirishdi – 4 mln.460 ming tonna paxta, 8 mln. 500 ming tonna g’alla, 3 mln. tonnadan ziyod kartoshka va 9 mln.tonnadan ortik sabzavot va poliz mahsulotlari yigib – terib olindi».
Shu nuqtai-nazaridan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish borasida qilinayotgan ishlarni izoxlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarimizga ob’ekt qilib Andijon shaharida joylashgan “Andijondonmahsulot” aksiyadorlik jamiyatini tanlab oldik. Bu korxona donni qayta ishlab don mahsulotlarini chiqarishga mo’ljallangan.
Donni qayta ishlash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nazoratida bo’lib, «O’zdonmahsulot» AJ tomonidan belgilab berilgan fondlarga asosan un mahsulotlari ishlab chiqariladi va sotiladi. Avvalgi yillarda bu fondlar viloyat axolisining 60-70 foizini tashkil etib, talab va extiyojga qarab hamda korxonaga yaqin xududlarda Andijon shaxri, Buloqboshi, Qo’rg’ontepa, Jalaquduq va Xo’jaobod tumanlarida joylashgan davlat va mahsulot savdo, umumiy ovqatlanish va non ishlab chiqarish korxonalari, maxsus iste’molchilar, dexqon-fermer xo’jaliklarini talab extiyojiga qarab belgilab beriladi. Xozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida eski ishlab chiqarish dastgoxlari to’la olib tashlanib, ularning o’rniga Shvetsariyning mashxur «Biotexnolog» firmasi texnalogiyasi asosida Rossiy Federatsiysi hamda Ukraina Respublikasida tayyorlangan tegirmon dastgoxlari olib kelib o’rnatildi.
Shundan keyin korxona o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun astoydil harakat qila boshladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil “Korxonalar to’g’risida”gi qonun va qarorlariga asosan ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish borasida ko’pgina imkoniytlar berildi. Bu berilgan imkoniytlardan samarali foydalangan korxonaning mahsulot ishlab chiqarish xajmi oshib bordi.
Xozirgi kunda korxona texnika-texnalogiy taraqqiyoti, ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish va modernizatsiy natijasida, keng ma’noda aytadigan bo’lsak, korxonaning ishlab chiqarish kuvvati ko’payib bormoqda.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan asosiy xom-ashyo g’alla asosan viloytdagi fermer xo’jaliklaridan shartnoma asosida davlat tomonidan belgilangan pereyskurant va erkin baxolarda sotib olinadi. Korxona issiq non sexlarini xom-ashyo un bilan o’zi ta’minlaydi. Dondan tashqari kerakli bo’lgan xom-ashyolar omixta - yem ishlab chiqarishda ishlatiladigan komponentlar va non ishlab chiqarishga kerakli bo’lgan xom-ashyolar yog, hamirturish, tuz va boshqalar ta’minot bo’limi va non ishlab chiqarish bo’limi ishtirokida shartnoma asosida xom-ashyo yetkazib beruvchi tashkilotlardan olib kelib sexlarga beriladi. Xarid qilish manbalari pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Andijondonmahsulot» aksiyadorlik jamiyatidagi boshqaruv strukturasini tahlil qilib o’rganganimizda, u yerdagi mavjud struktura funktsional boshqaruv strukturasi toifasiga kirib, har bir bo’lim yoki tuzilma ma’lum bir funksiyani amalga oshiradi. Jamiyatning oliy bosharuv organi – bu «Aksiydorlarning umumiy yig’ilishi» hisoblanadi, majlis bir yilda bir marta bo’lib o’tadi. Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlikni ijroiy organi - Boshqaruv xay’ati amalga oshiradi


Boshqaruv raisi korxona faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, uning mablag’lari va mulkidan foydalanish uchun mas’uldir. Rais aksiydorlik jamiyati nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi.


Nazoratni amalga oshirish uchun aksiydorlar umumiy yig’ilishi tomonidan taftish komissiyasi saylangan.
Boshqaruv raisiga bevosita ishlab chiqarish bo’yicha rais o’rinbosari – bosh muxandis, bosh hisobchi, reja – iqtisod bo’limi, ta’minot va sotish bo’limi, xuquqshunoslar bo’ysunadilar. Ular o’z faoliyat turi bo’yicha zarur vakolat va mas’uliyatga egalar. O’z navbatida bosh muxandis bevosita ishlab chiqarish sexlari boshliklari, xavfsizlik texnikasi bo’yicha muxandis, mexanika va energetika bo’limlari, yongin xavfsizligi bo’limi va sifatni nazorat qilish bo’limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Aksiyadorlik jamiyatga boshqaruv raisi yakkaboshchilik tamoyillari asosida rahbarlik qiladi va unga ixtiyoridagi barcha resurslardan oqilona foydalanish, davlat topshiriqlarini o’z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlash, texnika taraqqiyotini amalga oshirish, mehnat unumdorligin to’xtovsiz oshirish, ishchi kuchlarining ish sharoitlarini va moddiy axvolini yaxshilash vazifalari yuklanadi. Boshqaruv raisi jamiyat faoliyatiga oid buyruqlarni chiqaradi, ishchi xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi va x.k.

Yüklə 483 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin